O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet137/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Mexanoretseptorlar. Bunday retseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a‘zolari, tayanch-harakat apparati, eshituv va muvozanat saqlash tizimlariga xos.
Termoretseptorlar. Bu retseptorlar issiq va sovuqni sezuvchilar haqida, asosiy qismi terida joylashgan. Xemoretseptorlar. Ximiyaviy omillar ta‘siriga sezgir retseptorlar. Fotoretseptorlar – nur energiyasini qabul qiladi. Yorug‗lik kuchini ajratish va rang ko‗rish imkoniyatini beradi.
Og‗riq retseptorlari – og‗riqni paydo qiluvchi ta‘sirotlarni qabul qiladi. Bu sezgi organizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga o‗ta kuchli ta‘sir qilganda paydo bo‗ladi.
Analizator tizimining va faoliyatining umumiy tamoyillari. Barcha analizatorlarning tuzilishda quyidagi umumiy tamoyillar kuzatiladi.

  1. Ko‗p qavatlilik. Analizator tarkibida bir nechta qavat neyron bor, ulardan birinchisi retseptorga bog‗liq, oxirgisi esa miya po‗stlog‗ining assosiativ sohasidagi neyronlarga kelib to‗xtaydi. Bunday ko‗p qavatlilik organizmning signallarga tezlik bilan javob berishiga imkon beradi.

  2. Ko‗p kanallik. Neyronlar qavatining har biri juda ko‗p (10 mingdan milliongacha) nerv unsurlari borligi va keyingi qavatdagi neyronlarga bog‗liqligini ko‗rsatadi.

  3. Yonma-yon qavatlarda unsunlar sonining teng emasligi. Masalan, ko‗ruv tizimida retseptorlar soni 130 mln bo‗lsa, ko‘zdan chiquvchi nervni tashkil etuvchi neyronlarning soni undan 100 marotaba kam, 1 mln.250 ning atrofida. Bu nisbat shundan dalolat beradiki, miyaning har qanday yakka retseptorda vujudga kelgan impulsni qabul qilolmasligidandan. Ma‘lumot MNT ga yetguncha bir necha marta saralanadi. Ko‗p sonli qavatdan unsurlar kam qavatga o‗tish jarayonida ikkinchi darajali ma‘lumotlar o‗tkazilmaydi. Buni torayib boruvchi «voronka» sifatida miyaga o‗tkaziladigan ma‘lumotlarni kamaytiradi va faqat muhim axborotlarnigina o‗tkazadi.

Ko‗ruv analizatorida shuningdek kengayib beruvchi «voronka»ni ham uchratamiz. Miya po‗stlog‗ining ko‗ruv sohasidagi neyronlar soni po‗stloq osti
ko‗ruv sohasidagi neyronlardan ning marta ko‗p. Keyingi «voronka» signallarning turli xossalarini taxlil qilish imkoniyatini beradi.

  1. Analizator unsurlarining vertikal va gorizontal bo‗yicha tarqalishi shular jumlasidandir.

Analizatorlar signallarni qayta ishlash jarayonida ko‗p operatsiyalarni bajaradi.
Bular:

  1. Signallarni topish. Bu vazifani retseptorlar bajaradi. Ba‘zi retseptorlarning kipriksimon o‗simtalari avtomatik ravishda harakat qilishini ta‘sirlovchini faol holda izlash, deb baholansa bo‗ladi.

  2. Signallarni farqlash. Analizatorlarning mutloq sezgirligini ularni rag‗bat (stimul) kuchidagi farqni aniqlash qobiliyatidan ajratish kerak.

Analizator ikki rag‗bat kuchidan ma‘lum farq bo‗lmasa, ularni, ajrata olmaymiz. Masalan, kaftimizda og‗irligi 100 g bo‗lgan kadok tosh bor. Yuk ko‗targanda farq sezilarli bo‗lishi uchun ikkinchi massa birinchisidan kamida 3 % og‗ir bo‗lishi lozim. Demak biz 100 grammni 103 grammdan ajrata olarniz (200 g ni
206 grammdan). Bunda 3 % farqlash bo‗sag‗asi bo‗lib, o‗zgarmaydigan ko‗rsatkichdir. Bu qonuniyatni Veber aniqlagan.

  1. Signallarni o‗tkazish va o‗zgartirish. Signallarning o‗zgartirilishini shartli ravishda fazodagi va vaqtdagilarga ajratish mumkin. Signallarning kuchi va nisbatini o‗zgartirish fazodagi o‗zgartirish bo‗lib, ko‗ruv va somatosensor tizimda ko‗proq uchraydi. Masalan, to‗r pardada ozgina joyni egallagan markaziy chuqurcha miya po‗stlog‗idagi ko‗ruv sohasiga to‗r pardaning ancha katta bo‗lgan chet qismidan ko‗proq joyga impul`slar yetkazadi.

  2. Ma‘lumotlarni kodga solish. Retseptorlarga mexanik nur va boshqa omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Bu ta‘sirotlarni sensor tizimning po‗stloq markazi qabul qilib olishi uchun uni miyaga mukammal bo‗lgan nerv impulsiga aylantirish kerak. Demak retseptorlar muhit o‗zgarishlari to‗g‗risidagi axborotlarni kodga solib, miya bevosita qabul qila olmaydigan signallarni «tushuna oladigan» shaklga soladi. Ta‘sirotlarni kodlashga avvalombor, rag‗batning bor-yo‗qligi belgilanishi kerak. Masalan, ko‗ruv analizatorlarida yorug‗lik paydo bo‗lishini (on - neyronlar) va yorug‗lik yo‗qoligini (off – neyronlar) qayd qiladigan yoki yorug‗lik paydo bo‗lganda, ham yo‗qolganida qo‗zg‗aladigan on, off – neyronlar bor.

Rag‗bat kuchini kodlashga sensor tizimlar impul`slar tezligini o‗zgartirishdan foydalanadi. Masalan, odam barmog‗i terisida joylashgan yakka mexanoretseptor diametri 1 mm bo‗lgan yuza orqali 0,2 g ga teng bosimli impul`slar bilan javob bermaydi. Bosim 0,6 g ga yetkazilsa yakka, siyrak impul`slar paydo bo‗ladi. Demak bu retseptorning bo‗sag‗asi 0,6 g atrofida. Bosim 4 g gacha ko‗tarilsa, impul`slar chastotasi sezilarli darajada ortadi. Agar bosim kuchi 10-13 g yetsa impul`slar soni keskin oshib ketadi.

  1. Signallarni dedektorlash. Texnikaviy aloqa tizimlarida axborotlar ma‘lum manzilga uzatilishidan avval kodga solinadi, manzilga yetganida esa koddan chiqariladi.Sensor tizimlarda dekodlash, masalan, tovush retseptorlardan impuls

sifatida markazga yetib kelganda yana tovushga aylanishi ko‘zatilmaydi. Bu tizimlarda detektorlash sodir bo‗ladi, ya‘ni ta‘sirlovchining ayrim belgilari tahlil qilinadi va ularning biologik ahamiyati baholanadi. Bu tahlilni maxsus ixtisoslashgan detektor neyronlar bajaradi. Masalan, ko‗ruv sensor tizimining miya po‗stlog‗idagi detektor neyronlari yo‗l-yo‗l chiziq ko‗ruv sohasining ma‘lum qismida bo‗lib, muayyan burchak hosil qilgandagina qo‗zg‗aladi. Burchak o‗zgarsa yoki chiziq kuruv doirasining boshqa qismiga o‗tsa, bu neyronlar qo‗zg‗almaydi, ammo boshqalari faol holatga o‗tadi.

  1. Obrazni tanish. Obrazni tanish analizatorning so‗nggi va eng murakkab vazifasi. Bu jarayon obrazni harakterlash, uni organizm oldin uchratgan va tanish bo‗lgan obyektlarning qaysi bir guruhiga mansubligini aniqlashdan iborat. Bunga afferent signallarni batafsil qayta ishlash, ularning ayrim belgilarini ajratish va bu belgilarni detektor neyronlar tomonidan alohida tahlil qilish yo‗li bilan erishiladi. Obrazni tanishning mohiyati miyada ta‘sirlovchining modelini ko‗rish va unga o‗xshash boshqa modellardan farqlashdir. Obrazni tanish orqali biz oldimizda kim yoki nima turganini, kimning ovozini eshitganimizni, qanday hid yoki ta‘m sezayotganimizni idrok etish imkoniyatini beradi.

Odam vujudi uni o‗rab olgan tashqi muhit hamda o‗zining ichki muhiti haqidagi axborotlarni maxsus sezgi a‘zolari yoki analizatorlar orqali qabul qilish xususiyatlariga ega. Tashqi va ichki ta‘sir etuvchi omillar o‗z tabiatidan qat‘iy nazar nerv tizimida tegishli nerv impulvslariga aylanib, ma‘lum tasavvurni hosil qiladi. I.P.Pavlov har bir analizator uchta asosiy, ya‘ni retseptor yoki sezuvchi, o‗tkazuvchi hamda markaziy qismlardan iborat, degan ilmiy asoslangan umumlashtiruvchi ta‘limot yaratdi.
Retseptor qism qabul qilingan qitiqlagichlarni tegishli nerv impul`slariga aylantirib beradigan maxsus nerv hujayralari yoki nerv uchlaridan tashkil topgan bo‗lib, tuzilishi va muhit ta‘sirotlarini qabul qilishga moslashgan turlari bilan bir- biridan farq qiladi (ko‘z retseptorlari yorug‗lik nurini, quloq retseptorlari tovush to‗lqinini va hokazo). O‗tkazuvchi qism ma‘lum analizatordan markaziy nerv tizimi orqali miya yarim sharlari po‗stlog‗igacha boradigan nerv tolalaridan iborat. Markaziy qism yarim sharlar po‗stlogidagi aynan belgilangan sezgi a‘zosining sohasi bo‗lib, u ichki va tashqi muhitdan kelgan impul`slarni markaziy tahlil qiladi.
Sezgi a‘zolari bir-biri bilan yaqindan bog‗lanib faoliyat ko‗rsatadi va bu narsa yashayotgan muhit haqida to‗liqroq tasavvurga ega bo‗lish va uni idrok qilish imkoniyatini beradi. Yana shu narsani qayd qilish joiz-ki, bola tugilganidan boshlab barcha analizatorlar orqali uning markaziy nerv sistemasiga tegishli axborotlarning borib turishi uning har tomonlama barkamol bo‗lishini ta‘minlaydi, aks holda, ya‘ni analizatorlarning yetarli ishlamasligi yoki yetarli faoliyat ko‗rsatmasligi kishining aqliy jihatdan yetuk bo‗lishiga salbiy ta‘sir qiladi.
Odamda ko‗rish, eshitish, vestibulyar, ta‘m bilish, hid bilish, teri va ichki analizatorlar mavjud bo‗lib, shundan oxirgisi somatosensor tizim deb ham ataladi, chunki u ko‗p tarmoqli bo‗lib, teriga ta‘sir ko‗rsatuvchi issiq, sovuq, bosim,
tebranish, og‗riq kabi ta‘sirotlarni hamda bo‗g‗im va muskullardagi proprioretseptorlardan keladigan impul`slarni qabul qilib, dastlabki tahlil qiladi va markaziy nerv tizimiga o‗tkazadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish