114
Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish
bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik
ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga
faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to'la ma'lumot maxsus boblarda
beriladi).
Keyns o'zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to'rt sohani berdi:
1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini
pasaytirish va investisiyalarni rag'batlantirishni o'ylaganlar;
2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo'rqmaganlar va yuqori baholar savdo
va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirgan. Keynsning fikricha, «mo''tadil
inflyasiya» iqtisodiy faollikni qo'llab-quvvatlaydi;
3. Merkantilistlar «pulning etishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi»
to'g'risidagi tushunchaning asoschilari bo'lganlar.
Keynsning fikricha, bank va davlat byudjeti kamomadini kredit
ekspansiyasini oshirish yo'li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi
kurashishda muhim qurol bo'lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha ob'ektiv sabablarga
bog'liq edi, masalan agrar sohada u ko'pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo'jaligi
ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to'g'ri keladi. Hatto sanoatda ham bu
holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv
tegirmonlarini to'xtatib qo'yganidek;
4. Merkantilistlar o'z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish
yo'nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur
mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan
va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo'lgan.
Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo'shmoq kerak, chunki
davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o'ynaydi. Buni Keyns o'z-o'zidan
ravshan narsa deb tushungan bo'lsa ehtimol.
Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining emirilishi
va ko'plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu
davrda «nomerkantilizm» g'oyalari ilgari surilmoqda. sh, rivojlanayotgan
davlatlarning ko'pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq
xo'jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan
himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama
savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo'li bilan industrializasiyani moliyalash,
baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga
to'g'ri keladi.
90-yillarda boshlangan, ilgarigi sosialistik rivojlanish yo'lidan borayotgan
davlatlarning bozor munosabatlariga o'tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko'p
jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o'xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy
(evolyusion) yo'lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir (bu to'g'rida
kerakli ma'lumotlar mazkur boblarda beriladi). Shu sababli merkantilizm
ta'limotini har tomonlama o'rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: