TASAVVUR VA FANTAZIYA Go‘zallik
Agar talaba ijodkor sifatida ishlay boshlasa, qat’iyat bilan harakat qilsa, albatta tasavvurga murojaat qiladi va aktyorlik texnikasi bilan ijodiy faoliyatning birlashishiga erisha oladi. Bunga tinimsiz mashq va mehnat orqali yetishish mumkin. Masalan, kundalik sertashvish turmushdan ijod olamining ostonasiga qadam qo‘yishni bir tasavvur qilib ko‘ring. Boshqa bir olamga qadam qo‘yishingiz bilan ichki bir kuch va tasavvuringiz sizni o‘z ortidan ergashtira boshlaydi. Lenard Petit bu haqda shunday yozadi: “Men ijodkorman.
Menda ta’sir qiluvchi kuch bor.
Qo‘llarimni yuqoriga ko‘tarsam - ucha boshlayman.
Qo‘llarimni pastga tushirsam - o‘sa boshlayman.
Havoda - bo‘yin va boshim atrofida fikrlar kuchini his qilaman.
Havoda - qo‘llarim va ko‘krak qafasim atrofida his - tuyg‘ular kuchini sezaman.
Havoda - oyoqlarim atrofida va tovonimda ham erkinlikning kuchini his qilaman.
Men - shundayligimcha mavjudman, borman.”32
Tasavvur insonning ijodkorlik xislati qanchalik tabiiy rivojlanganligini namoyon etuvchi jihatlardandir. Ana shu xislatga tayanib kelajakda aktyor bo‘la olishi mumkin bo‘lgan shaxslar saralab olinadi.
Tasavvurdan foydalanish aktyorga o‘zining tor doiradagi shaxsiy xislatlari chegarasidan chiqish uchun erkinlik beradi. Bu unga o‘zini kuchli his qilishiga, ijroda uni jamlay olishiga imkon yaratadi. “Agar biz o‘zimizni semirib ketgan odam kabi tasavvur qilsak harakatlarimiz ham sekinlaib, og‘irlashib boradi. Agar kiyimlarimizni issiq deb tasavvur qilsak, tanamiz ularga yaqinlikni seza boshlaydi. Salqinlikni tasavvur qilsak - aksincha holat sodir bo‘ladi. Xushbo‘y tamni tasavvur qilsak ochila boshlaymiz. Yoqimsizlikni tasavvur qilsak iliq tuyg‘ularimiz chekina boshlaydi. Bu
32 Lenard Petit. The Micael Chekhov Handbook-For the Actor, Routledge, 2010. 18-bet.
yerda gap yuqoridagi holatlarni ko‘rsatib berish haqida ketayotgani yo‘q. Gap ajoyib tasavvur haqida”. 33
Go‘zallikni his qilish esa kishidan avvalo e’tibor, ya’ni, diqqat va kuzatuvchanlikni, shunga monand ravishda, biz yuqorida ta’kidlagan tasavvurning erkinligini talab etadi. Bu shunchaki osongina bo‘ladigan ish emas. Buning ko‘plab o‘ziga xos shartlari mavjud. “Tabiat qo‘ynidagi hayvonot olami maqsadga erishish yo‘lida o‘ziga bo‘lganishonchi (sobitqadamligi) uchun ham go‘zaldir. Kapalak gulga intiladi, yo‘lbars o‘z o‘ljasini ta’qib etadi. Bu jarayonlar tomoshabin uchun qiziqarli. Go‘zallikni his qilish birmuncha tutqich bermas jarayon. Biz go‘zal ko‘rinishga urinish bilan uni topolmaymiz. Chunki bu teskari natija beradi. Ammo biz uning atrofida o‘ynash orqali go‘zallikni birmuncha tabiiy holatda topa olamiz, va shu bilan birga tabiiy yengillik va shaklning boshqa shartlarini ham. Xunuk ishlarni qilish ham qo‘limizdan keladi, ammo bu ongli tarzdagi ishimiz bo‘lishi lozim. Agar biz o‘z ishimizga go‘zallik hissi bilan yondoshsak, ongsizlarcha xunuk ishlarni bajarmaymiz. Aksincha, mutlaqo teskari jarayon sodir bo‘ladi, ya’ni u maqsadga yo‘naltirilgan, yaxshilikka undovchi va ijobiylik xislatlarini kashf etadi”.34
Do'stlaringiz bilan baham: |