Hissiyot
Hissiyot odamning tashqi muhit ta’siridan va shunga monand ichki olamida sodir bo‘ladigan tabiiy reaksiyalaridan biridir. Demak, insonning hayotida yechilishi lozim bo‘lgan har qanday muammoli vaziyatlarda uning ongi bilan bir qatorda hissiyotlarlari ham teng ishtirok eta boshlaydi.
Teatr san’atida hissiyot xaqida gapirish taqiqlangan bo‘ladi. Ammo ularning tug‘ilishiga sabab bo‘ladigan shart - sharoitlar va hatti -
33 Lenard Petit ,The Michael Chekhov Handbook- For the Actor ,Routledge, 2010. 19-bet.
34 Lenard Petit. The Micael Chekhov Handbook-For the Actor, Routledge, 2010. 22-bet.
harakatlar haqida fikr yuritish ma’qul ko‘riladi. Chunki ehtiros va his - tuyg‘ular o‘ta nozik va tadqiq qilinmaydigan jabha bo‘lib, ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri
murojaat qilish befoyda. Ularga berilgan shart - sharoitlarda maqsad
yo‘lidagi ongli hatti - harakat orqali erishish mumkin.
Aslida teatr san’atida aytiladigan asosiy fikr va ma’no hissiyotlar orqali izhor qilinadi. Lekin rol ustida ishlash jarayonida hissiyot haqida gapirish taqiqlangan bo‘lib, hatti - harakat, voqea, shart - sharoit va boshqa narsalar haqida gapirilsada, hissiyot haqida gapirish man etiladi. Chunki hissiyot aktyor hatti - harakatining oqibati xisoblanib, u hatti - harakat natijasida o‘z - o‘zidan tug‘iladi. Uning sahnada tug‘ilishini istaymiz, ammo u haqda gapirmaymiz.
Etyud va parchalar ustida ish ketayotganda talabalarning o‘z hayotida orttirgan boy hissiy xotirasi asar voqelarida lozim bo‘lgan kechinmalarni, tabiiy va barkamol his - tuyg‘ularni, ehtirosli xolatlarni tug‘ilishiga yordam beradi.
Ijrochining o‘z shaxsiy hayotidagi shunga o‘xshash yoki asar vaziyatiga yaqin bo‘lgan ehtirosli kechinmalar xotirasini ishga solishi, asar vaziyatiga o‘zining hissiy xotirasidagi holatlarni jonli uyg‘unlashtirishi aktyor va tomoshabinda sodir bo‘layotgan voqelikka katta ishonch tug‘diradi va tomoshabinni aktyorga hamdard bo‘lishiga zamin yaratadi. Aktyor ijodida hissiy xotira o‘ta qudratli qurollardan biri xisoblanadi.
Aktyor sahnada doimo ehtirosdan ustun kelishi kerak. Hatti - harakatni ongli boshqarib, shart - sharoitlarning shartli ekanligini unutmasligi lozim. Agarda aktyorning hatti - harakat qilish jarayonida shu xususiyatlar unutilsa, aktyor sahnada rosmana jazavaga tushishi, turli og‘ir va kuchli ehtiroslarni yenga olmasligi mumkin. Natijada maqsad yo‘lida hatti - harakat qilish emas, hissiyotlarga berilib ketish holati sodir bo‘ladi.
Sahnada hatti - harakat qilayotgan aktyor ehtirosga berilib ketib, aytishi lozim bo‘lgan so‘zini yoki fizik xarakatlarini unuta boshlasa, demak rol so‘zlari hatti - harakatdan ayri holatda yodlangan bo‘ladi, sahnada ilk hatti
-harakatlarni boshlashining o‘zidayoq sun’iy yodlangan so‘z yodga kelmay turadi. Hatti - harakatga kuchli extiros qo‘shilsa, so‘z umuman
ongli tarzda hosil bo‘lmay, xotiradan yo‘qolib qoladi. Chetdagi odamning so‘zlarni eslatishi yoki aktyor o‘z matnini ko‘rib olganidan so‘nggina ijrochi kerak bo‘lgan so‘zlar olamiga qaytadi. Demak aktyor rol so‘zlarini fizik harakatlar va ehtirosli holatlar kechinmasini o‘tish bilan birga, parallel yodga olishi zarur. Shundagina rolning tug‘ilishida ong o‘z ulushini samarali ravishda qo‘shib boradi va ma’lum mashq qaytariqlari jarayonidan o‘tilgandan keyingina u sodir bo‘layotgan hatti
- harakatga oshkora aralashmay, uni botiniy boshqarib turadi.
Ong tahlilidan o‘tgan ehtiros so‘zning mantiqiy tug‘ilishiga asos soladi. Teatrdagi aktyor va tomoshabin o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi sxema tarzida ifodalasa bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |