279
7.5-rasm.
Devorlarni g‘isht va keramik toshlar bilan sirtini bezash (qoplash):
a − ko‘p qatorli bog‘lashda; b − shuning o‘zi bir qatorli bog‘lashda; v − keramik toshli
devorlarni sirti bezakli g‘isht bilan (qoplash); g)−o‘shaning o‘zi, keramik toshlar bilan bezash
(qoplash); d − tashqi versta qator vertikal choklarini bog‘lamasdan terish; ye − shuning o‘zi,
terishning uchta qator doirasida vertikal choklarni bog‘lash bilan
Devorlarni g‘isht va to‘g‘ri (muntazam) shakldagi toshlar bilan qoplab terish
noyob binolarning fasadlarini va ommaviy qurilish ob’ektlarini, vestibyullarni
ichki
devorlari, zina kataklari, yer osti o‘tish yo‘llarini, sermehnat suvoqchilik
ishlarini almashtirish uchun qo‘llaniladi. Devor sirtini
qoplash uni terib chiqish
bilan bir vaqtda yoki vaqtni biroz surgan holda maxsus yuzali g‘isht va turlicha
ishlov berilgan hamda rangbarang keramik toshlar bilan qoplanadi. Ko‘pincha tosh
va g‘ishtlarning quyidagi o‘lchamlaridan foydalaniladi: oddiy yuzali g‘isht − 250 x
120 x 65 yoki 88 mm; toshlar – 250 x 120 x 140 mm, choraktakam – 188 x 120 x
140 mm.
Devorlarni sirtini g‘isht va keramik toshlar bilan qoplash g‘isht terish bilan
bir vaqtda bajarilib uni bo‘ylama qatorlar bilan terib va asosiy terish bilan
ko‘ndalang tomoni bilan terilgan qatorlarni ½ g‘isht uzunligidagi g‘ishtlarni
monolitiga terish yo‘li bilan bog‘lab bajariladi. Bezakli
qoplama terishni asosiy
terish bilan zanglamaydigan po‘latdan yasalgan shtirlar yordamida bog‘lashga
280
ruxsat etiladi. Bezakli qoplama qatlamini devor massivini terish bilan bog‘lashning
turli xil variantlari qo‘llaniladi, lekin ular albatta ko‘rsatilishi va bir yoki ko‘p
qatorli bog‘lash tizimi bo‘yicha bajariladigan asosiy terish bilan yagona bir butunni
tashkil etishi kerak.
Bog‘lashning bir qatorli tizimida fasad tekisligini bezakli qoplash bo‘ylama
va ko‘ndalang tomoni bo‘yicha terilgan qatorlarni almashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Yuzaga ishlatiladigan g‘isht oddiy g‘ishtdan ancha qimmat turadi, shu
sababli bu usulning tejamkorligi ancha kam, chunki qatorlarning yarmi ko‘ndalang
tomonli g‘ishtlar bilan teriladi.
Devorlarni bog‘lashning ko‘p qatorli tizimi bo‘yicha barpo etishda fasad
tomonidagi beshta g‘ishtning bo‘ylama terilgan qatori bitta ko‘ndalang qator bilan
yopiladi. Qimmatbaho yuza g‘ishtidan ancha oqilona foydalaniladi.
Devorlarni keramik toshlar bilan bezakli qoplash massivga beshta bo‘ylama
qatordan keyin ikkita ko‘ndalang qatorni terish bilan bajariladi,
bezakli qoplama
toshlardan foydalanishda esa ko‘ndalang qatorlar uchta bo‘ylama qatorlar terib
almashinadi. Bezakli qoplama qatlamiga kattaroq me’moriy ifoda berish uchun
choklarni bog‘lashni umumiy talablardan chetlashgan holda bajarishga yo‘l
qo‘yiladi: vertikal ko‘ndalang choklarni binoning butun balandligi bo‘yicha yoki
3...5 terish qatori chegarasida bog‘lamaslik mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: