- mashq
Kimlar uchish qobiliyatiga ega?
Ayrim talabalarning diqqat darajasi qay xolatda ekanligini aniqlash uchun mashg‘ulotlarning birida bolalar o‘yini o‘ynaladi.
Endi kimlar uchish qobiliyatiga egaligini aniqlaymiz. Men sizlardan so‘rayman, sizlar esa javob berasizlar. Orada to‘xtab qolish bo‘lmasin! Agar men biron – bir parrandalarga mansub qushning nomini aytsam, masalan- tovuq,-desam, qo‘llaringizni ko‘tarib, birgalashib “Uchadi” - deb javob beringlar. Agarda “Yo‘lbars” - deb so‘rasam, - gapirmang va qo‘lingizni ko‘tarmang. Tushunarlimi?Tayyormisizlar? Diqqat, boshladik.
Burgut.
Uchadi.
Chumchuq.
Uchadi
Boy o‘g‘li.
Uchadi.
Ilon!
Hamma jim… va hokazo. Mashq davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |