O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
5141800-Defektologiya yo’nalishi bo’yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun tayyorlangan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Mavzu:
Rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o`ziga xos xususiyatlari
Bajardi: Qo’chqorova M.
Pedagogika fakulteti
defektologiya yo’nalishi talabasi
Ilmiy rahbar p.f.n. O.Shomiyeva
Maslahatchi: o`qituvchi D.T.Usmonova
Navoiy -2013
MUNDARIJA
KIRISH........................................................................................................... 3
I BOB. RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BO'LGAN BOLALAR NUTQIDAGI NUQSONLARNING O`ZIGA XOSLIGI.
1.1..Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining umumiy tavsifi.............................9
1.1.2.Aqli zaif o'quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi ................12
1.1.3.Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi..............................................15
1.1.4.Aqli zaif bolalarda nutqni grammatik qurilishi va bog'lanishli nutqning buzilishi...................................................................................................................17
1.1.5.Aqli zaif bolalarda yozma nutqning buzilishlari...................................20
1.2.1.Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalardagi nutq nuqsonlari tavsifi .................................................................................................................21
1.2.2. Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalar nutqining lug'at va grammatik tizimini buzilishi....................................................................................25
1.3.Ko'zi ojiz bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari...............................32
II BOB. RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BO'LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1.Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos xususiyatlari.............................................................................................................36
2.1.1. Aqli zaif bolalar mustaqil nutqining shakllanishi va leksik-grammatik qurilishning buzilishlarini to'g'rilash bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xosligi 39
2.1.2. Aqli zaif bolalar leksikasining rivojlantirilishida logopedik ishlarning o'ziga xosligi............................................................................................................44
2.1.3. Yordamchi maktabda yozma nutqning buzilishlarini to'g'rilash bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlari.............................................. 45
2.2. Ko'zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari............................................................................................................46
XULOSA.................................................................................................................50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...........................................52
KIRISH
Sog`lom avlod ota-onaning faxridir. Farzand hayot shamchirog`i, sharaja davomchisi, sog`lom avlod orzusi ming yillardan beri ajdodlarimizdan yetib kelayotgan oilamiz, hayotimiz, intilishlarimiz mohiyati asosiga aylanib ketgan millatimizga xos qadryatlarimizdan biridir. Darhaqiqat, mamlakatimizda sog’lom avlod tarbiyasiga davlat siyosati darajasida katta etibor bilan qarab kelinmoqda.
Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy salohiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma’naviy yetuk shaxslarni tarbiyalash yetishtirish vazifasi davlatimiz siyosati ustuvor yo’nalish darajasiga ko’tarildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov, “kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom barkamol insonni, uning naslini tarbiyalab yetishtirishga intilish, bizning milliy xususiyatimizdir bizning ustuvor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, ma’nan yetuk, jismonan sog’lom, har tamonlama rivojlangan , kommil va zukko inson qilib voyaga yetkazishdan iboratdir.
Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlarga nisbatan g’amxo’rlik, ularning huquqlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash, ta’lim tarbiya jarayonini u bolalarning ehtiyoji va qobilyatiga mos ravishda tashkil etish, sog’lom jamiyatga tenglashtirish ishlari o’ta dolzarb masalalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlarning ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalariga etibor davlat tamonidan ortib bormoqda. O’zbekiston Respulikasi Kanstetutsiyasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunni va “O’zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilishto’risida” gi qonunida, O’zbekiston Respublikasida “oila kodeksi” Vazirlar Mahkamasining 1998-yildagi 59-sonli, 2002-yildagi 33-sonli qarorlarida “Ta’lim hamma uchun ” Milliy harakat dasturida o’z ifodasini topgan.
Prezidentimiz tomonidan 2004-yil “Mehr va muruvvat yili” deb elon qilinishi ushbu sohada olib borilayotgan ishlarning yanada rivojlanishini ta’minladi. Yordamga muhtoj bolalarga mehr ko’rsatish muruvvatli bo’lish biz o’zbek xalqining asl ijtimoiy fazilatlaridandir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007-yilning 23-yanvarida 573-sonli qarori bilan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat Dasturi tasdiqlandi. Ushbu Dasturning 4,2-bandida alohida ehtiyojli bolalarning joylardagi umumta’lim-inklyuziv ta’limni ishlab chiqish va bu xususida “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga qo’shimchalar kiritish masalalari kiritildi. 2007-yilning bunday nomlanishining yorqin dalillari davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar ta`limiga e`tiborning yanada faollashganidadir. Davlat Dasturlariga asosan har bir yo`nalishdagi maxsus muassasalarining o`quv xonalarini jihozlash; bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib ta`limning samaradorligini oshirish; kasb-hunarga yo`naltirish; jamiyatning to`laqonli va teng huquqli a`zosi etib voyaga yetkazish; imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy va maxsus ta`lim muassasalarida ta`lim olishlari uchun ijtimoiy texnik ta`limiy sharoitlarini yaratish; zamonaviy asbob-uskunalari, jihozlar bilan ta`minlash me`yorlarini ishlab chiqish; ta`lim tizimi va mazmunini takollashtirshga qaratilgan chora-tadbirlarni kiritilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda “Maxsus talim zaruriyati”nomli xujjatga javoban SVR –Reabilitatsiya tashkiloti (Sommin.Vased ReabilitatIop) tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, sog‘liqni saqlash, mexnat va axolini ijtimoiy muhofaza etish xamda kasaba uyushmalari vakillarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Bunday nufuzli tashkilotning asosiy maqsadi - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bulgan bolalarni himoyalash, xuquqlarini tiklash, vakolat berish, talim-tarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va raxbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir.
Aloxida yordmga muxtoj bulgan bolalar uchun tashkil etilgan talim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari urganiladi, Ushbu talim tizimida ma’lum sharoit yaratilishi lozim. Bunga modifikatsiya, kompensatsiya, adaptatsiya ,reabilitatsiyalar kiradi. Masalan, agarda bola eshitmasa, uni eshitish apparati bilan ta’minlash; yura olmasa - nogironlar aravachasidan foydalanish, qulida oddiy qoshiq ushlay olmasa, uni boshqa qulay uskuna bilan ta’minlash va boshqalar.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga uz munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, hoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus bog‘cha va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida xamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarur,
Ba'zi bolalardagi sensor (eshitish yoki ko'rishning pasayishi) va aqliy rivojlanishdagi qo'pol kamchiliklar, shuningdek, bolalar miya falajlanish kasalligida kuzatiladigan harakat sferasidagi buzilishlar bolalar nutqining hamma komponentlarini (talaffuz, leksik-grammatik) rivojlanmay qolishga olib kelishi mumkin, barcha holatlarda bular o'ziga xos etiopatogenetik xususiyatga ega bo'lganligi sabab, korreksion ta'sir etish metodlarini defferensial qo'llashni talab etadi.
Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nuqsonlarini har tomonlama bartaraf etish ishlari nutq tarbiyasidan boshlanishi bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.
Muammoni o`rganilganlik darajasi.
Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bo'lishida ko'rinadi. Bunda birinchi so'zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo'ladi.
Aqli zaif bolalarda nutqining rivojlanishni o'ziga xos tomonlari ko'plab mualliflar tomonidan psixologik aspektda o'rganilgan (V.Petrova, M.Pevzner, I.Karlin, M.Strazulla, S.Borel-Mezonni, Shlezinger, M.Zeeman va boshqalar).
M.Ye. Xvatsev, D.I. Orlova va V.V. Voronkovalarning ma'lumotlariga ko'ra, aqlan normal rivojlangan bolalarga nisbatan aqli zaif o'quvchilarda yozuvning buzilishi ko'proq qayd qilinadi.
F.F. Rau, L.V. Neyman va V.I. Beltyukovlarning ta'riflashicha, "zaif eshitish deb eshitishning shunday pasayishiga aytiladiki, bunda nutqni idrok qilishda qiyinchiliklar tug'iladi, biroq maxsus yaratilgan shart sharoitlarda (ovozni kuchaytirish, gapiruvchining bevosita quloqqa yaqin kelishi, tovush kuchaytiruvchi asboblarni qo'llash va hokazo) eshitishi yordamida nutqiy muloqotga kirishish mumkin bo'ladi."1
BSFda nutq va umumiy motorikaning buzilganligi o'rtasidagi bog'liqlik artikulatsion motorikadagi murakkab buzilishlar qo'l harakati funksiyalarining buzilishiga olib kelishida ham namoyon bo'ladi.
Nutq va qo'l harakatlarining bog'liqligi 1928-yilda V.M. Bexterev tomonidan aniqlangan bo'lib, u qo'l harakatlarining rivojlanishi nutqning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishini ko'rsatib o'tgan. M.M.Kolsova (1973) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bola barmoqlarining harakati markaziy asab tizimining shakllanishiga ta'sir ko'rsatib, bola nutqining jadal rivojlanishiga yordam berar ekan.
Respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularning nuqsonlarini yo’qotish, oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari kabi masalalar S.SH.Aytmetova, L.R.Mo’minova, I.G.Radisheva, G’.B.SHoumarov, D.A.Gordiyenko, S.G.Kim, A.Soatov, V.S.Raxmonova, A.V.Sosedova, Z.B.Em, G.A.Sodiqova, R.SH.SHomaxmudova, P.M.Po’latova, D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, L.SH.Nurmuxamedova, SH.M.Amirsaidovalarning izlanishlarida tadqiq etilgan. Respublikamizda aqli zaif bolalarga ta’lim-tarbiya berish, ularning nuqsonlarini yo’qotish, oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari kabi masalalar S.SH.Aytmetova, L.R.Mo’minova, I.G.Radisheva, G’.B.SHoumarov, D.A.Gordiyenko, S.G.Kim, A.Soatov, V.S.Raxmonova, A.V.Sosedova, Z.B.Em, G.A.Sodiqova, R.SH.SHomaxmudova, P.M.Po’latova, D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, L.SH.Nurmuxamedova, SH.M.Amirsaidovalarning izlanishlarida tadqiq etilgan.
Tadqiqotning maqsadi – rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarning o`ziga xosligini nazariy tahlil qilish va olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari mohiyatini ochish.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy hamda ilmiy—pedagogik manbalarni o‘rganish asosida rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash.
2. Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari mazmun va mohiyatini aniqlash.
3. Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning yo‘l va usullarini belgilash.
Tadqiqotning ob’ekti – rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti – rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning yo’llari, mazmuni, shakl va metodlari.
Tadqiqotning metodlari: tadqiqot mavzusiga oid ilmiy, defektologik lingvistik va metodik adabiyotlar tahlili; maxsu maktablar o`quvchilarini tibbiy-pedagogik hujjatlarini o`rganish; ta`limiy-pedagogik jarayonni kuzatish; ilg`or tajribalarni o`rganish va tahlil qilish; tajriba sinov o`tkazish va tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Agar:
- Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ish muammosi nazariy-metodologik asosga ega bo’lsa;
- ularni nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ish psixologik, pedagogik asoslari aniqlansa;
- ularga logopedik ta`sir ko`rsatishning samarali yo’llari, qulay shart-sharoitlari yaratilsa;
- maxsus muassasalar defektolog o’qituvchilari uchun ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa, rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi oshadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning nazariy jihatlari asoslandi, qiyosiy tahlil asosida bunday bolalarning psixologik xususiyatlari aniqlandi hamda nutqini korreksiyalashning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari belgilandi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, 2 bob, umumiy xulosa, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. RIVOJLANISHIDA KAMCHILIGI BO'LGAN BOLALAR NUTQIDAGI NUQSONLARNING O`ZIGA XOSLIGI.
1.1..Aqli zaif bolalarda nutq buzilishining umumiy tavsifi
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi va ularni me'yorga keltirish xususiyati oliy nerv (asab) faoliyati hamda psixik rivojlanishning o'ziga xos tomonlari bilan belgilanadi.
Aqli zaif bolalarda bilish faoliyatining oliy shakllarini yaxshi rivojlanmaganligi fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifat jihatidan о 'ziga xosligi, xatti-harakatini so 'z orqali nazorat qilishni izdan chiqishi hissiy-irodaviy sohani to'laqonli emasligl kuzatiladi.
Debil darajasidagi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari.
Aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli orqada qolish nutqqacha bo 'Igan davrdayoq kuzatiladi. Agar go 'daklarda chug'urlash 4 oyligidan 8 oyligigacha me'yorida paydo bo'lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12—24 oylikgacha bo'Igan davrda namoyon bo 'ladi (I.V. Karlin. M. Strazulla.)
Kassel, Shlezinger, M.Zeemanlar fikricha, aqli zaif bo'lgan bolalarda birinchi so'zlar 3 yoshdan paydo bo'ladi. I.V.Karlin va M. Strazullaning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, bunday bolalarda birinchi so'zlar 2,5 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan davrda paydo bo'lar ekan (Bolalarda birinchi so'zlarning paydo bo'lish me'yori 10 oy dan 18 oyligigacha).
Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli ortda qolishi iboraviy nutq paydo bo'lishida ko'rinadi. Bunda birinchi so'zlarni bayon qilish bilan iboraviy (birikmani) nutq orasidagi oraliq vaqt ham, normal rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq bo'ladi.
Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi logopediya doirasida M.Xvatsev, R.Ye.Levina, G.A.Kashe, D.I.Orlova, M.A.Savchenko, Ye.F.Sobottovich, R.I.Lalayeva, K.K.Karlin tomonidan o'rganilgan. Bu tadqiqotlar natijasiga ko'ra yordamchi maktabning boshlang'ich sinflarida aniq nuqsonlar 40-60% bolalarda kuzatilar ekan.
S.Ya. Rubinshteynning fikricha, aqli zaif bolalarda nutq rivojlanmasligining sababi "miya po'stlog'i faoliyatining zaifligi, barcha analizatorlarda yangi differensial aloqalarning sekinlik bilan ishlab chiqilishidadir". Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli aloqalarning asta rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bola ancha vaqt nutq tovushlarini ajrata olmaydi, atrofdagilar aytgan so'zlarini aniq anglamaydi.
Motorikaning, shu jumladan, nutqiy motorikaning rivojlanishi aqli zaif bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlaming aniqligi ikki tomonlama nazorat orqali ta'minlanadi. Eshitish singari kinestetik nazorat ham noaniq bo'lib rivojlanadi.
Aqli zaif bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida V.G. Petrova ularning nutq buzilishlari sabablari hisoblangan ko'pgina faktorlar yig'inflisini, ajratib, aqli zaif bolalar nutqining buzilishi va anomal rivojlanishning asosiy sababi bilish faoliyatining rivojlanmaganligidir, deb e'tirof etadi2.
Analitik-sintetik faoliyat darajasining pasayishi nutq tovushlarini differensiallashtiruvchi murakkab psixik (ruhiy) faoliyat, fonematik qabul qilishning buzilishida namoyon bo'ladi. Bilish faoliyatining buzilishi tilning semantik tomondan o'zlashtirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun, aqli zaif bolalar semantik jihatdan murakkab bo'lgan so'zlarni (mavhum, umumlashgan) va grammatik shakllarni (masalan, maqsad va sabab, ergash gapli qo'shma gaplar) qiyinchilik bilan egallaydilar.
Analitik-sintetik faoliyatning umumiy ravishda rivojlanmay qolishi sababli, til umumlashmalarining shakllanishi, til qoidalarining o'zlashtirilishi me'yorda rivojlangan bolalarga nisbatan o'laroq, qiyinchilik bilan kechadi.
Atrofdagi olam haqidagi tasavvurning cheklanganligi, nutqiy aloqaning zaifligi, qiziqishning yetilmaganligi, nutqiy munosabatga bo'lgan talabning pasayishi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining sekinlashishi bilan ifodalanadi. Bular bilan bir qatorda ularda nutq buzilishlariga olib keluvchi boshqa faktorlar ham sabab bo'ladi, ya'ni nutq apparati tuzilishdagi kamchiliklar natijasida rinolaliya, mexanik dislaliya; bosh miya po'stloq osti qismining ba'zi bo'limlarini zararlanishi okibatida yuz beradigan organik duduqlanish va dizartriya.
Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Ularda nutqiy faoliyat bilan bog'liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bo'ladi-ki, bular motivatsiyaning zaifligi, nutqiy munosabatga bo'lgan talabning pasayishi, nutq faoliyatini programmalashtirishning qo'pol buzilishi, nutqiy harakatlarning ichki programmasi, nutqiy programmaning qo'llanishi, nutq ustidan nazorat, oldindan o'ylangan natijani taqqoslash operatsiyalarini buzilishi kabilardir.
Aqli zaif bolalarda nutqiy bayon qilish turli darajada buziladi (mazmunan, til jihatidan, sensomotor darajada). Eng rivojlanmaganlari murakkab darajalar (mazmun, tilga oid) hisoblanadi. Ular yuqori darajada shakllangan tahlil harakatlari, sintez, umumlashmalikni talab etadi. Bunday bolalarda nutqning sensomotor darajasi turlicha kechadi. Yuqori sinflarga borib ko'pchilik o'quvchilarda nutqning fonetik nuqsonlari, motor darajalarining buzilishlarining yo'qolishi ro'y beradi. Shu bilan bir vaqtda bu bolalarda til va semantik darajalarning rivojlanishi me'yorga (normaga) yetmay qoladi.
Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi turli ko'rinishlarda bo'ladi va ularni tahlil etishda differensial yondoshishni talab etiladi. Simptomatika (kasallik belgilarining yig'indisi) va nutq buzilishining mexanizmi faqatgina miya sistemasining umumiy rivojlanmay qolishidagina emas, balki, nutqqa bevosita alcqador bo'lgan sistemaning lokal patologiyasi tomonidan belgilanadi. Bu esa aqli zaif bolalarda nutq buzilishlari ko'rinishini yanada murakkablashtiradi. Shu sababli oligofreniyaning ikki guruhi ajratib ko'rsatiladi (G.Ye. Suxaryova, R.I. Belova-David): l)nutq rivojlanmagan oligofreniya; 2)nutq kamchiliklari bilan murakkablashgan, atipik oligofreniya.
Normal bolalardagi singari, aqli zaif bolalarda ham nutq buzilishining barcha shakllari uchraydi (dislaliya, rinolaliya, dizartriya, alaliya, disleksiya, disgrafiya, duduqlanish, afaziya va boshqalar). Nutq buzilishi tizimining strukturasida semantik nuqson (defekt) asosiy o'rinni egallaydi.
Aqli zaif bolalarda nutq buzilishi o'zining uzoq vaqt saqlanishi bilan xarakterlanadi va yordamchi maktablarning yuqori sinflargacha bo'lgan davr oralig'ida saqlanib, qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.
1.1.2.Aqli zaif o'quvchilar nutqining fonetik tomondan buzilishi
Yordamchi maktablarda tovush talaffuz qilishdagi nuqsonlar o'rta maktablarga qaraganda ko'proq uchraydi.
Ular asosida bir emas, balki qator sabablar borki, bular: idrok qilish faoliyatining rivojlanmay qolishi, nutq – eshitish differensiatsiyasining shakllanmasligi, nutqiy motorikaning buzilishi, artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlardir.
Me'yorida rivojlangan bolalar singari, aqli zaif bolalarda ham talaffuz qilish murakkab bo'lgan tovushlarda buzilishlar ko'proq uchraydi (L va R kabi titroq va portlovchi-sirg'aluvchi tovushlar). Boshqa tovushlarga nisbatan R tovushining buzilgan shakllari ko'proq uchraydi (M.A.AIeksandrovskaya ma'lumotiga ko'ra).
Bu hol, V.I.Beltyukovning fikriga ko'ra, sirg'aluvchi tovushlarning akustik jihatdan bir-biriga yaqinligi bilan izohlanadi. Aqli zaif bolalarda og'zaki nutqni qabul qilishdagi buzilish va nutq eshitish, analiz va sintezining to'la rivojlanmasligi sirg'aluvchi tovushlarni talaffuz qilishdagi buzilishlar miqdorini belgilaydi.
Aqli zaif o'quvchilarda nutq tovushlarini buzib talaffuz qilish bilan bu qatorda tovushlarni almashtirib qo'llash sezilarli darajada uchraydi. Tovush talaffuz qilishning monomorf buzilishida tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish tovushlarni almashtirishga qaraganda sezilarli darajada, taxminan 2,5 martaga ziyodroq bo'ladi. Polimorf buzilishda esa tovushlarni allmashtirish va tovushlarni buzib talaffuz qilish nisbatan bir xil miqdorda uchraydi.
Aqli zaif bolalarda tovush talaffuzidagi buzilishlarning navbatdagi o`ziga xosligi, mustaqil nutqdagi o'xshash bo'lgan, aniq, ravshan artikulator qurilmalarning foydalanishida namoyon bo'ladi.
D.Orlovaning ma'lumotlariga ko'ra, yordamchi maktablarning 1-sinfida tovushlarni mustaqil nutqda talaffuz qila olmaslik va undan to'g'ri foydalana bilmaslik ko'proq tarqalgan. Birinchi o'quv yili davomida tovushlarni almashtirilishning yoyilishi (tarqalish) 3 martagacha kamayadi. (I sinfda 34, 5%, 2 sinfda 8,7%). Bu esa shundan guvohlik beradiki, bolalarda tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun (tovushlarning artikulator qurilmalarini to'g'ri shakllantirish uchun) bir o'quv yilining o'zi ham kifoya qilar ekan.
2- sinf o'quvchilarining mustaqil nutqida tovushlarni noto'g'ri qo'llash va ularni boshqa tovushlar bilan aralashtirish ortadi. Mustaqil nutqda tovushlarni to'g'ri qo'llash aqli zaif bolalarda murakkab tarzda namoyon bo'ladi. Ularni bartaraf etish sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni talaffuz qila olish malakasi o'rtasidagi tafovutlar va shu tovushlarni nutqqa qo'llash ularga xosdir.
Quyi sinflarning aqli zaif o'quvchilarida tovush talaffuz qilishning keskin o'zgarishlari seziladi. Yordamchi sinflarning 1—2-sinflarida tovushlaming bir necha guruhidagi o'zgarishlar birgina guruhdagi tovush o'zgarishlariga qaraganda 2 marta ko'proq kuzatiladi.
Ikkinchi va uchinchi guruhga oid tovush buzilishlari (sirg'aluvchi, shovqinli, r va l) yuqori darajada bo'ladi. To'rtinchi va beshinchi guruh tovush buzilishlari nisbatan kamroq uchraydi. 3-sinfdan boshlab bir yoki ikkita guruh tovushlar buzilishi ko'proq yoyilgan bo'ladi. Yuqori sinflarning ko`pchilik o'quvchilarida tovush hosil qilishdagi nuqsonlar faqat bir guruh tovushlardagina kuzatiladi.
Tovushlarni ko'plab almashtirib qo'llash nafaqat nozik motorik differensiatsiya qiyinchiliklaridan kelib chiqadi, balki, tovushlarni eshitish differensiatsiyasining buzilishi, tovushlarni to'g'ri tanlash operatsiyasining shakllanmaganligi bilan belgilanadi.
Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz qilishlarining yana bir o'ziga xos tomoni bu buzilishlar variativ, ya'ni turli ko'rinishda bo'ladi. Birgina o`sha tovushni bola ba'zi vaqtda to'g'ri talaffuz qiladi, ba'zida talaffuz qilmaydi, yoki buzib talaffuz qiladi. Bu so'z hosil qilgan tovush-bo'g'in tuzilishidan kelib chiqadi va tovushning so'zdagi o'rni bilan belgilanadi. Sodda so'zlar boshida bola tovushni to'g'ri talaffuz qila oladi, aksincha, murakkab so'zlarda ketma-ket kelgan undoshlarda tovush tushirib qoldirishi mumkin.
Tovush talaffuzining buzilishi, ayniqsa, tovushlarni almashtirish, normal bolalardan ko'ra ko'proq aqli zaif bolalar yozuvida aks etadi. Bu ko'rinish avvalo, tovush almashtirish holatlariga taalluqlidir.
Aqli zaif bolalarda tovushlar talaffuzining buzilishi shartli ravishda polimorf hisoblanadi. Masalan, bir bolaning o'zida ham, nutq motorikasining rivojlanmay qolishi, ham eshitish differensiatsiyasi va artikulatsion apparatning tuzilishidagi buzilishlar ro'y beradi.
Tovushlar talaffuzining aqli zaif bolalarda buzilishi simptomatikaning chidamliligi bilan xarakterlanadi.
So'zlarda tovush-bo'g'in strukturasining buzilishi aqli zaif bolalarda ko'p uchramasada, yordamchi maktablarning 1-2-sinflarida uchraydi va o'ziga xoslik bilan xarakterlanadi.
Tovush-bo'g'in strukturasining buzilishi, bo'g'inlar strukturasining ketma-ketligida ham, alohida bo'g'inda ham ro'y berishi mumkin.
Biror-bir bo'g'in strukturasining buzilishi undoshlarning yonma-yon kelishi bilan xarakterlanadi. Yonma-yon undoshlar ishtirok etgan bo'g'inga nisbatan bo'g'inlari ko'p bo'lgan sodda so'zlar ko'proq o'zgarishga uchramaydi. Undosh tovushlarni tushirib qoldirish, ular ketma-ket kelgan so'zlarda, so'z boshida, o'rtasida yoki oxirida bo'lishidan qat'i nazar ko'proq tarqalgan.
Aqli zaif bo'lgan bolalar ko'proq ketma-ket kelgan undoshlarni fonetik jihatdan o'xshash bo'lgan undosh bilan almashtirib yuboradilar. Odatda, so'zdagi undoshlar ketma-ket kelganda, birinchi turgan tovushni almashtirish ro'y beradi, ayniqsa, bu so'z artikulatsiyasiga ko'ra murakkab so'z bo'lsa, (tramvay-tlamvay, artist-atist, kostyum-koxtyum).
Tovush almashtirish ko'proq akustik yoki artikulator-akustik o'xshashliklarning belgilariga kora namoyon bo'ladi {sh-x, t-s, k-p, k-t, r-l). Tovush almashtirishning ozgina qismigina artikulator o'xshashliklar tufayli ro'y beradi. Ketma-ket kelgan undoshlarni noto'g'ri talaffuz qilishning sababi bo'lib, so'zdagi undoshlarni noaniq eshitib farqlay bilish hisoblanadi.
So'zlardagi bo'g'in strukturasining buzilishi hatto butun bir bo'g'in tushirib qoldirishda ham namoyon bo'ladi (televizor - tvizor, qo'lbola-bala). Bo'g'in tushirib qoldirish asosan so'z boshida va o'rtasida yuz beradi (kitob-tob, qo'zichoq-zichoq, mashina-shina, ayiqcha-iqcha).
Bo'g'in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so'zlardan boshlab, ko'proq yonma-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga tanish bo'lgan va tez-tez foydalanib turiladigan ko'p bo'g'inli so'zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo'lmagan so'zlarga nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi.
Aqli zaif bolalarning nutqi ko'p hollarda ma'nosiz, tushunarsiz va emotsional bo'yoqsiz bo'ladi. Ba'zilarida nutq sekinlashgan, ba'zilarida esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining ovozi past, ba'zilarining ovozi chinqiroq bo'ladi.
Ayniqsa, Daun kasalligi bilan og'rigan bolalarda nutqning buzilishi yaqqol namoyon bo'ladi. Nutq tezligi past bo'lishi, o'ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfopiya - ovoz o'zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va bo'g'iq; nafas olish, ovoz, artikulator apparatining koordinatsiyasi buzilgan bo'ladi.
1.1.3.Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi
Aqli zaif bolalar so'z boyligining o'ziga xos tomonlari ko'plab mualliflar diqqat-e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar passiv va aktiv lug'atlarning shakllanishida o'z izini qoldiradi, deb e'tirof etganlar.
Aqli zaif bolalarda lug'at boyligining kambag'alligi, so'zlardan noto'g'ri foydalanish, passiv lug'atning aktiv lug'atdan ustun bo'lishi va so'zlarni mazmunga qarab ishlatishdagi qiyinchiliklar sezilib turadi. Bu bolalarda so'z boyligi kambag'alligining muhim sabablari bo'lib, ularning aqliy rivojlanishining pastligi, atrofdagi olam haqida bilim va tasavvurlarining cheklanganligi, verbal xotiraning zaifligi, ijtimoiy va nutqiy munosabatga bo'lgan talabning pastligi, qiziqishlarning shakllanmaganligi hisoblanadi.
V.G. Petrovning ma'lumotlariga ko'ra, 1-sinfning aqli zaif o'quvchilari ularni o'rab turgan ko'pgina predmetlarning (soat, piyola), ayniqsa, predmetlarning alohida bo'laklarining nomini bilmaydilar (muqova, sahifa).
Bolalar lug'atida aniq ma'noli otlar ustunlik qiladi, umumlashma xarakterdagi so'zlar ishtirok etmaydi (mebel, idish, poyafzal, kiyim).
Aqli zaif bolalarning faol lug'atida hayvonlar harakatini anglatuvchi ko'plab fe'llar ishtirok etmaydi (sakraydi, emaklaydi, uchadi). 1—2-sinf o'quvchilari "qurbaqa kelyapti" "ilon kelyapti", "qushcha kelyapti", kelyapti deb gapiradilar.
Aqli zaif bolalar soni jihatdan ko'p bo'lmagan predmet belgisini bildirgan so'zlardan: rang (qizil, ko'k, yashil), maza-ta'm (shirin, achchiq) foydalanadilar. Belgi jihatdan qarama-qarshi ma'noli bo'lgan so'zlardan esa juda kam foydalanadilar (uzun-qisqa).
N.V.Tarasenkoning ma'lumotlariga ko'ra quyi sinflarning aqli zaif o'quvchilari insonlarning ichki fazilatlariga oid sifatlarni ham iste'mol qiladilar.
Quyi sinf aqli zaif o'quvchilarining lug'atida ravish so'z turkumiga oid so'zlar juda ham cheklangan.
So'z va iboralarni noto'g'ri qo'llash tez-tez uchraydi. Semantik o'xshashligiga ko'ra so'zlarni almashtirish ustunlik qiladi. Tarqoq, ma'nosi kengaygan so'zlarni almashtirish hodisasi xarakterlidir (sakrayapti, o'rmalayapti, kelyapti). Bir turdagi, ko'rinishdagi so'zlarni almashtirish kuzatiladi. Masalan, botinka so'zi bilan bolalar (etik, tufli, kalish so'zlarini qo'llaydi); ko'ylak so'zi bilan kofta, kurtka so'zlari qo'llanadi. Aqli zaif bolalarda so'zlarni qo'llashdagi noaniqliklarning sabablari bo'lib differensiatsiyaning predmetlarni ajratishdagi qiyinchiliklar hisoblanadi. Aqli zaif o'quvchilarning differensial tormoz jarayoni zaifligi oqibatida predmetlar orasidagi farqlarga qaraganda, ularning o'xshashliklarini osonroq qabul qiladilar, shuning uchun ular o'xshash predmetlarning umumiy va aniq belgilarini o'zlashtiradilar. Shunday umumiy va aniq belgilar bo'lib, predmetlar bajaradigan vazifa bo'lishi mumkin (qoshiq, sanchqi). Predmetlar orasidagi farq o'zlashtirilmaydi, ularni aniq belgilash esa chegaralanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |