Fazilatlarni tarbiyalash



Download 27,5 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi27,5 Kb.
#813693
Bog'liq
XULOSA


XULOSA
Mustaqillik sharoitida ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga molik zaruratdir. Shu bois mamlakatimizda «O‘zbek xalqining yuksak qadr-qimmati, or-nomusi, shon-sharafi, o‘ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangan milliy g‘ururni ma’naviy yuksaltirish va shu bilan birga, Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O‘zbekiston Respublikasiga sadoqatli bo‘lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka yo‘naltirilgan» 1(I. Karimov) milliy-istiqloliy tamoyil ijtimoiy-ma’naviy hayotning turli jabhalariga jadal kirib bormoqda. 
Mustaqil O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida amalga oshiriluvchi milliy tarbiyaning maqsadi—xalqimiz, Prezidentimiz, milliy istiqlol mafkurasining yosh o‘zbekistonliklarda muayyan fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy buyurtmasini o’rganish, aniqlash va amalga oshirishni ilmiy ta’minlashdir. Milliy istiqlol sharoitida ijtimoiy hayotni, mafkuraviy pedagogik zaruratni, O‘zbekiston hukumati, Prezidenti tomonidan milliy taraqqiyot uchun dolzarbligi e’tirof etayotgan insoniy fazilatlarni o‘rganib umumlashtirish tarbiyaning asosiy yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi. Natijada, O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning milliy tuyg‘ulariga bevosita bog‘liq bo‘lgan milliy g‘ururni, millatlararo muloqot madaniyatini, O‘zbekiston vatanparvarligini, vijdoniylikni, milliy odobni va milliy-mafkuraviy onglilikni shakllantirish yetakchi vazifalar sifatida belgilandi. Bu fazilatlarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda shakllantirish masalasini “Sobiq sovet pedagogikasi” fanida ilmiy muammo sifatida kun tartibiga qo‘yish mumkin emas edi. Prezidentimizning yuqoridagi fazilatlar hozirgi avlodda yetarli darajada shakllanmagani islohotlar sifati va sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani haqidagi qator fikrlari va ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilish, ta’lim sohasiga doir farmon va qarorlar buni tasdiqlaydi. Yuqoridagi fazilatlarni tarbiyalash, ularga muholif bo‘lgan millatchilik, mafkurasizlik, g‘urursizlik, Vatan muammolariga e’tiborsizlik, odobsizlik, vijdonsizlik va h.k. kabi ichki tahdidlarning oldini olish barcha O’zbekiston maktablarida maxsus, ilmiy asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan, maktab va oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning uzviy hamkorligiga asoslanuvchi jarayonga aylantirilmog‘i kerak.
Maktab, oila, mahalla, turar joylar, maktabdan tashqari muassasalarning milliy-tarbiyaviy hamkorligi — tarbiya samaradorligi shartlaridan biridir.
Maktablardagi muvaffaqiyatlar ulardagi tobora milliylashayotgan ta’lim mazmunidan milliy-tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishni takomillashtirishga bog‘liq.
Har qanday tarbiyaning muvaffaqiyati bu jarayonning ilmiy asosda tashkil qilinishiga—maqsad, vazifa, uslub, vosita, natijaga sistemali yondashuv, ularni o’rganish, qayd qilib borish va milliy istiqlolning har bir bosqichi talablari asosida boyita borilishiga bog‘liq.
O‘quvchilarning yosh, milliy, mahalliy, ruhiy, jinsiy, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va tarbiyalanganlik mezonlari, darajalarining amaliyotga joriy
qilinishi tarbiya samaradorligini belgilaydi.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini tarbiyaviy maqsadlarga yo’naltirilishi o’quvchilarda insoniy fazilatlar haqida tushuncha, bilimlarni amalda qo’llash, mashq qildirish, ko’nikma, malaka va odatlarga aylantirishning shartidir.
Bugungi kunda tarbiyaga doir amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tarbiyaning ilmiy-pedagogik, metodologik, nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini ishlab chiqish va ishga tushirish orqali O’zbekiston maktablarida umuminsoniy ahamiyatga ega natijalarga erishish mumkinligini ko’rsatmoqda. Qolaversa, mazkur yo‘nalishda olib borilajak ilmiy tadqiqotlar kelajakda behad samarali natijalar berishi shubhasizdir.


1 O’zbekiston Respublikasining 1- Prezidenti I.A.Karimov nutqi

Download 27,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish