O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kafedrasi



Download 1,15 Mb.
bet1/23
Sana25.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#508961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Operatsion faoliyat va uning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlili


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«_________________» KAFEDRASI
«_____________________________________» fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Operatsion faoliyat va uning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlili


BAJARDI: _________
TEKSHIRDI: ____________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
«____» _______2022y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2022 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2022y.


Baho «_____» _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________





TOSHKENT-2022

Reja:
Kirish

  1. Raqobatdosh iqtisodiyotda xo’jalik yurituvch subektlarda operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobining nazariy va uslubiy asoslari

  2. GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan daromadlar hisobi va hisoboti

  3. Operatsion daromadlar hisobini xalqaro normalar asosida takomillashtirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


Kirish


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitda O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish chralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqorosi tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan xolda mamlakatimizning iqtisodiyotiga xissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng oily burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir”1 deb takidlagan edilar.
Bundan tashqari prezidentimiz SHavkat Mirziyoev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo’llab - quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa,





1 O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimovning 2012 yilgi mamlakatimizni ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasi. Xalq so’zi, 2013 yil 19 yanvar.
davlat ham boy va qudratli bo’ladi”2 deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko’rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar ko’rsatishini talab etadi.
Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun tadbirkorlik subektlarimizni yanada rivojlantirish va ularni dunyo bozorida o’z o’rinlarini topishi uchun, bundan tashqari mamlakatimizda import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, hamda eksport bob tovarlarni ko’paytirish bevosita xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy (operatsion) faoliyatidan olinadigan daromadlarini hisobini yuritish bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki har bir xo’jalik yurituvchi subekt foyda olarkan albatta o’z faoliyatini kengaytirishga, yanada ko’proq foyda olishga intiladi bu esa bevosita mamlakat iqtisodiyotini o’sishiga va import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni kmaytirishga olib kelishi bilan bir qatorda chetga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Bu esa chetdan valuta kirib kelish imkoniyatini yaratadi buning uchun mamlakatimizda imkoniyatlar yitarli darajada deb o’ylaymiz. Mamlakatimiz uchun tadbirkorlik yangi soxa emas bu soxa bilan qadimdan ajdodlarimiz shug’ullanib kelishgan, bunga misol sifatida birgina “Buyuk ipak yo’li”ning markazi mamlakatimiz hududidan o’tganligini misol qilishimiz yitarli deb o’ylaymiz. Bizning oldimizda turgan vazifa bu soxani yangi strategik maqsadlarini belgilashdir. Bu maqsadlarga erishish uchun oldimizda turgan qator to’siq va kamchiliklarni bartaraf etib mamlakatimizni jaxon bozoridagi iqtisodiy mavqiyini yanada yuksaltirish va mustahkamlashdan iboratdir. Bunda bizga xo’jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyati daromadlari hisobini yanada takomillashtirish yordam beradi.
Mamlakatimizning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida mamlakatda tadbrkorlik subektlarini ko’paytirish hamda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarini rivojlantirib jaxon talablariga mos keladigan tovarlar va





2 SH.Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi prezidenti lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqidan. Toshkent-“O’zbekiston”-2016 y.
xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Isloxatlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisobiga uzlusiz iqtisodiy barqarorlikka erishishdek ulkan dolzarb vazifa qo’yilgan. Bunda bizga “Buxgalteriya hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili” va “Amaliy audit” fanlarini yanada chuqurroq o’rganib chiqish, yanada kengroq tushunish imkonini beradi.
Xo’jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyatidan daromadlar hisobini o’rganish xo’jalik yurituvchi subektning foydasi, uning imkonyatlarini o’rganish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik foyda keltirishi hamda mamlakat iqtisodiyotida ushbu korxona yoxud firmaning o’rni qanday ekanligini bilish hamda kelajakda uning o’rnini mustaxkamlashga qaratilgan chora tadbirlar, daromadlar hisobini o’rganishning qanchalik dolzarbligini belgilaydi.


  1. Download 1,15 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish