MIYACHA. Miyacha bosh miyaning katta bo‗laklaridan biri bo‗lib, og‗irligi 120–150 g gacha. Miyacha bosh miya ensa qismining ostida, kalla suyagining ichki yuzasidagi maxsus orqa chuqurida joylashgan. Miyachaning ostida ko‗prik bilan uzunchoq miya turadi. Miyacha ikki yarimshar o‗rtasida joylashgan chuvalchangni birlashtirib turadi. Odatda, ustki va pastki chuvalchanglar tafovut etiladi. Miyachaning yuzalari 2–3 mm qalinlikdagi kulrang modda (po‗stloq) bilan qoplangan bo‗lib, undagi yupqa pushtalarni chuqur egatlar (fissurae cerebelli) kitob varaqlari singari bir-biridan ajratib turadi.
Yupqa pushtalar yig‘‗ilib alohida bo‗lakchalarni hosil qiladi. Bu bo‗lakchalar esa chuvalchangdagi bo‗lakchalarga mos keladi, miyacha bo‗lakchalari ichida miyachaning o‗rta oyoqchalari yonida joylashgan parda hamda u bilan bog‗liq bo‗lgan chuvalchang qismi – nodulus tugunchani tafovut qilish lozim.
Miyacha bosh miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalar orqali tutashib turadi:
Ustki oyoqchalar miyacha tishli yadrosini to‗rt tepalik hamda orqa miya bilan birlashtirib turuvchi nerv tolalaridan iborat.
O‗rta oyoqchalar oyoqchalar ichida eng yo‗g‗oni bo‗lib, miyachani ko‗prikka birlashtiradigan nerv tolalaridan iborat.
Pastki oyoqchalar miyachadan uzunchoq miyaga boruvchi nerv tolalaridan tuzilgan. Ana shu oyoqchalar vositasida miyacha miyaning boshqa qismlari bilan birlashib turadi.
Miyacha o‗rtasidan oldindan orqaga tomon kesib ajratsak miyacha po‗stloq qavatining ostidagi oq modda archa daraxtiga o‗xshab shoxlab ketganligini ko‗ramiz. Shuning uchun unga hayot daraxti deb nom berilgan.
Oq modda markazida kulrang moddadan iborat qator joylashgan yadrolarni ko‗rish mumkin. Ularning eng yirigi ikki chetdagi tishli yadrolar bo‗lib, ichki tomonida uchburchak shaklidagi bir juft probkasimon yadroni, bulardan yuqorida uchinchi juft sharsimon yadroni ko‗ramiz. Sharsimon yadrolar bir qancha mayda va yumaloq yadrochalardan to‗plangan. Yadrochalar o‗rtasida cho‗qqi (tom) yadrolari joylashgan.
Miyacha fiziologiyasi. Miyacha harakatlarni boshqaradigan tizimning juda muhim qismi bo‘lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) muskul tonusi va vaziyatni
boshqarish; 2) maqsadga erishishga qaratilgan vaziyat va harakatlarni uyg‘unlashturish; 3) miya po‘stlog‘i yuzaga chiqaradigan harakatlarni uyg‘unlashtirish.
Muskul tonusi va vaziyatni boshqarish chuvalchangga bog‘liq. Miyachaning bu qismi vaziyat va muskullar tonusi to‘g‘risidagi afferent impulslarni oladi va shular asosida chodir yadrosi orqali Deyters yadrosiga, to‘rsimon formatsiyaga va ular yordamida orqa miya markazlariga tonus va vaziyatni sozlab turuvchi efferent impulslarni yuboradi.
Miyachaning chuvalchang qismi olib tashlansa, Deyters yadrosi tormozlanmay qoladi. Bu esa muskullar tonusining oshishiga va rigidlikka olib keladi. Chuvalchangni elektr toki bilan ta‘sirlash yozuvchi muskullar tonusini pasaytiradi. Miyacha po‘stlog‘ining oraliq zonasi katta yarim sharlarning harakatlantiruvchi sohalaridan maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida ma‘lumot oladi. Bu ma‘lumotni orqa miyadan miyachaga kelgan tayanch-harakat apparatining holati to‘grisidagi axborot bilan taqqoslab, maqsadga erishishga qaratilgan harakatni boshqarishda ishtirok etadi.
Ba‘zi bir maqsadga erishishga qaratilgan tez harakatlar ham (musiqa asboblarini chalish, sport mashqlarini bajarish) miyachaning tishli yadrosi nazoratida yuzaga chiqadi. Miyachani elektr toki bilan ta‘sirlash muskullar tonusini o‘zgartirish va ma‘lum harakatlarni yuzaga chiqarishdan tashqari, ichki a‘zolar faoliyati uchun ham befarq emas.
Bu ta‘sir bir qator vegetativ reaktsiyalarga sabab bo‘ladi, masalan, qorachiq kengayadi, arterial qon bosimi oshadi, hazm tizimi a‘zolarining harakati va shira ajratish faoliyati susayadi. Demak, miyacha visseral faoliyatlarni boshqarishda ham ishtirok etadi. Miyachani olib tashlash yoki shikastlash eng avvalo muskullar tonusining o‘zgarishiga va harakatlarning buzilishiga olib keladi. L.Lyuchiani miyacha butunlay olib tashlangandan keyin roy beradigan hodisalarni uch davrga bo‘ldi; 1) jarohatlanish davri, 2) funktsiyalarni yo‘qotish davri, 3) funktsiyalarning tiklanish davri.
Operatsiyadan keyingi birinchi davrda hayvon butunlay ojiz bo‘ladi, oyoqlarida tura olmaydi. Ikkinchi – funktsiyalarni yo‘qotish davrida uchta simptom: atoniya, astaziya va asteniya roy-rost namoyon bo‘ladi. Atoniya – muskullar tonusining yo‘qolishi, miyacha olib tashlangandan keyin bir necha kun o‘tgach roy beradi. Ayni vaqtda ba‘zi muskul guruhlarining tonusi oshishi ham mumkin. Shuning uchun bu simptomni atoniya emas, distoniya deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Odamsimon maymunlarning miyachasi olib tashlansa, dastlab atoniya paydo bo‘ladi. Natijada ular muvozanat saqlay olmaydi. Miyacha olib tashlangandan so‘ng muskullar silliq tetaniq qisqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Hayvon tinmay qaltirab, tebranib turadi. Bu holat astaziya deyiladi. Harakatlar tejamsizligi, unda ortiqcha muskullar ishtirok etishi, qisqarishlarning silliq tetaniq bo‘lmasligi sababli organizn salga charchaydi yoki asteniyaga uchraydi. Operatsiyadan keyin asliga kelayotgan harakatlar noaniq bo‘ladi, ularning kuchi, kattaligi va yo‘nalishi buziladi.
Odamning miyachasi zararlanganda, u gandiraklaydi, ko‘zini yumsa, yiqilib tushadi. Yurganida oyoq-qo‘llarining harakatlari keragidan kuchli, poyma- poy bo‘ladi, mast kishining harakatlariga o‘xshaydi. Bular ataksiya alomatlaridir.
Yuqorida ko‘rsatilgan atoniya, astaziY.astenuya, ataksiyalardan tashqari, miyacha olib tashlanganda yoki jarohatlanganda adiadoxokinez, dezekvilibratsiya va boshqa simptomlarni ham kuzatish mumkin. Adiadoxokinez – antagonist muskullarning birin-ketin tez harakati buzilishidir. Natijada kasal qo‘lini bir necha marta tez-tez buka va yoza olmaydi. Dezekvilibratsiya muvozanatni saqlay olmaslikdan iborat. Miyachaning yarmi olib tashlanganda muskullar tonusi operatsiya qilingan tomonda buziladi. Bunday hayvonlar aylanma harakat qiladi (manej harakatlari). Sut emizuvchi hayvonlarda shikastlanishdan so‘ng paydo bo‘lgan miyacha faoliyatidagi o‘zgarishlar vaqt o;tib, asli holiga keladi. Bu tiklanishni katta yarim sharlarning motor sohalari miyacha funktsiyalarini o‘z zimmasiga olib, ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |