Taqrizchilar:
G.Xadjimuratova – TDIU, “Menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
E.Nabiyev – “Menejment va marketing” kafedrasi professori.
3
KIRISH
Oliy ta‘limning asosiy maqsadi o‗z-o‗zini rivojlantirishga, mustaqil
ta‘limga, yangiliklarga qodir mutaxassisda ijodiy shaxsni shakllantirish
hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ishi ta‘lim jarayonining eng muhim tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi.
Olingan kasb va uning xarakteri qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar har
qanday boshlovchi mutaxassis fundamental bilim va professional mahoratga
va o‗z faoliyatining ko‗nikmalariga, ijodiy tajribaga va yangi muammolarni
hal qilishda tadqiqot faoliyatiga, ijtimoiy va baholash faoliyatiga ega bo‗lishi
lozim.
Ta‘limning bu barcha tarkibiy qismlari aynan talabalarning mustaqil
ishlari jarayonlarida shakllanadi, sababi har bir studentning faoliyatini
maksimallashuvini nazarda tutadi va bir vaqtning o‗zida ijodiy
individuallikni takomillashtirish vositasi deb ham ko‗rish mumkin.
Talabalar mustaqil ishlarini asosiy tashkiliy prinsipi, auditoriyada
studentlarning reproduktiv va ijodiy faoliyatiga, auditoriyadan tashqarida
o‗qituvchi bilan aloqada konsultatsiyaga yo‗naltirilgan keng qamrovli
yondashuv hisoblanadi.
Talabalar mustaqil ishlarining asosiy turlari orasida an‘anaviy tarzda
quyidagilar ajratiladi: ma‘ruzalarga, seminar va amaliy mashg‗ulotlarga
tayyorgarlik, testlar va sinovlarga, taqdimotlar va hisobotlarga tayyorgarlik;
laboratoriya va nazorat ishlarini bajarish, insho yozish, keyslarni va
muammoli topshiriqlarni bajarish; hollarda va amaliy ishlari hal; ishga doir
o‗yinlarini o‗tkazish; ilmiy ishda ishtirok etish.
Mustaqil ta‘lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‗lib,
menejmentni o‗rganishda fanning biror bir mavzusini to‗laroq o‗zlashtiradi
va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad,
talabaning o‗qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish
va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta‘limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari
mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari
mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Qo‗llanma amaliy mashg‗ulotlar
uchun: aniq vaziyatlar, mashqlar va topshiriqlarni, shuningdek, fanga tegishli
mavzularga doir qisqacha o‗quv materiallarini o‗z ichiga oladi.
Qo‗llanmaning maqsadi - "Menejment faninni o‗rganuvchi talabalarga
boshqaruv ilmining nazariyasi va amaliyotini bog‗lab o‗rganish uchun
yordam berishdir. DTS talablariga mos keladigan ma‘ruzalar va o‗quv
materiallariga muvofiq mustaqil ta‘limni bajarish uchun amaliy topshiriqlar
tuzilgan.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |