O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

siyosiy  iqtisod
  tushunchasi  ham  kirib  keldi.  Bu 
tushuncha  fransiyalik 
Antuan  Monkreten  Ser  de  Vattevil
  tomonidan  kiritildi 
(1565-1621).  U  1615  yilda 
«Siyosiy  iqtisod  traktati
»  kitobini  yozdi.  Bundagi 
asosiy  g'oya  - 
«ko'p  sotishu,  kam  sotib  olish».
  Olim  o'z  g'oyalari  bo'yicha  faol 
merkantilist edi.  
«Siyosiy  iqtisod»  tushunchasi  va  shu  nomli  fan  XX  asrning  90-yillarigacha 
yashab keldi, ayniqsa sobiq sosialistik deb atalgan mamlakatlarda bu nom mashhur 
edi,  chunki  davlatning  iqtisodiyotga  faol  aralashuvini  qonuniyat  darajasiga 
ko'targan  edi.  G’arbda  XIX  asr  oxirida  (A.Marshall)  bu  ibora  «ekonomiks» 
shaklida qo'llanila boshlangan (bu haqida quyida gap boradi).  
Angliyada  qishloq  xo'jaligi  va  sanoatda  kapitalistik  o'zgarishlar  erta  amalga 
oshgan  va  bunga  merkantilizm  ham  yordam  bergan  bo'lsa,  Fransiyada  ahvol 
o'zgacha  edi.  Fransiyada  yangi  merkantilizm  siyosati  (Lyudovik  XIV)  hukumat 


 
108 
a'zosi (moliya nazoratchisi va dengiz ishlari vaziri) Jan Batist Kolber (1619-1683) 
tomonidan keng olib borildi (bu siyosat kolbertizm deb ataladi). Bu davlatda feodal 
munosabatlar  (ayniqsa  mayda  dehqonchilik)  keng  tarqalgani uchun  Kolber  asosiy 
e'tiborni  sanoatga  qaratdi  va  agrar  sohani  deyarli  e'tiborga  olmadi.  Masalan, 
chetdan  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  keltirish  qo'llangan,  chiqarish  esa 
cheklangan, don narxi davlat tomonidan past ushlab turilgan.  
Bu siyosat va sanoat birinchi o'ringa qo'yiladi va ayniqsa qishloq xo'jaligining 
pasayishiga  olib  keldi,  bu  esa  noroziliklarga  sabbab  bo'ldi.  Shunday  haqiqatga 
yaqin rivoyat borki, unga ko'ra ishbilarmonlar Kolberga shikoyat qilishgan, shunda 
u  «nima  istaysizlar»  deb  so'raganda  fransuzcha  «laisser  faier»  (qilishga  ruxsat 
bering, ya'ni o'z-o'zidan davom etaversin) degan ekanlar. 
 Bu  ibora  hozirgi  davrda  ham  sof  erkin  iqtisodiyot  prinsiplarini,  birinchi 
navbatda,  davlatning  iqtisodiyotga  aralashmasligini  talab  etadi  (liberalizasiya, 
lesse-ferr).  
Merkantilizmning  yana  bir  shakli  kameralistika  (lotinchada-xazina)  bo'lib, 
ayniqsa,  Germaniyada  keng  tarqalgan.  Bu  g'oya  tarafdorlari  yirik  feodallar 
xo'jaliklarini  boshqarish  masalasini  yuqori  qo'yadilar  va  buni  idora  doirasida  hal 
qiladilar. 
 Demak,  yangi  ta'limot  bo'yicha  iqtisodiyotda  davlat  roli  birinchi  o'ringa 
qo'yiladi.  Amalda  esa  turli-tuman  farmon,  farmoyish,  qonunlar  yuzaga  erkin 
raqobatga  yo'l  berilmas  edi.  Hunarmandchilik  bo'yicha  sex  tizimi,  feodallarning 
imtiyozlarini  himoya  qiluvchi  qoidalar  saqlab  qolindi  (tenglik  yo'q).  Bu  tizim 
Fransiyada XVIII asr oxirigacha, Angliyada XIX asr boshlarigacha saqlab kelindi 
. Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta'limoti edi. Bu ta'limot barcha 
mamlakatlarda  tarixan  progressiv  xarakterga  ega.  Merkantilistlar  birinchi  marta 
boylik  sifatida  iste'mol  qiymatini  emas,  balki  almashuv  qiymatini  qabul  qildilar. 
Ular  qiymatni  va  demak  boylikni  pul  bilan  tenglashtirib, oddiy  til  bilan  aytganda 
qo'pol,  sodda  shaklda  bozor-kapitalistik  iqtisodiyotning  siri,  uning  almashuv 
qiymatiga to'la tobe' ekanligini ochib qo'ydilar.  
Xullas, merkantilistlar qiymatning mehnat nazariyasidan ancha uzoqda edilar. 
Merkantilizm  (proteksionizm)  siyosati  kapitalning  dastlabki  jamg'arilishini  va 
demak, feodalizmdan kapitalizmga o'tishni tezlashtirdi. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish