136
7.2. Ishlovchilarning kasbi bo‘yicha sifat tarkibini tahlil qilish
Yuqori texnik doiradagi raqobatbardosh mahsulot
ishlab chiqarish uchun
ishlovchilar soni ularning malakasi bo’yicha ishlab chiqarish talablariga mos kelishi
zarur. Ishlovchilarning kasbi bo’yicha sifat tarkibini tahlil
qilishda ishlab chiqarish
operastiyalari ro’yxati va ularning murakkabligini sexlardagi,
uchastkalar va ish
joylaridagi ishchilarning mutaxassisligi va razryadlari bo’yicha tarkibi bilan
taqqoslanadi. Ishlar va ishchilarning o’rtacha razryadlari hisoblanadi.
Agar ishchilarning o’rtacha razryadi ishlarning o’rtacha razryadidan ko’p bo’lsa,
korxonadagi ishchilardan ularning malakasi bo’yicha to’liq foydalanmayotgan va ish
haqiga razryadlararo farq uchun ko’p xarajat sarflanayotgan bo’ladi.
Ishlarning o’rtacha razryadi ishchilarning o’rtacha
razryadidan oshib ketishi
bajarilgan ishlarning va mahsulot sifatining pasayib ketishiga olib keladi. Buning
oldini olish uchun ishchilar malakasini oshirish kerak bo’ladi.
Ishlarning o’rtacha razryadi bir oz oshishiga yo’l qo’yish mumkin,
chunki bu
holda ishchilar malakasi oshishiga sharoit tug’iladi.
Tahlil uslubiyati – ishchilar razryadini va ishlar razryadini solishtirishdir.
Malakasini oshirish kerak bo’lgan ishchilar soni esa quyidagi formula orqali
aniqlanadi:
S
i
= (R
ish
- R
ishchilar
) ∙ S
i(jami)
(7.1.)
Bu
tahlil malakani hajm bilan, bajarilayotgan ishlar murakkabligi bilan
moslashuvi va kerak bo’lganda malakaviy o’sishni asoslash
uchun har bir razryad
bo’yicha olib boriladi.
Korxona bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich bu moslikni to’liq tavsiflab bermaydi.
Buning uchun qaysi kasblar va razryadlar bo’yicha ishchilar malakasining orqada
qolayotganligini aniqlash va haqiqatda malakasini oshirishi kerak bo’lgan
ishchilar
guruhlarini malaka oshirish rejalariga kiritish lozim.
Ishchilar tarkibini mutaxassisligi bo’yicha tahlil qilish ishlar va ishchilar
malakasi ideal ravishda mos kelishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi, chunki ish
xarakteri va ishchilar tarkibining doimiy o’zgarib turishi bunga imkon bermaydi.
137
Biroq, ishlar va ishchilar malaka darajalari o’rtasidagi farq kattalashib ketmasligining
oldini olish uchun bunday tahlilni doimiy ravishda olib borish zarur.
Tajribada ko’pincha ishchilar malakasi bajarilayotgan
ishlarning malakaviy
darajasiga mos kelmasligi tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun bunday vaziyatlarni
tahlil qilishda tegishli malakadagi ishlarning bajarilayotgan
ishlar umumiy hajmiga
nisbatan salmog’i aniqlanadi.
Agar 80foiz va undan ko’p ishlar o’z malakasi bo’yicha bo’lsa, bu holda
ishchilar o’z malaka darajasi bo’yicha mos ravishda ish bilan band qilingan bo’ladi.
Masalan, ishchi V razryadli malakaga ega va quyidagi ish hajmini bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: