O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet96/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Uzunchoq miya. Uzunuchoq miya uzunligi 25–30 mm li piyoz shaklida bo‗lib, ensa suyagining ichida nishab holda joylashgan. Uning orqa chegarasi ensaning katta teshigi ro‗parasida bo‗lib, orqa miyaga o‗tib ketadi, old tomondan ko‗prikka qo‗shilib turadi.
Uzunchoq miya tuzilishi jihatidan orqa miyaga o‗xshaydi. Uni old – fissura mediana anterior va orqa – sulcus medianus posterior tomonida joylashgan o‗rta egatlar ikki pallaga ajratadi. Har ikkala palla o‗z navbatida yonbosh egatlar orqali tizimchalarga ajralgan bo‗ladi. Oldingi tizimchalarda harakatlantiruvchi nerv tolalari (piramida yo‗llariga ta`lluqli) piramidalari joylashgan. Orqa miya chegarasida piramida yo‗li kesishmasi – decussatio pyramidumni ko‗ramiz.
Piramidalarning ko‗prikka yaqin qismida ikki yonida oval shaklidagi tepalik – oliva (oliva) joylashgan. Oliva bilan piramida orasidagi egatdan XII juft til osti nervlarining ildizchalari, olivaning orqa tomonidagi yonbosh egatdan sulcus anterolateralis, IX juft til-yutqin, X juft adashgan va XI juft qo‗shimcha nerv ildizlari chiqadi. Uzunchoq miya orqa markaziy egatining yonboshida joylashgan orqa tizimchalarning har biri uncha chuqur bo‗lmagan egatlar yordamida ikki dasta (ichki tomondagi nozik dasta, tashqi ponasimon dasta)ga bo‗linadi. Har ikkala dastaning uchlari yo‗g‗onlashib do‗mboqchalarni hosil qiladi. Bu do‗mboqchalarda o‗tkazuvchi yo‗llarning ikkinchi neyronlari joylashgan. Bular o‗z navbatida ingichkalashib, chilvir tanalarga aylanadi. Uzunchoq miya orqa yuzasining tepa bo‗lagi uchburchak shaklida bo‗lib, rombsimon chuqurchaning pastki yarmini hosil qiladi. Uzunchoq miya ikki xil moddadan – ichki kulrang va tashqi oq moddadan tuzilgan. Oq modda uzun va qisqa o‗tkazish yo‗llaridan iborat.
Uzunchoq miyada nafas olish, yurak-qon tomir muvozanat, harakatlarni tartibga soluvchi nerv hujayralari joylashgan. Uzunchoq miyaning ichki tuzilishini oldindan orqaga qarab ko‗rib chiqadigan bo‗lsak, piramidaning orqasida ichki qovuzloqlar tolalarini, ikki yonida tishli o‗zakni, nozik harakatlarni ta‘minlovchi to‗r formatsiyani, yana ham orqaroqda V juft nervning o‗zaklarini, X juft nervning dorzal IX–X juft nervlarga taalluqli harakatlantiruvchi, XII juft nerv o‗zagi hamda chuqur sezgini o‗tkazuvchi nozik va ponasimon o‗zaklarni ko‗ramiz.
Uzunchoq miya orqa miyaning davomi sifatida Varoliy ko‗prigiga o‗tadi- MNT ning bu ikki qismi funktsional nuqtai nazardan bir butun tuzilma bo‗lib, keyingi miya nomini olgan. Keyingi miyadagi kulrang modda segmentlarga bo‗linishni qisman saqlab qolgan bo‗lsada, bu moddaning asosiy qismi bir-biridan ajralgan yadrolardan iborat. Uzunchoq miyaning har ikki tarafida oxirgi to‗rt juft
bosh miya nervlari yadrolari joylashgan. Rombsimon chuqurchaning eng tagida til osti nervi yadrosi, undan sal pastroqda qo‗shimcha nerv yadrosi bor. Rombsimon chuqurchada adashgan nervning yadrosi yuza joylashgan, undan lateralroq til- halqum nervi yadrosi turadi.
Uzunchoq miya va Varoliy ko‗prigi chegarasida eshituv va vestibulyar nervlar yadrosi, yuz nervi yadrosi esa to‗rsimon formatsiyaning ko‗prik qismida joylashgan. Varoliy ko‗prigining eng yuqori qismida uzoqlashtiruvchi va yuz nervlari yadrolari bor.
Bosh miya nervlari yadrolaridan tashqari, keyingi miya kulrang moddasining bir qismini Goll va Burdax tutamlari tugaydigan neyronlarning somalari tashkil qiladi.
Keyingi miyaning markaziy qismini retikulyar (to‗rsimon) formatsiya tashkil etadi. Bu tuzilmani tashkil qiluvchi neyronlarning soma va dendritlarida keyingi miyadan o‗tgan ko‗tariluvchi va tushuvchi yo‗llarning yon shoxlari tugab, uni miyaning hamma qismlari bilan bog‗laydi. Demak keyingi miyada 8 juft juda muhim ahamiyatga ega yadrolar joylashgan. Bu yadrolarni periferiya bilan harakatlantiruvchi (somatik), sezuvchi va ba‘zilarini vegetativ tolalar bog‗lab turadi. Shu tolalarga monand harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ qismlar tafovut qilinadi. Masalan, adashgan nerv yadrosining harakatlantiruvchi (somatik) qismi halqum va hiqildoq muskullarini qisqarishini boshqaradi; vegetativ qismi esa hiqildoq, qizilo‗ngach, me‘da, ingichka ichak me‘da osti bezi, jigar va yurakka parasimpatik tolalar yuboradi; sezuvchi qismiga esa ko‗krak va qorin bo‗shlig‗idagi ko‗pchilik a‘zolarda joylashgan turli xildagi reseptorlardan afferent impulslar yetib keladi.
Keyingi miyaning oq moddasini asosan orqa miyadan bosh miyaga o‗tuvchi ko‗tariluvchi yo‗llar va bosh miyadan orqa miyaga tushuvchi yo‗llar tashkil qiladi. Bu yerda ba‘zi o‗tkazuvchi yo‗llarning bir tolasi tugab, keyingisi boshlanadi, ba‘zilarida kesishish hosil qiladi, ba‘zilari esa keyingi miya yadrolaridan boshlanib, bosh miyaga, miyachaga ko‗tariladi, orqa miyaning segmentlariga tushadi. Demak, keyingi miyaning ham reflektor, ham o‗tkazuvchi yo‗l faoliyatlarini ajratish mumkin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish