O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

inflyasiya
»  so'zi  kashf  etilmasa-da,  u  Lo 
banki va shu bank ishlayotgan mamlakat uchun xavf soladi.  
Jon  Lo  banklarning  ijobiy,  ustunlik  tomonlarini  ko'ra  bildi,  ammo  uning 
salbiy  holati,  bo'lajak  xavfni  yo  ko'rishni  istamadi,  yoki  uni  tushunib  etmadi.  Bu 
Lo  tizimining  bosh  amaliy,  nozik  xavfi  edi  va  u  oxir-oqibatda  unga  zarba  berdi. 
Nazariy jihatdan Lo katta xatoga yo'l qo'ydi. U pul va kreditni kapital bilan aynan 
bir  deb  o'yladi.  U  xato  ravishda  ssuda  va  pul  chiqarishni  kengaytirish  bilan  bank 
kapitalini yaratdi hamda shu bilan boylik va ish bilan bandlik ortadi deb o'yladi. U 
olib borgan kredit operasiyalar moliyaviy avantyurizm bo'lib chiqdi.  
Shotlandiya  parlamenti  Jon  Loning  bank  tuzish  loyihasini  rad  etdi.  Angliya 
hukumati uning avvalgi gunohini (duelda odam o'ldirganligini) kechmadi, oqibatda 
Lo  yana  kontinentga  ketishga  majbur  bo'ldi,  u  hayotining  asosiy  qismini 
chayqovchilik,  turli  qimorlarda  ishtirok  etish  bilan  o'tkaza  boshladi.  U  o'z 
loyihasini  Parijda  amalga  oshirishga  erishdi.  Fransiyaning  iqtisodi  og'ir  ahvolda, 
davlat  xazinasi  bo'm-bo'sh  edi.  1715  yilda  qirol  Lyudovik  XIV  olamdan  o'tdi, 
regent gersog Filipp Orleanskiy (odingi qirolning jiyani) Lo loyihasini qabul qildi, 
ammo oddiy emas, xususiy aksionerlik banki tuzildi. Amalda bu ko'zbo'yamachilik 
edi.  Boshdanoq  bank  davlat  bilan  chambarchas  bog'liq  edi.  1716  yilning  mayida 
tuzilgan  bank  nihoyatda  katta  yutuqqa  erishdi,  talantli  administrator,  usta 
ishbilarmon,  mohir  siyosatchi  va  diplomat  bo'lgan  Lo  regent  yordamida 
mamlakatdagi  barcha  pul  krediti  tizimini  ishonch  bilan  egalladi.  Ko'p  sonli  bank 
banknotlari ustalik bilan tartibga solib turildi va iste'molga keng kiritib borildi, ular 
hatto  haqiqiy  chaqalardan  ham  ustun  bo'lib  qoldi.  Parijdagi  sudxo'rlarga  nisbatan 
ssuda  foizi  ancha  imtiyozli  edi  va  ongli  ravishda  sanoat  va  savdoga  yo'naltirildi. 
Xalq xo'jaligida sezilarli jonlanish boshlandi. 
 Lo  vatanparvar  bo'lgan  emas.  U  o'z  g'oyasining  jonkuyari  edi.  U  o'zining 
g'oyasi  ko'p  erda  o'tmagach,  Fransiyada  shu  imkoniyat  paydo  bo'ldi.  Lo  Fransiya 
fuqaroligiga  o'tdi, hatto  doimiy  e'tiqodini  o'zgartirib, katoliq  dinini  qabul  qildi.  U 
o'z  g'oyasini  nihoyatda  sevgan,  ishongan,  unga  puli  va  vujudini  to'laligicha 
bag'ishlagan. Jon Lo moliya tizimida mustahkam tartib o'rnatish, qishloq xo'jaligi, 
sanoat va savdoni jonlantirish, qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bosh vaziri qilib 
belgilandi.  
Lo  1717  yilda  Fransiyaning  Missisipi  daryosi  xavzasidagi  erlarda  katta 
kompaniya  tuzdi,  bu  kompaniya  1719  yilda  qirol  bankiga  aylangan  bank  bilan 


 
112 
hamkorlikda  ish  yuritdi.  Bu  Jon  Loning  ikkinchi  «buyuk  g'oyasi»,  kapitalni 
markazlashtirish  va  assosiasiyalash  g'oyasi  edi.  U  bu  sohada  ham  o'ziga  xos 
bashoratchi  bo'lib  chiqdi.  Agar  G’arbiy  Evropa  va  Amerikada  aksionerlik 
jamiyatlari  faqatgina  XIX  asrning  o'rtalarida  tuzilgan  bo'lsa  (hozir  hamma  erda), 
Lo bu ishni XVIII asrning boshida amalga oshirdi. Kompaniya faoliyati tobora avj 
oldi,  aksiya  chiqarish  va  sotish  tobora  kuchaydi.  Jon  Lo  bu  sohada  qat'iylik 
ko'rsatdi. Har olti oyda ikki hissa dividend (foyda) olish imkoni tug'ildi.  
Kompaniya  faoliyati  kengayib,  flot  va  savdoni  o'ziga  jalb  etdi.  1719  yilda 
(kompaniya  1717  yilda  tuzilgan  edi)  nominali  500  livr  (Fransiyaning  o'sha 
davrdagi  pul  birligi)  bo'lgan  aksiyalari  5000  livrdan  (o'n  baravar  ortiq)  sotila 
boshladi.  Ajiotaj  boshlandi,  aksiyalarni  ba'zi  birjalarda  7-8  mingdan  pullash 
mumkin  edi.  Aksiyalar  bahosi  hatto  20  ming  livrga  etdi.  Ko'pchilik  bundan  katta 
foyda  ola  boshladi.  Ana  shu  qog'oz  boyligini  yaratgan  inson  shotlandiyalik 
moliyachi, maftunkor Jon Lo edi. 
Amalda Jon Lo Fransiya moliya tizimini to'la boshqarar edi, ammo xuddi shu 
davrda (1720 y.) dastlabki xavf-xatar xabari ham sezila boshladi, Lo tizimi ostidagi 
zilzilaning dastlabki belgilari, er osti silkinishlari boshlandi.  
Kompaniya aksiyalar chiqarish yo'li bilan to'plagan katta pul mablag'larining 
oz  qismini  kema  va  tovarlarga,  asosiy  qismini  esa  davlat  qarz  obligasiyalariga 
qo'ydi.  Amalda  egalaridan  obligasiyalarni  sotib  olish  yo'li  bilan  kompaniya 
davlatning katta qarzini  (2  mlrd livr) o'z ostiga  olgan  edi. Bu usul  Lo  va'dasidagi 
moliyadagi  tartib  edi.  Yangi  banknotlar  chiqarish  yo'li  bilan  moliyada  tartib 
o'rnatish abadiy bo'lmaydi, Lo buni sezmadi yoki sezishni istamadi. Lekin uzoqni 
ko'zlagan  ayrim  savdogarlar  bu  xavfli  holatni  seza  boshladilar  va  o'z  qo'llaridagi 
aksiya  va  banknotlardan  qutulish  yo'lini  kidira  boshladilar.  Aksiya  kursi  ushlab 
turildi,  banknotlarni  metall  pullarga  almashtirish  cheklandi.  Aksiyani  qo'llash 
uchun tobora ko'proq pul kerak edi, oqibatda pul stanogi tobora tez ishlay boshladi. 
Tizim  halokati  aniq  bo'lib  qoldi.  1720  yilning  kuzida  aksiyaning  bahosi  o'z 
kompaniyasidagi  bahosining  to'rtdan  biriga  tushib  qoldi,  tovarlarning  bahosi 
keskin  oshdi. Parijda  oziq-ovqat  etmay  qoldi, xalq  noroziligi kuchaydi. Noyabrda 
banknotlarning qonuniy to'lov quvvati yo'qoldi, tizimni tugatish boshlandi. Jon Lo 
1720  yil  dekabrda  Parijdan  qochib  Bryussel  (Belgiya)da  qo'nim  topdi.  Uning 
barcha  mulki  musodara  etildi  va  kreditorlar  talabini  har  qalay  qondirishga 
sarflandi.  Bir  moliya  avantyuristining  faoliyatiga  chek  qo'yildi.  Lekin  aslida 
shundaymikin?  Yo'q!  XIX  asrda  va  XX  asrda  ham,  ayniqsa  o'z  boshidan  bozor 
iqtisodiyotiga  o'tish  davrini  kechirayotgan  davlatlarda  bu  holat  takrorlanmoqda. 
Jon  Lo  tizimi,  uning  firibgarliklari  o'yinchokdek  ko'rinadi.  Ayniqsa,  Rossiya 
Federasiyasida  turli-tuman  moliyaviy  kompaniyalar  («MMM»,  «Valentina», 
«Germes»  va  boshqalar)  faoliyati  diqqatga  sazovordir.  Aslini  olganda  iqtisodiy 
ta'limotlar tarixini diqqat bilan o'qimagan va Jon Lo kabi avantyuristlarni bilmagan 
xalq  Mavrodi  kabilarning  ustalik  bilan  qo'ygan  tuzogiga  ilindilar  va  ilinmoqdalar 
(pul  topishning  piramida  usuli  bunga  yaxshi  misoldir).  Bu  holat  1997  yy. 
Albaniyada ham kuzatildi.  
Ammo  Jon  Lo  tizimidagi  faqat  negativ  tomonlarnigina  ko'rish  tarixan 
adolatsizlikdir.  Chunki  uning  tizimida  bir  qancha  rasional  tomonlar  borki,  ular 
keyingi rivojga ijobiy ta'sir etdi. 


 
113 
 Loning  moliyaviy  g'oyasi  -  kredit-moliya  sohasi  va  davlatning  iqtisodga 
aralashuvi  yo'li  bilan  xo'jalikni  rivojlantirishdir.  Bu  g'oya  (30-yillardan  keng  tus 
oldi)  hozirgi  iqtisodiy  ta'limotlar  yo'nalishidan  biridir  (Keyns  va  neokeynschilik). 
Bular to'g'risidagi ma'lumot quyida beriladi.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish