O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 242,1 Kb.
bet31/68
Sana16.01.2022
Hajmi242,1 Kb.
#378288
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
Bog'liq
aktyorlik mahorati

ETYUDLAR USTIDA ISHLASH



Sahnaviy etyud - qarama - qarshiliklar asosiga qurilgan, o‘zining rivojlanish mantig‘iga ega bo‘lgan voqealar va bu voqealar jarayonida ishtirokchilarning xulqi, o‘zlarini qanday tutishi, hatti - harakatlari aks etgan sahnaviy ko‘rinish. Bunday etyudlar ustida ishlash asosan birinchi kursning ikkinchi yarmidan boshlab mashq etyudlari bilan baqamti olib boriladi. Ular mashq etyudlarining o‘rnini almashtirishi emas, aksincha, ana shu mashq etyudlarining o‘zagidankelib chiqib shakllanishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, sekin - asta shart - sharoitlar qatlami kengayib va boyib borishi, voqealar oydinlashtirilishi, syujet chizig‘i paydo bo‘lishi, ijodiy maqsad aniqlanishi, yetakchi hatti - harakat belgilab olinishi, ishtirokchilarning tanlangan shart - sharoitda o‘zini tutish mantig‘i va izchilligi saralab olinishi kerak.

Masalan, sahnaning o‘rtasida turib sahna orqasidagi shovqin yoki tovushlarga quloq tutayotgan talaba holatidan, ya’ni, eshitish diqqati uchun mashq jarayonidan - yarim kechasi o‘z hovlisiga devor oshib tushgan, uyda kim bor ekanligini aniqlashga harakat qilayotgan shaxs holatiga o‘tish. Birinchi holatda talabaga faqat shovqin yoki tovushlarni ilg‘ab olish topshiriladi. Bu vazifa ko‘ngildagidek ado etilgach, talabaga yangi vazifa beriladi. Inson qanday maqsadda va vaziyatlarda shu harakatlarni amalga oshirishi mumkin: agar u o‘z uyida bo‘lsa, nima uchun, qanday sharoitda, nega aynan yarim kechasi keldi, qaerdan keldi, maqsadi qanday, uyda biror kishining bo‘lishi uning uchun yaxshimi yoki yomonmi



- shu kabi savollar yordamida talabaning tasavvuri qo‘zg‘atib ko‘riladi. Agar talabaning ijrosi ichkaridagi uyda dam olayotgan ota - ona yoki biror yaqinlariga xalaqit bermasdan o‘z xonasiga kirib ketishga qurilgan bo‘lsa, bu jarayon unchalik qiziq emas, chunki shart - sharoitning keskin emasligi, ehtiyotkorlik darajasining pastligi faol psixofizik hatti - harakatni amalaga oshirishga turtki bermaydi. Agar ijrochi ish qidirib boshqa yurtlarga ketib qolgan, ishi yurishmay ortiga qaytgan, hech

vaqosiz qaytayotganidan mahalladoshlarining ko‘ziga ko‘rinishga uyalib, yarim kechasi hech kimga bildirmay o‘z uyiga kirib kelishga qaror qilgan odam bo‘lsa, bunday sharoitda uning tovushlarga quloq tutishining o‘ziyoq juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu vaziyatda hatti - harakatlarning faolligi ortadi, ehtiyotkorlik kuchayib boradi. Shu yo‘l bilan dastlab oddiygina amalga oshirilgan hayotiy hatti - harakat badiiy to‘qima yordamida ichki, fikriy asos va oqlamalarga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham hatti - harakat o‘zgacha xarakter, o‘zgacha ma’no va mazmun kasb etadi.

Agar shu jarayonga ikkinchi talabani kiritsak, u kutilmaganda ichkaridan chiqib qolgan aka yoki uka bo‘lsa, u holda sahnaviy mahoratning yana bir unsuri - baholash jarayoni, munosabatlar va ularning to‘qnashuvi, yangi maqsadning paydo bo‘lishi, va nihoyat, tabiiy so‘z tug‘ilishi jarayonining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu so‘z hatti - harakatining shakllanishiga olib keladi.

Tabiiy ijodiy jarayonda partnyor bilan ishlash sharoitlari orqali ko‘proq natijaga erishish mumkin. Chunki partnyor bilan ishlanganda qarama -qarshiliklar, to‘qnashuvlar, qabul qilish lahzalarining o‘rin almashib turishi, baholash va ta’sir etish jarayonlari yengil shakllanadi.

Etyudlarni chuqurlashtirishda hamma vaqt ham voqealar rivojini murakkablashtirish yo‘lidan borish shart emas. Aksincha, faktlari unchalik ko‘p bo‘lmagan oddiy va hayotiy syujet qurilishi yo‘lidan borgan ma’qul. Shundagina talaba turli film yoki spektakllarda ko‘rgan syujetlarga ko‘r -ko‘rona yopishib olmaydi, mashq etyudlaridan sahnaviy etyudlarga o‘tish jarayoni tabiiy, silliq va talabani zo‘riqtirmasdan amalga oshiriladi. Aks holda talabada qolipga tushib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin.


Download 242,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish