121
-
Sof (ma’lum davrga):
Davr (oy, kvartal, yil) mobaynida korxonani rejalashtirilayotgan quvvatida
ishlashi uchun zarur bo’lganda to’ldirilgan ish o’rinlari soni.
-
Yalpi (ma’lum davrga):
Davr mobaynida korxonani rejalashtirilayotgan
quvvatda ishlashi kerak
bo’lgandagi ishchilar soni (shtatdagi va shtatdan tashqari).
Rejalashtirish maqsadi:
1.
Korxonaning ishlab chiqarish jarayonini zarur son va sifatni hisobga olgan
holda personal bilan ta’minlash.
2.
Ham qisqa (personalni jamlash), ham uzoq muddatda (personalni
rivojlantirish) ishchi kuchi bilan ishlashni samarali tashkil etish.
3.
Personal boshqaruvi xizmati ishini tashkil qilish.
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish turlari:
1.Loyihaviy. Ishchi kuchiga bo’lgan normativ ehtiyojni (korxonani barpo
etishda) yoki tashkiliy o’zgarishlar (qisqarish,
kengayish, yangi texnika joriy etilishi
va x.z.) yuz berganda uning o’zgarishini aniqlash.
2.Joriy. Korxonaning ishlash quvvatini o’zgarishi va shunga o’xshash boshqa
omillar ta’siri hisobiga ishchi kuchining haqiqatdagi malakaviy
darajasini normativ
ehtiyojdan chetlashish sifatida ma’lum davrga personalga bo’lgan sof ehtiyojni
aniqlash.
Intizom, kasallik, qo’nimsizlik kabi omillarning ta’siri
hisobiga sof ehtiyojdan
chetlashish sifatida ma’lum davrda personalga bo’lgan yalpi ehtiyojni aniqlash.
3.Istiqbolli. Ishchi kuchining kamyob yoki eng muhim kategoriyalariga bo’lgan
istiqboldagi yalpi ehtiyojni va ichki manbalar hisobiga uni qondirish imkoniyatlarini
aniqlash.
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish usullari ehtiyojni baholash
shakllari, perosnal bilan ta’minlashning tashkiliy-moliyaviy rejasi va personal sonini
operativ hisob kitobi bilan shartlangan bo’ladi.
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni baholash turlari:
1.Son bo’yicha.
122
- tashkiliy tuzilmani –
boshqaruv darajalarini,
texnika talablarini, marketing
rejalarini, moddiy texnika ta’minoti rejasini tahlili (nechta?);
- to’ldirilgan bo’sh ish o’rinlari sonini tahlili.
2. Sifat bo’yicha.
- tashkiliy tuzilmani – boshqaruv darajalarini, texnika talablarini, marketing
rejalarini, moddiy texnika ta’minoti rejasini tahlili (kimni?).
3. Vaqt bo’yicha.
- korxonani ishga tushurilishi rejasini, ya’ni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni
tahlili (qachon?);
- texnologiyalardagi va x.z. o’zgarishlar istiqbolini
hisobga olib ishchi kuchi
soni va sifatidagi o’zgarishlarni prognozlash (kelajakda qancha kerak bo’ladi?).
Ishchi kuchi bilan ta’minlashning tashkiliy-moliyaviy rejasini ishlab chiqish o’z
ichiga quyidagilarni oladi:
-
ishchi kuchini jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
-
baholash usullarini ishlab chiqish;
-
jalb qilish va baholashga ketadigan moliyaviy xarajatlarni baholash;
-
nomzodlarni baholash;
-
personalni tayyorlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
-
tayyorlashga ketadigan xarajatlarni baholash.
Ishchi kuchi sonining operativ hisob-kitobi. Ishlovchilarning zarur sonini va
ularning kasbiy, malakaviy takibini aniqlash uchun umumiy ma’lumotlar sifatida
quyidagilardan foydalaniladi:
-
Ishlab chiqarish dasturi;
-
Ishlab chiqarish normalari;
-
Rejalashtirilayotgan mehnat unumdorligining o‘sishi;
-
Boshqariladigan ishlar tuzilishi.
Korxonaning ishchi kadrlarga bo’lgan umumiy ehtiyoji
quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: