Kasb-ta'limi metodikasi fanini o‘qitishning tashkiliy ko‘rinishlari xar tomonlama kamol topgan, texnikadan ma’lumoti bo‘lgan ishchilar tayyorlash masalasi avvalo o‘qitish jarayonida hal qilinadi.
O‘qitish jarayoni pedagogikaning va u rahbarlik qilayotgan o‘quvchilarning bilim, o‘quv hamda malaka tizimini ongli ravishda puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat.
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim olayotgan o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning, ularning aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muxim vositalaridir.
Kasbiy ta'lim fanlarining o‘qitish asosiy talablariga quyidagilar kiradi: O‘quvchilarning ongliligi oshirish.
O‘quvchilarni shahsiy hususiyatlarini hisobga olish.
O‘quvchilar faolligini oshirish.
Bilim ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishini puhtaligini nazorat qilish
Didaktik reduksiyadan foydalanish.
O‘qitishning tizimliligini va izchililigini oshirish.
O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligini tushuntira olish talab qilinadi.
O‘qituvchi yuqori talablarni qo‘llagandagina o‘quvchilar bilimi yahshiroq chuqurroq bo‘ladi va mavzuni eslab qoladi, hamda unga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
Istiqlolga erishgan mamlakatimizda so‘z borayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimi mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqazo etmoqda. Bunday yangilanish O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g'risidagi qonunva Kadrlar tayyorlash milliy dasturiasosida amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi! asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kasb ta’limiga alohida o‘rin berilishi natijasi sifatida kasbhunar kollejlari va litseylarini tizimi shakllandi. Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg'or metodlar va yo'nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari bilan bog'liq ravishda ishlab chiqilgan yangi kontseptsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo'naltirib boradi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘zi bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimdagi islohatlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.