- mashq
Doira (aylana)
Endigi mashqimiz doira bo‘ylab joylashish. O‘rindiqlar yordamida ish holati ko‘nikmalarini tarbiyalash bilan birga, joyni almashtirish mashqini bajaramiz. Talabalar yarim doira xolatida o‘tiradilar. O‘n yoki besh sanog‘i bo‘yicha, o‘rindiqlar bilan shunday joylashish kerakki, ustaxonada mumkin qadar, keng doira yaralishi lozim. Aniqrog‘i harakatlaringizni vaqt bo‘yicha taqsimlang. Oxirgi sanoq birligida o‘tirish kerak. O‘rindiqlar orasidagi masofalar hamma joyda bir xilmi? Yana qaytadan – yarim doiraga. Qaytadan – keng doiraga.
– Yoningizdagi qo‘shniga e’tibor bering! O‘z o‘rindig‘ingizni qo‘yganda qo‘shningizga halaqit bermang! Uning harakatlarini kuzating, u bilan bir vaqtda harakat qiling! O‘n yoki besh sanog‘i bo‘yicha katta doirani kichikka aylantiramiz. O‘rta doirani yaralishini ham mashq qilib ko‘ramiz. O‘rindiqlar joylashuvini ixtiyoriy tartibda o‘zgartiramiz:
- Besh sanog‘ida katta doira! Kichik doira yasashni esa, o‘n sanog‘ida bajaramiz! Katta doira yasashni yigirma uch sanog‘ida! O‘rta doirani uch sanog‘ida! Har bir mashqni shovqinsiz, aniq bajaramiz.
Yuqoridagi talablar bilan mashqlar yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |