O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kafedrasi



Download 1,15 Mb.
bet2/23
Sana25.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#508961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Operatsion faoliyat va uning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlili

Raqobatdosh iqtisodiyotda xo’jalik yurituvch subektlarda operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobining nazariy va uslubiy asoslari

Xo’jalik yurituvchi subektlarni operatsion faoliyatdan olingan daromadlarining shakillanishi haqida gapirishimizdan oldin avvalambor foyda nima, u qanday shakillanadi, qanday turlari mavjud, foydani ishlab topishning murakkablik jihatlarini hamda daromadning foydadan farqi haqida aytib o’tmoqchimiz.
Foyda bu korxona barcha topgan daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlari chiqarib tashlangan yani xarajatlar ayirib tashlangandan kiyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki daromadlari deb ataladi.
Foyda- tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning ushbu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan mablag’lardan ortgan qismidir. Korxonalar va tadbirkorlarning xo’jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lib pulda ifodalanadi va bundan tashqari bozor daromadi bo’lib, uning qonun qoidalariga asosan vujudga keldi, taqsimlanadi va ishlatildi.
Foyda – kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asil maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlaydi.
Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (X) ayirmasi sifatida qaraladi:
F=D-X (1)
Foyda quydagi omillarga bog’liq:

      1. Bozorbop tovarlar va xizmatlarni yaratish ishlab chqarish natijasida ularni

sotishdan kelgan pul tushumi ko’payadi hamda uning tarkibidagi foyda ham ortadi;

      1. Daromadlar - tushumlari miqdori(D);

  • Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har

birining narxi (R)ga bog’liq.
D=QP (2)

      1. Xarajatlar miqdori.

Bozorda narxlar o’zgarmay kelgan taqdirda xarajatlarning kamayishi foydani oshiradi, ularning ortishi esa foydani kamaytiradi. Xarajatlar denamikasi mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lib, mehnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani oshiradi.
Shu sababli foydani ko’p olish sharti- mehnat unumdorligini doimiy bir maromda oshirib boorish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortib, aksi yuz berganda bu hissa kamayadi. Bordiyu, tovarlarga talab yuqori bo’lsa, ularning bozor narxi oshadi, o’z o’zidan xarajatlardan qatiy nazar foyda ko’payadi. Narxning foydaga ta’siri shundan dalolat beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi va katta foyda olish mumkin emas.
Foydaning o’z o’lchami bor, bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (G’) nisbiy ko’rsatkich bo’lib, kapital qanday ishlatilib Foyda ko’rilganligini bildiradi va shu orqali Foyda (F) kapitalning (K)ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi.
Foyda ko’rilgan foyda normasi kapitalning naqadar yuqori samarali ishlatilganligini bildiradi. Foyda ko’rish tadbirkorlarning asosiy maqsadi bo’lib har doim foyda normasini oshirishga intilish saqlanib qoladi.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar foyda normasi yuqori boʻlsa, o’z kapital bilan ham koʻp foyda olish mumkin, bordiyu foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib foydani koʻpaytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyalar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi.
Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan foyda miqdori qisqarmaydi. Agar foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa foyda massasining ortishi yuz beradi.
Qanday usul bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va ustama foydaga boʻlinadi.
Oddiy foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar oladigan foydadir. Ustama foydani firmaning monopol mavqeyi, yaʼni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi.


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish