O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

6.5.Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish 
 
Ishlab chiqarishning texnik bazasi qanchalik takomillashgan bo’lishiga, 
korxonalar eng yangi vositalar bilan qurollanganligiga qaramasdan, agar mutaxassis 
kadrlardan foydalanish masalasi to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, ishlab chiqarish 
jarayoni normal ketmaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda inson 
omilining ahamiyati doimiy ravishda jamiyat ega bo’lgan har bir mehnat salohiyati 
ahamiyatining oshib borishi bilan bog’liq. Shuning uchun korxonalarda kadrlarni 
to’g’ri joylashtirishni tahlil qilish vazifalariga alohida e’tibor beriladi. 
Ushbu ish jarayonida asosiy e’tibor ularni oqilona taqsimlash, son va sifat 
jihatidan 
foydalanish 
masalalariga 
qaratiladi. 
Son 
jihatidan 
qaralganda 
ishlovchilarning umuman korxona bo’yicha yoki bo’limlar bo’yicha yetarliligi ishlab 
chiqarish vazifalarining hajmlari va mehnat jamoasining imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi. Sifat jihatidan esa – bajarilayotgan ishlarning 
murakkabligiga ishlovchilar kasb malakasining mos kelishi darajasiga qarab 
aniqlanadi. 
Bunday tahlildan maqsad – kadrlarni oqilona joylashtirish yo’li bilan ishlab 
chiqarishning mehnat salohiyatidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topishdir. 
Tahlil obyekti bo’lib qo’llanilayotgan mehnat taqsimoti va kooperastiyasi 
hisoblanadi va uning mehnat salohiyatidan foydalanishni hamda hisobot yilida 
bo’lgan undagi son va sifat o’zgarishlarini baholashdan boshlanadi. Buning uchun 
mavjud bo’lgan mehnat jamoasining salohiyati aniqlanadi va u hisob salohiyati 
(ma’lum ish hajmini bajarish uchun zarur) bilan solishtiriladi. 


131 
Ko’rsatilgan uslubiy yondashuv shunga bog’liqki, har qanday ishlab chiqarish 
jamoasining mehnat salohiyati o’lchovi aniqlanganda ishlovchilar sonidan emas, 
balki ularning salohiyat imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. 
Korxonalardagi hajmiy va boshqa ko’rsatkichlarni rejalash yillik hisobda kvartal 
va oylarga bo’lish bilan qilinganligi tufayli, mehnat salohiyatini quyidagi formulada 
hisoblanadigan to’liq yillik ishchilar soni S
t.r
-yagona ko’rsatkichida hisoblash 
maqsadga muvofiq. 
S
t.r 
= J
s
: T
o’r
(6.22.) 
Bu yerda: 
J
s
 – ish vaqti jamg’armasi salohiyati; 
T
o’r
 – bir ishlovchining o’rtacha bir yillik ish vaqti jamg’armasi, soat. 
Shunday qilib aniqlangan jamoa mehnat salohiyati zarur o’lchov bilan 
solishtirilib, kadrlardan foydalanish va joylashtirishdagi kamchiliklar hisobiga 
mavjud zahiralar topiladi. Mehnat salohiyati hisob-kitoblari umuman sex bo’yicha 
yoki ishlovchilarning alohida funkstional guruhlari bo’yicha o’tkazilishi kerak. 
Hisob-kitoblarni bunday detallashtirish alohida olingan kategoriyalardagi ishlovchilar 
sonining mavjud normativlar talablariga mos kelishini tahlil qilish imkonini beradi. 
Bu holda ishlovchilarni oqilona joylashtirish va ulardan foydalanishning umumiy 
mezoni 
bo’lib kadrlar tuzilmasidagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ayniqsa 
ishlovchilarning har bir kategoriyasi ulushining normativlarga mos kelishini tahlil 
qilish muhimdir. Lekin har doim ham turli ishlovchilar guruhlarining normativlarga 
mos kelishiga jiddiy amal qilinmaydi. Masalan, boshqaruv xodimlari ulushining 
oshib ketishi tashkiliy xarakterdagi negativ jarayonlarni ko’rsatadi. Bunday oshib 
ketish oxir oqibatda foyda o’lchamiga ta’sir qiladi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish