Kasb ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi fanini o‘zlashtirgan talaba: o‘qitishning didaktik qonunlari va tamoyillarini, ta’lim-tarbiya berishning nazariyasi va amaliyotini. o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta’lim jarayonini tashkil etishning turli usul va shakllarini, jumladan ma’ruza o‘qishni. amaliy mashg'ulotlarni o‘tkazishni, talabalar mustaqil bilim oliisharini tashkil etishni, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilishni, ta’lim jarayoiida o‘qitishning texnik vositalari va axborot texnologiyalarini ko‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning maqsadi -«Kasb ta’limi metodikasi» fanini o‘rganIshning maqsadi talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik ta’lim sohasini 5140900 «Kasb ta’limi» yo'nalishi ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ta’limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni echa olishida hamda ularning texnologiya va ishlab chiqarish ta’limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik bilim, ko‘nikma vamalakalarini shakllantirishdir,talabalarda kasbiy ta’lim metodikasining terminalogik tushunish apparatini shakllantirish; ta’limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;ta’lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish;kasbiy ta’lim yo'nalishi bakalavrlarining metodik ishlari tizimi bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish jarayonida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni loyihalay olish bo‘yicha malakalarni shakllantirish.
Kasb-ta'limi metodikasi fanini o‘qitishga qo‘yiladigan talablar
Hozirgi paytda oliy va ta’lim muasasalari va kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlar o‘qitish metodikasi, o‘qitish jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv uslubiy ta’minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kasb-hunar kollejlari tizimini takomillashtirish hamda ularning o‘quv tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida xorijiy mamlakatlarning etuk mutaxasislari va malakali pedagoglari ishtirokida seminarlar, ilmiy- amaliy anjumanlar o‘tkazildmoqda.
Kasb-hunar pedagogikasi umumiy pedagogikaninng bir sohasi bo‘lib, u tarbiya, ta’lim, o‘qitish haqida qator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mexnat pedagogikasiga oid masalalar bilan shug'ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo‘limlarga bo‘linib, bu bo‘limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muxim masalalarini, ya’ni kasb hunar ta’limi yo'nalishlari, mexnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda, kasb -hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-sharoiti, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o‘rganiladi. Har bir o‘quv fani o‘qitish sohasi, o‘rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tahshkiliy ko‘rinishi haqidagi fan ma’lumotlari asosida qurilgan fan bu- metodika deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |