O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»



Download 7,8 Mb.
bet9/103
Sana09.07.2022
Hajmi7,8 Mb.
#766077
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bog'liq
Kasbiy ta\'lim metodikasi

Darsni rejalashtirish - kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgartirishlar bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir.
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi darajalarda amalga oshirilishi mumkin:
"• Butun ta’lim davri darajasida;
% Bir o‘quv yili darajasida;
S Bir smestr darajasida;
"m Bir oy darajasida;
% Bir xafta darajasida;
% Bir kun darajasida;
S Nazariy darsning bir soat darajasida;
Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi.
Maksadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa buyicha buladi va uni ta’lim beruvchining uzi tuzadi. Buning uchun tanlangan maxsus soxa bir necha mavzularga yoki material soxalariga bulinadi. Sung metodlar va rejalashtiriladi.
Bu munosabatda e’tiboringizni «Ta’lim beruvchining didaktik xatti- xarakatlari» modeliga karatmokchimiz.



Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim:


Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada?

  • Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shart- sharoitlar mavjud?

  • Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘

  • llbzda tutilmokda?

Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi.
Maksadlar: Nima uchun ?
Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi.
Mazmunlar: Nima ?
Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak.
Metod: Kay tarzda ?
Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\
SHaroitlar: Nimalar yordamida ?
SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar, o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi kerak.
Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ?
YUkorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud.
Natijalar: Maqsadga erishildimi ?
Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilgan- erishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi.
O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda xulosa chikarish boskichlariga taallukli didaktik xatti- xarakatlarni tushuntiradi
Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi.

  1. boskich:

Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari esa keyinrok kerak buladi.


O‘qitish va o‘qish sikli.




  1. boskich:

O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash yoki aniklash. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli

  1. bosqich:

Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu rejada barcha mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik materiallarga muvofik xolda o‘quv vositalar xamda umumiy vakt taqsimoti aks etadi.
Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  1. boskich:

O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quv- didaktik materiallar yoki o‘quv vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak.
Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar, slaydlar va topshirik varakalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi ishlab chikiladi.

  1. boskich:

Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak.

  1. boskich:

Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar keraqli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. YA’ni «Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan savolga javob berilishi kerak.
Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda ishining sifati kanday bulganligi tekshirish. YA’ni «Men oldimga kuygan maksadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi muximdir.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni qanday rejalashtiriladi?

  2. Pedagogik texnologiyada o‘qitish va o‘qish sikli.

  3. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish qanday darajalarda amalga oshirilishi mumkin?

  4. Ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modelini izohlang.

  5. Tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni qanday omillar asosida aniq ko‘rsatadi?

  6. Amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi va tuzilishini tushuntiring.

  7. Dars qanday rejalashtiriladi?

  8. Maqsad-mazmun-usul-tushuntirib bering.

  9. O‘qitish va o‘qish sikli deganda nimani tushunasiz?

  10. O‘qitish bosqichlarini sanab bering.


  1. Download 7,8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish