O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet97/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Keyingi miya reflekslari. Keyingi miyada hayotiy ahamiyatga ega bo‗lgan bir qator reflekslarning yoylari tutashgan. Bu reflekslar ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda katta ahamiyatga ega. Birinchi galda bular nafasni boshqaruvchi reflekslar va nafasga aloqador aksa urish va yo‗talish himoya reflekslaridir. Nafas olishni va nafas chiqarishni, nafasni organizmning kislorodga bo‗lgan ehtiyojiga qarab o‗zgarishini nafas markazi ta‘minlaydi. U to‗rsimon formatsiyaning uzunchoq miyadagi qismida joylashgan ikkita inspirator (nafas olish) va ekspirator (nafas chiqarish) dan iborat. Bu markazlar qo‗zg‗aluvchanligining o‗zgarishi orqa miyaning bo`yin va ko‗krak segmentlarida joylashgan motoneyronlarga ta‘sir qilib, nafas muskullarining faoliyatini o‗zgartiradi. Natijada nafas o‗zgaradi. Nafas markaziga avvalo o‗pkaning o‗zidagi, nafas muskullaridagi reseptorlardan kelgan impulslar, qonda kislorod va karbonat angidrid miqdori o‗zgarishi ta‘sir qiladi. Qon tomirlar harakatini boshqaruvchi markaz-keyingi miyaning ikkinchi hayotiy ahamiyatga ega markazi hisoblanadi. U to‗rtinchi qorincha tubida kattagina sohani
egallagan. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazning tuzilishi, uni tashkil qiluvchi neyronlarning xususiyatlari ham yaxshi o‗rganilmagan. Bu neyronlarning aksonlari orqa miyaning ko‗krak segmentlariga tushib, simpatik nerv tizimining preganglionar neyronlarida sinapslar hosil qiladi. Markazdan tushgan impulslar simpatik neyronlarning tonusini oshirganda tomirlardagi silliq muskullarni qisqartiradi, tomir torayadi. Bu neyronlarning simpatik neyronlarga ta‘siri sustlashganida, tomirlar kengayadi. Qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazga birinchi galda tomirlarning o‗zida joylashgan xemo-va mexanoreseptorlardan adashgan hamda til-halqum nervlarning afferent tolalari bo‗ylab yetib kelgan impulslar ta‘sir qiladi. Nafas va tomir markazlarining shikastlanishi hayvonni halokatga olib keladi.
Keyingi miya hazm faoliyatiga aloqador bo‗lgan bir nechta reflekslarni boshqarishda ham ishtirok etadi. Bu ovqat chaynash, yutish, emish va qusishdir. Miyaning bu qismi hazm bezlaridan shira ajralishini boshqarishda ham ishtirok etadi. Ovqat chaynash pastki jag‗ning yuqori jag‗ga nisbatan siljishidan iborat.og‗iz bo‗shlig‗iga tushgan ovqat til, lunjdagi reseptorlarga ta‘sir qiladi, ulardan hosil bo‗lgan impulslar chaynash markazini qo‗zg‗atib, refleks hosil qiladi. Bu impulslar til-halqum nervining afferent tolalaridan o‗tadi. Chaynash jarayonida til va og‗iz bo‗shlig‗i devorlari ishtirok etadi. Chaynash harakatlari asosan jag‗ muskullari ishiga bog‗liq. Ularni uchlik nervning motor tolalari nervlaydi.
Ovqat yutish birin-ketin yuz beruvchi o‗zaro murakkab harakatlardan iborat. Ovqatni yutishda og‗iz bo‗shlig‗i, halqum va qizilo‗ngachning bosh qismidagi muskullar ishtirok etadi.
Yutish refleksi yoyining afferent qismi uchlik til-halqum va adashgan nervlarning sezuvchi tolalaridan, efferent qismi esa shu nervlarning harakatlantiruvchi tolalaridan iborat. Qusish hazm jarayoniga aloqador simoya refleksidir. Bu odatda halqum va me‘da reseptorlari qaltis ta‘sirlanganda sodir bo‘ladi. Juda ko‗p yeyilgan ovqat va ichimliklar kuchli ta‘sirlovchilar bo‗lishi mumkin. Qo‗zg‗alish reseptorlardan adashgan nervning sezuvchi tolalari orqali keyingi miyaga yetib keladi. Bu reflektor yoyning effektor qismi ancha murakkab, qusish vaqtida ichak me‘da, qizilo‗ngach muskullaridan tashqari, halqum, hiqildoq, til va og‗iz muskullari qisqaradi, so‘lak va ko‘z yoshi ajralishi tezlashadi. Demak, qusish jarayonida qo‗zg‗alish shu muskul va bezlarni nervlaydigan efferent tolalardan o‗tadi.
Vestibulyar apparatning kuchli qo‗zg‗alishi kam ba‘zi odamlarda qusishni paydo qiladi. Qusish markazi gumoral yo‗l bilan ham qo‗zg‗alishi mumkin. Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarning zaharlari (toksinlari), ba‘zi dorilar, masalan apomorfin, qusish markaziga kuchli ta‘sir etadi. Emish refleksi emadigan bolalar uchun juda muhim. Bu refleks lablarda joylashgan reseptorlardan yuzaga chiqadi. Afferent impulslar uchlik nervning sezuvchi tolalari orqali, efferent impulslar esa yuz nervi bilan til osti nervining motor tolalari orqali o‗tadi. Lablar, lunj va til harakatlari natijasida bolaning og‗iz bo‗shlig‗ida-atmosfera bosimiga nisbatan manfiy bosim paydo bo‗lib, u sutning onaning sut bezlaridan bolaning og‗iz bo‗shlig‗iga o‗tishini ta‘minlaydi.
Ko‘zni uchirish ham keyingi miyaning himoya reflekslariga kiradi. Ko‘zning shox pardasi ta‘sirlanganda paydo bo‗lgan reseptorlar qo‗zg‗alishi uchlik nervning
afferent tolalari orqali markazga yetib keladi va bu yerda shakllangan efferent impulslar yuz nervining harakatlantiruvchi tolalari orqali qovoq muskullarini qisqartirib, qovoqni yumadi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, keyingi miya markazlarining faoliyati doim uyg‗un bo‗lishi kerak. Masalan, yutish markazi qo‗zg‗alib yutishni ta‘minlagan vaqtda, nafas markazi tormozlanib, nafasni to‗xtatishi lozim. Aks qolda, ovqat zarrachalari nafas yo‗llariga ketib qolishi mumkin. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazning qo‗zg‗alishi adashgan nervning vegetativ neyronlarini tormozlab, yurakning urish sonini ko‗paytiradi.
Keyingi miyaning reflektor faoliyati juda keng. Bu reflekslar orasida muskullar tonusini, tananing fazodagi holatini idora qilib turuvchi reflekslarning ahamiyati nihoyatda katta. Ular miya stvolining statik va statokinetik reflekslari bilan birga ko‗riladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish