7 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Onalik platasi va EHM periferiya qurilmalari
(Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar)
Ma’ruza rejasi:
1.
Onalik plata
2.
Onalik plata shinalari
2.1.
Bosh shina
2.2.
ISA shinasi
2.3.
Lokal shina
2.4.
VLB shinasi
2.5.
PCI shinasi
2.6.
AGP interfeysi
2.7.
USB interfeysi
3.
Integrallashgan tizimlar
4.
EHM periferiya qurilmalari
5.
Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar
5.1.
Bikr disk
5.2.
Qattiq disklarda to‘plagich
5.3.
CD-ROM diskovodi
Tayanch so‘zlar va iboralar
Chipset, janubiy most, shimoliy most, BIOS, form-faktor, sho‘ba plata, kontsentrator,
periferiya qurilmasi
7.1. Onalik platasi
Ularsiz ishlay olmaydigan, kompyuterning eng ahamiyatli elementlari: markaziy protsessor,
xotira modullari va ko‘p mikrosxemalar onalik platasida joylashadi. Bu kompyuterning asosiy platasi
bo‘lib, odatda o‘lchami bo‘yicha eng katta. Onalik platasi kompyuterning hamma elektron sxemalari
uchun mexanik asos bo‘lib, o‘zida yana bitta ahamiyatli yuk – kengayish qo‘shimcha platalarini
o‘rnatish uchun bo‘linmalarni joylashtiradi.
Bir necha yil oldin kompyuter xossalarini belgilovchi asosiy parametr uning protsessorining
markasi edi. Bugun turmush tizimlarining ko‘pchiligi uchun bunday emas. Hozirgi paytda onalik
platasi
chipset
ining markasi asosiy parametr bo‘lib qoldi deyish mumkin. Oxirgi besh yilda
protsessorlar unumdorligi esa deyarli o‘zgarmadi va kompyuterning «nozik joyi» bo‘lib qoldi.
Chipset nima?
Qisqachasiga
chipset
– bu mikroprotsessorli komplektdir. Agar kengroq ta’riflansa – bu
protsessorning qolgan hamma elektron xo‘jalik bilan muloqot uchun zarur bo‘lgan mikrosxemalar
to‘plamidir. Ilgari onalik platasini bir necha o‘nlab mikrosxemalar yoymasi qoplar edi. So‘ngra
ularni bir necha ixtisoslashgan «buyurtma» mikrosxemalarga keltirish g‘oyasi paydo bo‘ldi – olingan
komplektni chipset deb atashdi. Birinchi chipsetlar odatda to‘rtta mikrosxemadan iborat edi. Bugungi
kunda chipsetlar odatda ikkita mikrosxemadan iborat, ulardan biri
janubiy ko‘prik
, ikkinchisi esa
shimoliy ko‘prik
deb ataladi. Agar onalik platasiga qaralsa, qiynalmasdan bu ikki juftlik topiladi – bu
protsessordan keyin eng yirik mikrosxemalardir. Ular markirovkasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchini va
chipset markasini aniqlash mumkin.
Chipset markasini va uni ishlab chiqaruvchini bilishning ahamiyati, protsessor markasi va
ishlab chiqaruvchisini bilish ahamiyatidan kam emas, chunki kompyuterning funktsional
imkoniyatlarini chipset aniqlaydi, protsessordan esa bu funktsiyalar bajarilishi tezligi bog‘liq emas.
Onalik platasi chipseti protsessor bilan muvofiqlashgan bo‘lishi lozim. Istalgan protsessorga
istalgan onalik platasi mos kelavermaydi va aksincha. Bugungi kunda protsessorga nisbatan
chipsetdan ko‘p narsa bog‘liq. Shu sababli kompyuter sotib olinayotganda nafaqat uning protsessori
qandayligini, balki, birinchi navbatda, onalik platasi chipseti qandayligini aniqlash zarur.
52
Onalik platasi chipsetiga bu plata qanday chastotada ishlay olishi birinchi navbatda bog‘liq.
Operativ xotirada bo‘lishi mumkin bo‘lgan hajmi va onalik platasiga ulanishi mumkin bo‘lgan
qo‘shimcha qurilmalar soni ham chipsetga bog‘liq.
BIOS
BIOS (
Basic Input Output System
– kiritish-chiqarish bazaviy tizimi) – onalik platasining eng
ahamiyatli mikrosxemalaridan biridir. Unda birlamchi dasturlar yozilgan bo‘ladi; kompyuter ishi
shundan boshlanadi. Protsessorga energiya kelishi bilan u o‘zining eng birinchi dasturi uchun ushbu
mikrosxemaga murojaat qiladi va energiya ta’minoti tugamaguncha o‘z ishini to‘xtatmaydi. Agar
kompyuter qanday ulanishini ko‘rgan va ulangan zahoti qora fonda o‘tayotgan oq harflarga e’tibor
bergan bo‘lsangiz, bilingki, bunda siz BIOSga yozilgan dasturlar ishini kuzatgansiz.
BIOS dasturlari kompyuter ulangan zahoti uning asosiy tizimlarini tekshiradi, klaviatura va
monitor bilan muloqotni ta’minlaydi, diskovodlarni tekshirishni bajaradi va onalik platasi chipsetini
va hatto protsessorning o‘zini qisman sozlashni bajarish imkonini beradi. Masalan, agar onalik
platasi bir necha chastotalar bilan ishlay olsa, chastotani onalik platasining o‘zida joylashgan katta
ulagich (переключатель) yordamida yoki BIOSda yozilgan dastur yordamida berish mumkin. Bu
narsa protsessor chastotasining ichki ko‘paytirish koeffitsientiga ham taalluqli (agar u Intel Celeron
protsessoridagi kabi «bikr» berilgan bo‘lmasa).
Har bir boshqarish usulining afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Masalan, BIOS dasturini
qayta sozlash yordamida onalik platasi parametrlarini boshqarish qulay, chunki bu tizim bloki
korpusini bo‘laklarga ajaratishni va onalik platasiga kirishni talab qilmaydi. Ikkinchi tarafdan,
parametrlarni belgilashda yanglishilsa BIOS dasturlari ishlash qobiliyatini yo‘qotishi mumkin –
bunda kompyuterni umuman ishga tushirib bo‘lmaydi va dasturaviy yo‘l bilan BIOS sozlanishini
qayta tiklab bo‘lmaydi. Bu holda onalik platasidagi qayta ulagichlar yordamida BIOSni sozlash
mumkin.
BIOS mikrosxemasini topish oson. Protsessorni hisobga olmaganda, bu – kompyuterga
kavsharlanmagan yagona mikrosxemadir. U maxsus kolodkaga o‘rnatiladi, demak uni yechib olish
va almashtirish mumkin. Bu ishni foydalanuvchi bajarmagani ma’qul, chunki BIOSni almashtirish –
kompyuterga xizmat ko‘rsatish emas, balki ta’mirlashdir; uni mutaxassis bajarishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |