MUNDARIJA
I.Fan dasturi
II. Ishchi dastur
III. Nazariy materiallar
IV. Amaliy mashg‘ulot materiallari
V. Keyslar banki.va testlar.
VI. Glossariy
VII.Adabiyotlar ro‘yxati,
ISHCHIDASTUR
NAZARIY MATERIALLAR
U
BOB. KASB-HUNAR TA’LIMINING METODOLOGIK ASOSLARI
VA TAMOYILLARI
|
Mavzular nomi
|
Soatlar
|
1-Mavzu
|
Kasbiy ta’lim metodikasi fanining maqsad vazifalari
|
2
|
2-Mavzu
|
Kasbiy ta’lim mutaxassislarini tayyorlashda nazariy va amaliy bilimlarni rejalashtirish
|
2
|
3-Mavzu
|
Kasb-hunar ta'limi tizimi va jarayoni
|
2
|
4-Mavzu
|
“Didaktika” atamasi, didaktika va metodika orasidagi o’zaro bog’liqlik.
|
2
|
5-Mavzu
|
O‘qituvchining asosiy vazifalari
|
2
|
6-Mavzu
|
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv rejalashtirish hujjatlari
|
2
|
7-Mavzu
|
Khk o‘qituvchisi va o‘quv ustasining liderlik sifatlari
|
2
|
8-Mavzu
|
O‘qituvchining pedagogik mahorati tajribasida ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari
|
2
|
9-Mavzu
|
O‘rganishga undovchi va unga ta’sir etuvchi omillar
|
2
|
10-Mavzu
|
Davlat ta’lim standartlari
|
2
|
11-Mavzu
|
Kasb xunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quv rejalari
|
2
|
12-Mavzu
|
Ochiq darslarni o‘tkazish va darslarni tahlil qilish
metodikasi
|
2
|
13-Mavzu
|
O‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar
|
2
|
14-Mavzu
|
O‘quv maqsadlari va o‘quv mazmunini keltirib chiqarish
|
2
|
15-Mavzu
|
O‘quv ustaxonasida darsni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi
|
2
|
16-Mavzu
|
O‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish va o‘tkazish
|
2
|
17-Mavzu
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoringini tashkillashtirish
|
2
|
18-mavzu
|
O‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo‘llari
|
2
|
|
JAMI
|
36
|
KIRISH
Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
SH.M.Mirziyoev
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqanholda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart sharoitlari keltirib o‘tilgan.
Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiy- uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi.
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. SHu bilan birga talabalarga xam.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
Mazkur ma’ruza matni orta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik salohiyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar to‘plamidan iborat bo‘lib, kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ma’ruza matni o‘quv jarayoniga tadbiq etilayotgan zamonaviy pedagogik tajrivalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullarni qo‘llash haqidagi tajribalardan namunalar va fikr-mulohazalar jamlangan.
MAVZU: KASB TA'LIMI METODIKASI FANINING MAQSAD VA
VAZIFALARI
R E J A:
Ta’lim tizimini isloh qilish
Kasb-hunar kollejiga muxandis-pedagoglami tayyorlash
Kasb ta’limi metodikasi fanini maqsadi va vazifalari.
O‘zbekistonda kasb ta’limini islohatlari.
Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy-kvalifikatsion o‘zgarishlar.
Tayanch tushuncha va iboralar:Ta’lim to‘g'risidagi qonun, Kadrlar tayrlash milliy dasturi, metodika, muhandis-pedagok, kasb-hunar, kasbiy pedagogika, qonuniyat, ishchi,model, guruh, asoslar, nazariya, davr, tizim, tamoyil.kasbiy ta’lim
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga muvofiq)
O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning bilim, o’quv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat. Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim o’quvchilar shaxsini shaklantirishning,ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida o’quvchilarning bilish kuchlari rivojlantiriladi. O’qitish o’qituvchining o’quvchilarga bilim,uquv va malaka tizimi berish,ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatdir.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Og’zaki bayon qilish, slaydlar asosidagi kichik ma’ruza, kichik guruhlarda ishlash, taqdimot, «Tushunchalar tahlili» uslubi.
Forma: savol-iavob, individual ishlash, kichik guruhlarda ishlash, jamoa bilan katta guruhda ishlash.
Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma material, 4- ta vatman kogoz, ma’ruza asosida tayyorlangan prezentatsiya slaydlari, markerlar, skoch, doska, kompter, proyektr.
Nazorat: Og’zaki nazorat, o’z-o’zini nazorat qilish, savol-javob,
Ma’ruzaning maqsad va vazifalari:
Maqsadlar:
Ta’limiy: metodik jarayonining ilmiy- nazariy mazmun-mohiyatini bayon qilish
Tarbiyaviy: metodik jarayonining uslubiy va amaliy asoslari haqida misollar keltirish
Do'stlaringiz bilan baham: |