O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

 
5.2. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati 
 
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:  
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o'rtalari).  
2.  Rivojlangan  merkantilizm,  savdo  balansi  (yoki  manufaktura  sistemasi) 
(XVI-XVIII asr o'rtalari).  
Yangi  ta'limot  vujudga  kelishi  manufaktura  bilan  bevosita  bog'liqdir. 
Iqtisodiyot  tarixida  sanoatning  uch  xil  shaklini  ajratish  mumkin:  uy 
hunarmandchiligi,  manufaktura  va  fabrika.  Uy  hunarmandchiligida  sohalar, 
tarmoqlararo  mehnat  taqsimoti  mavjud,  hamma  ishni  bir  odam  yoki  shogird,  oila 
bilan  birga  qilinadi.  Manufakturada  esa  kooperasiya  yuzaga  keladi,  eng  muhimi 
chuqur  mehnat  taqsimoti,  xususiy  tadbirkor,  yollanma  ishchi  kuchi  paydo  bo'ladi 
(XV asr). Fabrika to'g'risida esa quyida axborot beriladi. 
 Merkantilizmning  birinchi  davri  o'sha  davr  iborasi  bilan  aytganda  monetar, 
ya'ni  oltin  va  kumush  pullar  to'plash  bilan  bog'liq  edi.  Bunda  pul  balansi  siyosati 
olib  borilgan,  chetdan  imkoni  boricha  kam  tayyor  tovar  sotib  olishga  urinilgan. 
Qimmatbaho  metallni  tashqariga,  chetga  olib  ketish  taqiqlangan.  Savdogarlarga 
olib  chiqilgan  mahsulotning  bir  qismiga  pul  olib  kelish  majburiyati  yuklangan 
(qolgani tovar bo'lishi mumkin). Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining 
hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari 
uchun).  Bu  siyosat  nazorat  kuchli  bo'lishini  talab  etgan,  tashqi  iqtisodiy 
aloqalarning rivojini susaytirgan.  
Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi 
amaliy siyosat bo'lib, xalq xo'jaligi qandaqa bo'lishi kerak va unga nisbatan davlat 
hokimiyatining munosabati masalasi asosiydir.  
Merkantilizmni  qisqacha  qilib  quyidagicha  ta'riflash  mumkin:  iqtisodiy 
siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, 
kumush,  javohir,  zar  va  durlarni)  ko'proq  to'plash;  nazariya  va  ta'limotda:  savdo, 
pul  oboroti,  ya'ni  muomala  sohasida  iqtisodiy  qonuniyatlarni  izlab  topish. 
«
Insonlar metall uchun qurbon bo'lmoqda»,
 ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik 
jamiyat  rivojiga  hamohang  bo'lgan  yangi  hayot  tarzi  va  fikrlashning  tarkibiy 
qismidir.  Ayniqsa,  savdo  kapitali  davrida  bu  yorqin  namoyon  bo'ldi.  Savdo 
kapitalining  asosiy  tamoyili  -  qimmatroq  sotish  uchun  sotib  olish  (bu  hodisa 
O'zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya'ni sotib 
olish  va  sotish  farqi  esa  sariq  metall  shaklida  namoyon  bo'ladi.  Farq,  ya'ni  foyda 


 
104 
faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo'li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida 
o'ylanmaydi. Chet ellarga ko'proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham 
davlat  siyosatiga  aylandi.  Agar  davlatda  pul  ko'p  bo'lsa,  hamma  narsa  yaxshi 
bo'ladi  degan  fikr  asosiy  bo'lgan  va  bu  davlatning,  dvoryanlarning  va 
burjuaziyaning  talab-ehtiyojlariga  mos  tushgan.  Bu  kapitalning  dastlabki 
jamg'arilishi bilan bevosita bog'liqdir. 
 Xaqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga 
aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar 
sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo'llar bilan amalga 
oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma'muriy 
yo'llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha 
cheklangan bo'lib, rivojlangan  merkantilizm  tarafdorlari  davlat  aralashuvini tabiiy 
huquq tamoyillariga mos bo'lishini istaydilar. 
Qadimgi Sharqda paydo bo'lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu 
va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg'onish davrida yuksaldi. 
Bu  huquqlar  abstrakt  «inson  tabiati»  va  uning  «tabiiy  huquqlari»dan  iborat  deb 
qabul  qilingan  va  ko'p  hollarda  O'rta  asrdagi  cherkov  va  dunyoviy  (davlat) 
despotizmiga qarama-qarshi bo'lgan progressiv elementlardan iborat. 
 Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari 
davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini ta'minlashni talab etganlar. 
Ana  shu  talablar  orasida  mulkchilik  va  xavfsizlik  bor.  Bu  ta'limotning  ijtimoiy 
ma'nosi  shuki,  davlat  yangi  jamiyat  boyligi  o'sishini  ta'minlovchi  sharoitni 
yaratishi va qo'llashi shart edi. Iqtisodiy ta'limotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi 
keyinchalik merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o'tdi. Lekin bu aloqa 
mazmuni  keyingi  davrda  ancha  o'zgardi  (Fransiyadagi  fiziokratizm,  Angliyadagi 
Smit), chunki bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muhtoj emas edi, 
hatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo'lgan.  
M.Blaus  fikricha,  merkantilistlar  ilmiy  dunyoqarashining  etakchi  tamoyillari 
quyidagilar:  1)oltin  va  boshqa  qimmatbaho  metallar  boylikning  asosi  sifatida 
qaraladi;  2)mamlakatga  oltin  va  kumushlarning  oqib  kelishini  ta'minlash 
maqsadida  tashqi  savdoni  tartibga  solish;  3)arzon  xomashyoni  import  qilish  yo'li 
bilan  sanoatni  qo'llab-quvvatlash;  4)import  qilinadigan  tayyor  sanoat  tovarlariga 
proteksionistik  (yuqori)  tariflar;  5)eksportni,  ayniqsa  tayyor  mahsulot  eksportini 
rag'batlantirish;  6)ish  haqining  past  darajasini  ushlab  turish  uchun  aholi  sonining 
o'sishi.  Shak-shubhasiz,  milliy  farovonlikning  asosiy  sharti  sifatida  aktiv  savdo 
balansi hisoblangan va bu merkantilizm g'oyasining yuragi edi. 
 Bir  qancha  olimlar  fikricha,  merkantilizm  bozor  iqtisodiyot  munosabatlari 
shakllanishi  davrining  dastlabki  iqtisodiy  maktabi  sifatida  (avvlgi  davrda  bozor 
iqtisodiyoti  unsurlari  bo'lgan  emas  degan  fikrdan  yiroqmiz  o'ziga  xos  nazariy-
metodologik xususiyatlarga ega. Ularning moxiyati quyidagilardan iborat:  
•  Tahsil  predmeti  (iqtisodiy  tahlil)  sifatida  muomala  sohasi  muammolarini 
o'rganish  afzal  deb  qaraladi,  bunda  uni  ishlab  chiqarish  muammolari  bilan  bolab 
qarab chiqish butunlay inkor etiladi;  
•  Tahlil  metodi  (uslubi)  sifatida  asosan  empirizm  (tajriba)dan  foydalaniladi, 
bunda  iqtisodiy  hodisalarning  tashqi  ko'rinishlarigina  ta'riflanib,  iqtisodiyotning 
barcha sohalarini o'z ichiga olgan ma'lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;  


 
105 
• Pulning kashf etilishi insonlarning sun'iy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, 
pulning o'zi esa aynan boylik deb qaraladi;  
• Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «ob'ektiv (jonli) 
tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;  
•  Mehnatga  taklifning  o'sishi  ish  haqining  yuqori  emas,  past  bo'lish  zarurati 
bilan bog'lanadi;  
• Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o'sish mamlakat pul boyligining 
ko'payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining 
ijobiy (aktiv) bo'lishi ta'minlanishi kerak.  
Manufakturalarning  rivoji  mustamlakalardan  keltirilgan  arzon, ko'p  va sifatli 
xom  ashyo  hisobiga  ro'y  berdi,  tayyor  mollar  esa  o'sha  va  boshqa  mamlakatlarga 
olib  borilib,  ancha  qimmatga  pullangan.  Noekvivalent  almashuv  oqibatida 
metropoliya  boyib  borgan.  Bu  sohada  Angliya  yuksak  yutuqlarni  qo'lga  kiritdi. 
Agar  Angliya  hududini  1  deb  olsak,  u  o'zidan  120  marta  katta  bo'lgan  erni 
koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan foydalangan.  
Demak, merkantilizm bo'yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha pul ko'p 
bo'lsa,  u  shuncha  boy  deb  hisoblangan)  va  pul  miqdorini  davlat  hokimiyati 
yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan 
oldinroq  paydo  bo'ldi  va  XVI  asrning  o'rtalarigacha  (asosiy  oltinlar  yig'ib 
olinguncha) yashadi. Ilk merkantilizm davrida chaqalar ataylab ishdan chiqarilgan, 
chunki  bu  pullar  bilan  faqat  ichki  savdo  oborotini  olib  borish  mumkin  (tashqi 
savdoda esa mumkin emas), maqsad - pulni mamlakatda saqlab qolish.  
Bu  siyosatning  muhim  namoyandalari  Angliyada 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish