7.2. Onalik platasi shinalari
Qolgan qurilmalar bilan kompyuter protsessori o‘tkazgichlar guruhlari yordamida bog‘langan;
ular shinalar deb ataladi. Funktsiyalari bo‘yicha uch asosiy shinalarni: komandalar shinasi,
ma’lumotlar shinasi va adres shinalarini farqlashadi. 32 razryadli protsessorlar uchun komandalar
shinasi – bu 32 bir-biriga parallel o‘tkazgich (sim)lardir; dasturlardan komandalar operativ xotiradan
protsessorga shu o‘tkazgichlar orqali keladi. Pentium va undan keyingi protsessorlarda ma’lumotlar
shinasi 64 razryadli bo‘lib, 64 o‘tkazgichlarda mujassamlangan. Bu Pentium protsessorini 64
razryadli qila olmaydi, chunki protsessor razryadligini ma’lumotlar shinasi razryadligi belgilaydi.
Adres shinasi operativ xotiradan ham komandalarni va ham ma’lumotlarni boshqarish vazifasini
bajaradi deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |