Bitiruv malakaviy ish mavzu: Rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning o`ziga xos xususiyatlari



Download 265 Kb.
bet7/7
Sana10.09.2017
Hajmi265 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

Shunday qilib, yordamchi maktabda logopedik ishlar ko'plab o'ziga xosliklarbilan xarakterlanadi, bular oliy nerv faoliyati, aqli zaif bolalarning psixologik o'ziga xos tomonlari, shuningdek, bu bolalarda nuqsonlar strukturasi, mexanizmlari, simptomatikalaridan kelib chiqadi.

2.2. Ko'zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishning o'ziga xos xususiyatlari

Ko'r va zaif ko'ruvchi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish tabiiy pedagogik jarayonda kechadi. Bu yetakchi didaktik va maxsus tamoyillarni inobatga olgan holda tashkil qilinadi.

Maxsus tamoyillarga korreksion ta'lim, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni inobatga olish, mavjud analizatorlarga tayanish va polisensor asosni shakllantirish (hosil qilish), atrofimizdagi olam haqida keng qamrovli tushunchalarni shakllantirish, nutqning shakllanganligi darajasini hisobga olish, nutq faoliyatining saqlanib qolgan komponentlariga tayanish, verbal materialning yangiligi, hajmi murakkablasha borishini hisobga olish kiradi.

Korreksion ta'lim jarayonida kompleksli keng qamrovli ta'sir ko'rsatiladi. Bu ta'sir logoped, o'qituvchi (maktabda), tiflopedagog (bog'chada) va tarbiyachilar tomonidan turli mashg'ulotlar davomida amalga oshiriladi. Korreksion ishda logopedik ta'sirga juda katta ahamiyat beriladi. Bu ta'sir maxsus tashkil qilingan mashg'ulotlarda olib boriladi. Mashg'ulotlar bolalarning ko'rish qobiliyatini, nutqi, qabul qilish usullari va individual xususiyatlarini inobatga oligan holda olib boriladi. Shuning qarab logopedik guruhlar tashkil qilinadi. Ko'r bolalar bilan ishlashdagi qiyinchiliklarni o'ziga xosligini inobatga olib mashg'ulotlar uzoq vaqt davomida individual ravishda olib boriladi. Murakkab nutq kamchiligi bilan birgalikda nonutqiy funksiyalari shakllanmagan, ya'ni to'rtinchi nutqiy darajaga ega bo'lgan bolalar bilan ham ko'proq individual mashg'ulotlar olib boriladi.

Tarbiyachi va tiflopedagoglar (maktab o'qituvchilari) logoped bilan birgalikda nutq kamchiliklarini bartaraf etish vazifalarini aniqlaydilar. Nutq madaniyatini rivojlantirishdagi korreksion-logopedik vazifalar o'yin, o'quv va mehnat faoliyati, hamda amaliy va musiqa mashg'ulotlarida amalga oshiriladi.

Zaif ko'ruvchi bolalar bilan logopedik mashg'ulotlarni tashkil etishda asosiy e'tibor saqlanib qolgan ko'rish faoliyatidan foydalanish imkoniyatiga qaratiladi (zarur bo'lgan hajmdagi, rangdagi didaktik material), relefli rasmlar, "ajoyib xaltachalar", kubik va qalamchalar (tovush, bo'g'in va gaplarni belgilash uchun) ishlatiladi.

Predmetlar dunyosining keng qamrovligi haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda tabiiy ko'rgazmali qurollar ahamiyati juda kattadir.

Mashg'ulotlar o'yin orqali olib borilishi shart, sababi ko'rishdagi chuqur nuqsoni mavjud bo'lgan bolalarda o'yin faoliyati juda kech shakllanadi.

Birinchi darajali nutq rivojlanganligi aniqlangan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishni rejalashtirayotganda bu bolalarning yaxshi nutqiy bazasi inobatga olinib, asosiy diqqat nutqning fonetik tomonini rivojlantirishga qaratiladi, eshitish diqqatini rivojlantiruvchi o'yin va mashqlar beriladi. Ko'zi ojiz bolarning taqlid qilishi qiyinlashgani sababli ularga tovushlar mexanik usullar bilan qo'yiladi.

Ikkinchi darajali nutq rivojlanganligi aniqlangan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ta'sirni rejalashtirayotganda birlamchi guruh bolalari bilan olib boriladigan ishning barcha bo'limlari saqlab qolinadi va inobatga olinadi. Lekin bu yerda asosiy diqqat so'z boyligini oshirish, fonematik tahlil va sintezni rivojlantirishga qaratiladi.

Uchinchi va to'rtinchi darajali bolalar bilan ish olib borishda logopedlar (tiflopedagog va tarbiyachilar bilan kelishilgan holda) ta'lim va o'yin, amaliy faoliyatini korreksiyalashga qaratilgan elementlarni kiritadi. Bunda motor malakalari, chamalash va ko'rib-yasash malakalari mavjud bo'lishi kerak. Bu ish nutq malakasini rivojlantirish va unga mos tushunchalarni shakllantirishni uzviy bog'laydi. Buning asosida bolalarda atrofimizdagi olam haqidagi chuqur tushunchalar va bilimlarni shakllantirish yotadi. Bu guruhdagi ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda asosiy diqqat ularda lug'at boyligini oshirish, so'zni predmet obrazi bilan to'g'ri solishtirish, umumlashtiruvchi tushunchalarni, grammatik tuzum va mustaqil nutqni rivojlantirishga qaratiladi.

Bu ishning asosida nutq stereotiplarini shakllantirish va boyitish yotadi. Lug'at boyligini boyitib borish, grammatik tuzumni amaliy qo'llash rasmlar bo'yicha gaplar tuzish jarayoniga imkon yaratadi (ko'rlar uchun relyefli rasmlar). Logopedik mashg'ulotlarda bolalarning nutq faoliyatidagi zaif bug'inlar ustida ish olib boriladi. Logopediya, tarbiyachi, tiflopedagog (o'qituvchi) hamkorligi maktab ta'limi uchun zarur bo'lgan nutq bazasini yaratadi. Shakllangan nutq asosida logoped talaffuz avtomatizatsiyasi malakalarini tarbiyajashga va fonematik tahlil va sintezni o'rgatishga o'tishi mumkin (3 va 4-darajali bolalar bilan).

Tarbiyachi va tiflopedagog tomonidan shakllantirilayotgan nutq va predmetlar bazasi logoped mashg'ulotlarida keng qo'llaniladi va takomillashadi. Shuningdek, tarbiyachi va tiflopedagoglar mashg'ulotlarida logoped ishi davom ettiriladi. Ularning ishi uzviy bog'lanish asosida rejalashtiriladi (to'g'ri talaffuz malakalarini mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar va nutqiy material, lug'at boyligi va bog'langan nutq malakalarini mustahkamlash uchun material).

Umuman olganda, pedagogik jarayon logopedizatsiyasi haqida gapirsak ham bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda o'qituvchi, tarbiyachiining savodga o'rgatish va nutqni rivojlantirishdagi ishning uzviy bog'lanishida amalga oshiriladi. O'qituvchi logopedik mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan nutq-malakalarini o'z ishida mustahkamlab boradi. Bunday ish (kompleksli, korreksion va uslubiy) logopeddan nafaqat yuqori malakani, balki ko'rishda chuqur nuqsoni bor bolalar, ularning xususiyatlari va faoliyatini tashkil qilish maxsus maktab dasturini ham bilishni talqb qiladi

Logopedik mashg'ulotlarida ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarda nutq kamchiliklarida rinolaliya, duduqlanish, tovush kamchiliklari bartaraf etiladi. Ish umumiy uslublarini inobatga olingan holda saqlanib qolgan ko'rish qobiliyatiga yoki maxsus usullarga (ko'r bolalarda) tayangan holda olib boriladi.

ХULOSA

Keyingi yillarda maxsus ta’lim yo’nalishida tub islohotlar olib borilmoqda. Buni jamiyatimiz tomonidan nogiron, aqlan, jismonan zaif, ko’zi ojiz, kar-saqov bolalarga nisbatan berilayotgan moddiy-ma’naviy imkoniyatlarda ko’rish mumkin.

Tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni ijtimoiy muhofazalash O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida asoslab berildi. Qonunning V bo’limi «Tarbiya va ta’limning alohida shart-sharoitiga muhtoj bolalar hamda o’smirlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish» deb nomlanib, unda jismoniy yoki ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun maxsus ta’lim muassasalari barpo etilishi ta’kidlanadi.

Yuqorida rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nuqsonlarini har tomonlama bartaraf etish ishlari nutq tarbiyasidan boshlanishi bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilab bergan edi.

Rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ish muammosi nazariy-metodologik asosga ega; ularni nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning psixologik, pedagogik asoslari aniqlanildi; ularga logopedik ta`sir ko`rsatishning samarali yo’llari, qulay shart-sharoitlari yaratildi; maxsus muassasalar defektolog o’qituvchilari uchun ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi oshdi.

Maxsus ta`lim muassasalar tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy moslashishga yordam bеruvchi muhim shartlardan biri-ularda muomala, munosabatni bilishni; o’z fikrini bir-biri bog`lab ravon va mantiqan ifodalashini; savollar, iltimoslar, yordam bеrishni taklif qilishni; javoblarni diqqat bilan eshitishni; javoblarga tashakkur aytishni; nutqiy axloq-odob qoidalaridan foydalanish; suhbatlanishida navbatlashish tartibini saqlashni shakllantirishdan iborat.



Xulosa qilib aytganda, rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalarni tarbiyalashda uning nutqiy tarbiyasi, ulardagi mavjud nutq nuqsonlarni bartaraf etish korreksion ta`limning asosiy diqqat markazida bo`lish bilan birga, boshqa korreksion yo`nalishdagi ishlarning barchasi bilan aloqadorlikda olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

FoYdalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.

  2. I.A.Karimov Vatanimizning bosqichma-bosqch va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oily maqsadimiz. – T.: “O’zbekiston”, 2008

  3. I.A.Karimov. Eng asosiy me’zon – hayot haqiqatn aks ettirish.- T.: “O’zbekiston”, 2009

  4. Karimov I.A. “Barkamol avlod yili” Davlat Dasturi to’g`risida. Toshkent, 27.01.2010

  5. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”, deb nomlangan Vazirlar Makamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan majlisidagi ma`ruzasi. Ma`rifat gazetasi, 2010 yil 30 yanvar.

  6. I.A.Karimov “O’zbеkistonning siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, Toshkеnt “O’zbеkiston” 51-57 bеtlar

  7. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent.: O’zbekiston, 2011 y

  8. Ayupova M.YU.,.Pulatova X.M Logopedik ritmika(o’quv qo’llanma) Toshkent – 2007

  9. Ayupova M.Y. Logopediya. «O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati» T.: 2007.

  10. Беккер К.П., Совак М. Логопедия. М. 2001.

  11. Выготский Л.С. Мышление и речь. М. 2002. Т.2.

  12. Филичева Т.Б., Н.А.Чевелева, Т.В.Чиркина «Основы логопедии». М. 1989.

  13. Eshitishida muammolari bo`lgan bolalar maxsus pedagogikasi, (Ma’ruzalar matni) Tuzuvchi D.Nazarova. T.;2012

  14. Sagatov.A.I., Pulatova.P.M., Mamedov.K.X. Oligofrenopedagogika asoslari. T.: O’qituvchi, 1999 y.

  15. Po’latova P. M. Maxsus pedagogigka – T.: 2005.

  16. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: «G’afur G’ulom», 2004 y.

  17. Logopsixologiya.(o`quv qo`llanma) T.:2007 y

  18. Логопедия (Л.Р.Муминова, М.Аюпова). Т. 1993 й

  19. Л.Р.Муминова, М.Кахрамонова. Логопедия терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. Т. «Ўқитувчи». 1988 йил

  20. Логопедическая ритмика. Учебно-методическое пособие для логопедов. Ташкент, 2006 г.

  21. Чистякова. Психогимнастика. Москва 1990 г.

  22. Кольцова М., Рузина М. Ребёнок учится говорить. Пальчиковый игротренинг. С. Петербург. 1998

  23. Lapshin V.A., Puzanov B.P. Osnovi defektologii. M.: «Prosveshenie», 1990 g.

  24. Po’latova P. Mutaxassislikka kirish (Oligofrenopedagogika). T.: «G’afur G’ulom», 2007

  25. Рочкова Н. Логопедическая ритмика. Методические рекомендации. Москва 2000 г.

  26. Inklyuziv ta’lim. Ture Yonsson, T.,2005

  27. M.P.Xamidova, M.Y.Ayupova. Maktabgacha maxsus metodikasi. Toshkent.; 2009

  28. www.tdpu.uz

  29. www. pedagog. uz

  30. www. Ziyonet. uz

  31. www.edu.uz

  32. tdpu-lNTRANET.Ped

1Рау Ф.Ф., Нейман Л.В., Бельтюков И.И. Использование и развитие слухового восприятия у глухонемых и тугоухих учащихся. -М., 1961, -с.46.



2 1.S.Ya. Rubishiteyin Psixologiya umstvenno otstalogo shkolnika. — M. 1970-S106.


3Рау Ф.Ф., Нейман Л.В., Бельтюков И.И. Использование и развитие слухового восприятия у глухонемых и тугоухих учащихся. -М., 1961, -с.46.




Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Referat topshirdi: Tuvalov T. Qabul qildi: Boltayev M. Samarqand 2013
47828 -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs
47828 -> Navoiy davlat pedagogika instituti
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
47828 -> Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети тарих факультети алиева Мохира Солиевнанинг
47828 -> Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat