Aktyor sahnada holatni partnyordan oladi. Partnyorning hatti - harakati yoki u ishlayotgan buyumning qarshiligiga nisbatan unda munosabat shakllanadi va shu tufayli hosil bo‘luvchi maqsad yo‘lida hatti - harakatni boshlaydi yoki davom ettiradi. Biz yuqorida: “Diqqat ob’ekti bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chadi. Birinchi diqqat ob’ekti o‘rnini yangi diqqat ob’ekti egallaydi. Shu nuqtadan yangi vaziyatni ilg‘ab olishga intilish, quyidan yuqoriga qarab yangi vaziyatning belgilarini yig‘ish, eng yuqori nuqtaga erishish, yangi tempo - ritmning paydo
bo‘lishi, yangi munosabat shakllanishi va yangi maqsadning tug‘ilishi, oxir – oqibat ana shu yangi maqsad yo‘lidagi urinishlar - psixofizik hatti
- harakat boshlanadi”, degan fikrni keltirdik. Ushbu ta’rifda “munosabat” atamasi mavjud. Agarda baholash jarayonida munosabat tug‘ilmasa, yangi maqsad ham, shu maqsad yo‘lidagi urinishlar ham tug‘ilmaydi. Demak, munosabat -hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Munosabat - kichik doiradagi shart - sharoitga bizning emotsional, intellektual va psixofizik yoki ruhiy-jismoniy reaksiyamiz- javobimizdir. U hayotiy tajribamizga, bilim va tushunchamizga bog‘liq. Shuning uchun ham biz hayotda turli holatlarga o‘zimizning tajribamizdan, olgan tarbiyamizdan, intellektual salohiyatimizdan kelib chiqib munosabat bildiramiz. Munosabat – yangi maqsadning tug‘ilishiga va hatti - harakatning boshlanishiga turtki beradi. Kichik doiradagi shart – sharoitga munosabat - bu baholash jarayonidagi hal qiluvchi bosqich. Munosabat - ba’zida yangi maqsad va hatti - harakatni paydo qilishi va voqea boshlanishi mumkin. Ba’zida esa yangi maqfsadni paydo qilmasligi ham mumkin. Bu ham - munosabat.
Baholash - bir voqeadan boshqa voqeaga o‘tish jarayoni. Shu o‘rinda “jarayon” iborasining qo‘llanilishi haqida ikki og‘iz so‘z: hamma narsada jarayon bor. U albatta bir nuqtadan boshlanib, ikkinchi nuqtada tugaydi. Undan so‘ng yana yangi jarayon boshlanadi va yana ma’lum bir nuqtada tugaydi va h.k.z. U cheksiz davom etaveradi. Faqat, ba’z i jarayon - faol, ba’zi jarayon sust kechishi mumkin. Jarayonlar shakl jihatidan, ma’no –mazmun jihatidan bir - biridan farq qiladi va bir - biriga o‘rin bo‘shatib berishi bilan xarakterlanadi. Sahna tilidagi “baholash”, “hatti-harakat”, “voqea” singari. Demak, baholash ham, psixofizik hatti-harakat ham, voqea ham o‘z jarayoniga ega. Shu tariqa baholashlar tizimi, hatti-harakatlar tizimi va voqealar tizimi paydo bo‘ladi.
Endi “baholash” xususida. Baholash, ya’ni, faktlarni baholash ham o‘z jarayoniga ega, dedik. U lahzalarda sodir bo‘lsa ham, baribir o‘zining mantiqiylik va uzviylik saqlangan jarayoniga ega. Yuqorida “sodir bo‘lsa ham” degan iborani ishlatdik. Savol tug‘iladi: nima sodir bo‘ladi? Sodir bo‘luvchi narsa - bu hodisa yoki voqea. Demak, baholash sodir
bo‘la boshlashi - bu yangi voqea sodir bo‘la boshlaganligini bildiradi. Xuddi shu nuqtadan oldingi maqsad yo‘lida qilinayotgan urinishlar to‘xtaydi. Diqqat ob’ekti bi r nuqtadan i kkinchi nuqtaga ko‘chadi. Birinchi diqqat ob’ekti o‘rnini yangi diqqat ob’ekti egallaydi. Shu nuqtadan yangi vaziyatni ilg‘ab olishga intilish, quyidan yuqoriga qarab yangi vaziyatning belgilarini yig‘ish, eng yuqori nuqtaga erishish, yangi temp o- ritmning paydo bo‘lishi, yangi munosabat shakllanishi va yangi maqsadning tug‘ilishi, oxir – oqibat ana shu yangi maqsad yo‘lidagi urinishlar – psixofizik hatti - harakat boshlanadi. Bu hatti - harakat, toki, yana bir yangi to‘siq paydo bo‘lgunga qadar davom etadi. Yangi to‘siqda biz yuqorida ta’riflagan jarayon- baholash bilan boshlangan voqeaviy jarayon tugaydi va o‘z o‘rnini yana yangi baholash jarayoniga bo‘shatib beradi. Bu kichik doiradagi shart-sharoitning boshqa bir kichik doiradagi shart - sharoitga o‘rin bo‘shatib berishidir. Yoki, bu jarayonni - kichik doiradan kichik doiraga o‘tish, deya ta’riflasa ham bo‘ladi.
Demak, har qanday voqea ham o‘z jarayoniga ega. U makon va zamonda, ma’lum bir vaqt ichida sodir bo‘ladi. U – davomlidir. Bitta hatti-harakat amalga oshiriladigan kichik doiradagi shart-sharoitlarning qamroviga - voqea deyiladi.
Berilgan shart – sharoit - bu qarama - qarshilikdir. Biz ana shu qarama-qarshilikni yengish yo‘lida fikran, ruhan va jismonan urinishlarni amalga oshiramiz. Shart - sharoit o‘zgardimi - demak, birinchi voqea tugadi va yangi voqea boshlandi. Tugallangan voqea shart - sharoitga, ya’ni, biz yashab o‘tgan shart - sharoitga aylanadi. Voqeadan voqeaga o‘tish baholash jarayoni bilan amalga oshadi. Bizni atrofimizni ko‘plab sharoitlar qatlami o‘rab turadi va har bir voqea tugagach, shart – sharoitga aylanib, qatlam kengayib boraveradi. Aktyor - uzluksiz hatti - harakat qilish va baholashning ustasibo‘lishi lozim. Hatti – harakat - baholash, hatti – harakat - baholash...Teatr san’ati sirlarini egallashda ana shu ketma-ketlikning uzviyligi va mantiqiyligiga erishish uchun aktyorlik mahoratining ilk alifbosini erinmasdan o‘zlashtirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |