Bosh miyaning tuzilishi.
Miya po‘stlog‗i ostida juda ko‘p nerv tolalaridan tuzilgan oq modda joylashgan. U tollalar 3 ga bo‘linadi.
Kalta va uzun asotsiativ tolalar, ular faqat bitta yarim sharlardagi pushta, bo‘laklarni boqlaydi.
Komissural tolalar har ikkala yarim sharlarining bir xil pushta yoki bo‘lagini bog‗laydi. Bunday tolalar to‘plangan joyda qadoq tana hosil bo‘ladi. qadoq tana ikkala yarim sharni ajratib turuvchi chuqur tubiga joylashgan.
Proyeksion tolalar miya po‘stlog‗ini uning ostidagi qismlar bilan bog‗laydi va nursimon tojga o‘xshaydi. Gumbaz oq moddadan tuzilgan bo‘lib, qadoq tanani tagida joylashgan. Gumbaz hosil qilgan nerv tolalari yarim sharlarning chakka bo‘lagini oraliq miya bilan boqlaydi.
Bosh miya, asosan, uch qism, ustki katta qism – katta miya, miyacha va miya poyasidan iborat. Katta miya chuqur yoriq orqali ikkita yarimsharga bo‗lingan. Yarimsharlarning tashqi yuzasi tekis bo‗lmagan egatlar va pushtalar bilan qoplangan. Orqa tomonda yarimsharlar ostida joylashgan miyacha ko‗ndalang yoriqcha bilan ajralib turadi. O‗ng va chap yarimsharlar bir-biri bilan qadoq tana orqali qo‗shilgan. Yarimsharlar oq va kulrang modda (po‗stlog‗i)dan tashkil topgan. Bosh miya ichida embrion rivojlanishida paydo bo‗lgan bo‗shliq – miya qorinchalarini ko‗rish mumkin.
Bosh miyaning pastki yuzasi yoki tubi kalla suyagi asosining ichki yuzasiga tegib turgani uchun notekis tuzilishga ega. Miya tubi oldida miya yarimshari, pesqona qismining pastki yuzasida hid bilish yo‗li ko‗rinadi. Hid bilish yo‗li ikkita shoxchaga bo‗linib tugaydi. Shoxchalar orasidagi tepacha trigonum olfactorium deb ataladi. O‗ng va chap tepachalar orqasida hid bilish yo‗lining uchi piyoz shaklida yo‗g‗onlashgan bo‗lib, undan 15–20 tacha ingichka hid bilish nervi ipchalari chiqadi. Hid bilish yo‗li orqasida «X» shaklida joylashgan ko‗ish nervi kesishmasi
chiasma opticum ko‗rinadi, undan ko‗rish yo‗li boshlanadi.
Kesishmaning orqasida kulrang tepa, pastda voronka, uning uchida miya pastki ortig‗i joylashgan. Kulrang tepa orqasida sharsimon ikkita oqish do‗ng – so‗rg‗ichsimon tanalar bor, ularning yonginasida miya oyoqchalari joylashgan.
Oyoqchalar orasida chuqurchada orqadagi teshilgansimon modda bo‗lib, undan qon tomirlar o‗tadi. Oyoqchalar orqa tomonda miya ko‗prigiga tarqaladi. Miya ko‗prigi orqasida uzunchoq miya turadi. Miya ko‗prigi bilan uzunchoq miya yo‗g‗on qismining ikki yon tomonida miyacha yarimsharlari ko‗rinadi. Miya tubidan 12 juft bosh miya nervlari chiqqan. Ular oldindan quyidagi tartibda chiqadi:
juft – hid bilish nervi, II juft – ko‗rish nervi, III juft – ko‘zni harakatlantiruvchi nerv, IV juft – g‗altak nervi, V juft – uch shoxli nerv, VI juft – uzoqlashtiruvchi nerv, VII juft – yuz nervi, VIII juft – dahliz-chig‗anoq nervi, IX juft – til-yutqin nervi, X juft – adashgan nerv, XI juft – qo‗shimcha nerv, XII juft – til osti nervlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |