DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) 2-DARS
Dars sanasi: _______ Sinf: _________
Fan nomi: Texnologiya
Mavzu: Buyumlar yasashni o’rganamiz
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchiga yasashda ishlatiladigan jihozlar. Qaychi bilan ishlashda rioya etiladigan xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya-gigiyena talablarini o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchini mehnat darsiga mehrli, mehnatsevarlik fazilatini tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi: O’quvchining fikrlash qobiliyatlarini o’stirish. Mehnat darsi qoidalariga rioya qilish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
texnologiya faniga oid atamalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay
oladi
Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:
mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi
Dars turi : Yangi bilim beruvchi va tushunchalarini shakllantiruvchi.
Dars metodlari : Suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgaz-malilik. .
Dars jihozlari : Mehnat darsligi, rangli qog’ozlar, mavzuga oid rasmlar,
Fanlararo bog’lanish: Atrofimizdagi olam, matematika va tasviriy san’at.
Darsning borishi
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
2
|
7
|
20
|
10
|
3
|
3
|
I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Yangi mavzu bayoni. Qani qanday mehnat qurollarini bilasiz? Ulardan qanday foydalanasiz?
O’quvchi javob beradilar. Oqituvchi bu javoblarni to’ldiradi.
Mehnat qurollarini birma- bir ko’rsatib undan foydalanishda tehnika havsizli giqoidalari haqida tushuncha berish.
Qaychidan foydalanishda quyidagi tehnika havsizli giqoidalariga rioya qilish kerak:
1.Qaychi har doim o’z g’ilofida turishi kerak
2.Uni biror kimga uzatmoqchi bo’lsangiz tig’ tomonini o’zingizgz qaratilgan,og’zi yopiq holda bo’lishi shart.
3.Uni ishlatib bo’lgach, og’zini yopib qo’ying.
4.Maktabga olib keladigan qaychingiz o’zingizga mos kichkina bo’lsin.
Ninadan foydalanishda quyidagi tehnika havsizligi qoidalariga rioya qilish kerak:
1.Nina har doim ipga o’tkazilgan holda bo’lishi kerak.
2.Ishlatib bo’lganingizdan keyin uni yostiqchaga sanchib qo’ying.
3.Uni biror kimga uzatmoqchi bo’lsangiz yostiqchsi bilan uzating.
Tehnika xavfsizligi qoidalarini tushintirishda ko`rgazmali qurollardan yoki o`qituvchi o`z namunasida ko`rsatib beradi.
IV.Mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun,klaster usulida mehnat ta`limi darslarida kerak bo`ladigan ish qurollarini doskaga yozamiz. Bunda oldindan tayyorlab qo`yilgan ko`rgazmadan foydalanamiz.
O’quvchiga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1.Qanday mehnat qurollarini bilasiz?
2.Ulardan foydalanishda qanday tehnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak?
3.Qaychidan foydalanishda tehnika xavfsizligi qoidalari qanday?
4.Ninadan foydalanishda tehnika xavfsizligi qoidalari qanday?
5.Yelimdan foydalanishda tehnika havfsizligi qoidalari qanday?
O`quvchining olgan baholari kundaliklariga va daftarlariga qo`yiladi.
V.Uyga vazifa.Qoidalarga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |