O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Bosh miya po‘stlog‘ining sensor qismlari



Download 0,74 Mb.
bet138/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Bosh miya po‘stlog‘ining sensor qismlari. Miyaning har qaysi yarim sharida somatik (teri va muskul-bo‘g‘imlardan) va visseral (ichki a‘zolardan) sezgilarning birlamchi sohalari bor. Bu sohalar I va II somatosensor sohalar deyiladi.
Birinchi somatosensor soha orqa markaziy pushtaga joylashgan bo‘lib, yuzasi ikkinchi somatosensor sohaniqidan ancha katta. Bu sohada qo‘l kafti, tovush apparati, yuz vakilliklari ko‘p joyni egallagan. Badan, oyoqlar vakilliklari ancha kam joy oladi.
Ikkinchi somatosensor soha Silviy egatining lateral qismiga joylashgan. Bu sohaga elektr toki bilan ta‘sir qilinganda bosim, tegish yoki issiq seziladi.
Somatosensor sohalar olib tashlanganda, sezgilarni shakllaydigan ta‘sirotlar kuchidagi farq uncha bilinmaydi. Somatosensor sohalarning asosiy vazifasi talamusning spetsifik yadrolaridan keladigan ma‘lumotlarni baholash va birlashtirishdir. Bu yerda shakllanayotgan sezgilar kuchini solishtirish badanning ta‘sirlanayotgan qismlarini fazodagi munosabatini aniqlash, sezgilarning o‘xshashi va farqlarini baholashdan iborat.
Birinchi va ikkinchi somatosensor sohalardan harakatlantiruvchi efferent tolalar chiqishi ham aniqlangan. Shu sababdan ularni sensomotor sohalar ham deyishadi.
Ko‘ruv analizatorining o‘zagi miyaning ensa qismida sulcus calcarinus ning ikki chetida joylashgan (17-soha). Har ikki yarim shardagi ko‘ruv analizatorining markazida ikkala ko‘z to‘r pardasi, chunnonchi, chap markazga ikkala ko‘z to‘r pardasining o‘ng yarmi, o‘ng yarim shardagi markazga – ikkala ko‘z to‘r pardasining chap yarmi proyeksiyalanadi. Birlamchi ko‘ruv markazi bo‘lgan 17- soha yonidagi 18- va 19-sohalar ham ko‘ruv sezgisiga dahldor. 18- 19-sohalar shikastlanganda, odam yozilgan so‘zni anglamaydi. Bu sohalar ko‘z soqqasi harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi.
Eshituv analizatorining markaziy o‘zagi ustki chakka pushtasining o‘rtasiga joylashgan (41- va 42-sohalar). Bu sohalarga elektr toki bilan ta‘sir etilganda, odam tovushni sezadi. Eshituv markazining bir tomoni shikastlansa, odam butunlay kar bo‘lmaydi, ammo yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qoladi. Tovush kelgan tomonni aniqlash, tovushlarni vaqtga bog;lash qiyinlashadi. Chap yarim shardagi eshituv markazining ma‘lum qismi nutqni tushunishga javobgar. Bu soha shikastlansa, odam gapira olmaydi va gapga tushunmaydi.
Miya po‘stlog‘ida hid va ta‘m sezish analizatorining markazlari ham bor.

Nazorat savollari


  1. Bosh miya po‘stlog‘ining sensor qismlari.

  2. Sezgi a‘zolari markazlari

  3. Ixtisoslashgan retseptorlar

  4. Mexanoretseptorlar.





Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish