Bosh shina, FSB
Agar kompyuterga tashqi qurilmalar ulanganini hisobga olmasak, protsessor komandani
operativ xotiradan oladi va u bilan ma’lumotlarni almashadi deyish mumkin. Protsessor xotiraga
«o‘zining» qurilmasi sifatida qaraydi. Qolgan hamma qurilmalar uning uchun – tashqari, garchi ular
tizimiy blok ichida joylashgan bo‘lsa ham. Protsessorni operativ xotira bilan bog‘lovchi hamma
shinalarni bitta bosh shina sifatida qarash mumkin.
U FSB (
Front Side Bus
) shinasi deb ataladi. Onalik platasi 66 (100, 133) MGts chastotasida
ishlaydi deyishganda, protsessorga tayanadigan bosh shina chastotasini nazarda tutishadi (protsessor
ushbu chastotani oladi va uni o‘zining ichki ko‘paytirish koeffitsientiga ko‘paytiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |