Adaptatsiya. Quloqqa juda kuchli tovush uzoq ta‘sir etsa, eshituv sezgilari pasayadi. Eshituv apparatining adaptatsiyasi shunda namoyon bo‗ladi. Tovush uchi qancha katta bo‗!sa, quloqning uzil-kesil sezuvchanligi adaptatsiya tufayli o‗shancha kam bo‗ladi. Adaptatsiya hodisalariningmexanizmi hali yetarli darajada o‗rganilgan emas. Eshituv analizatorining markaziy bo‗g‗inlarida ro‗y beruvchi jarayonlaridan tashqari, retseptor apparat, sozlanishining muayyan darajasi ham ahamiyatlidir. Vestibulyar tizim. Vestibulyar tizim ko‗ruv va samotasensor tizimlar bilan birgalikda insonlarda tana harakati tezlashishi va sekinlashishi hamda boshning fazodagi holati o‗zgarishi to‗g ‗risidagi axborotlar asosida skelet inuskullari tonusining qayta taqsimlanishini ta‘minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini beradi. Tana harakati tezligi bir tekisda bo‗lsa vestibulyar tizim qo‗zg‗amaydi. Vestibulyar apparat vestibulyar tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi labirintda joylashgan. Labirintda dahliz (vestibulut) va uchta yarim doira kanallar (canals cemicircularis) bor. Labirintda vestibulyar apparatdan tashqari chig'anoq ham bor, unda esa eshituv retseptorlari joylashadi. Yarim doira kanallar uchta o‗zaro perpendikulyar kengliklarda: yuqoridagi frontal, orqadagisi- sagittal va laterali esa-gorizontal yo‗nalishlardajoylashadi. Har bir kanalning oxiri kengaygan bo‗ladi (ampula). Vestibulyar apparatda yana ikkita qopcha ham mavjud: sferik (sacculus) va elliptik (utrugulus). Ularning birinchisi chig‗anoqqa yaqin joylashsa, ikkinchisi esa yarim doira kanallarga yaqin joylashadi. Qopchalaming dahlizida otolit apparati joyiashadi: retseptor hujayralarning to ‗plangan joyi (ikkilamchi-sezuvchi mexanoretseptorlar). Qopcha bo‗shlig‗iga turtib chiquvchi retseptorning bir qismi bitta uzun harakatchan tukcha va 60-80 ta bir-biriga yopishgan harakatsiz tukchalari bo‗ladi. Bu tukchalar jelesimon membranaga kirgan bo‗ladi, membrana esa karbonat kalsiy- otolitlardan tashkil topadi. Tukli retseptor hujayralarning qo'zg‗alishi otolit membranasini siljitib, tukchalarni bukishi natijasida ro‗yobga chiqadi. Hid biluv hujayralari milliondan ortiq har xil hid taratuvchi moddalar molekulasini ajrata oladi. Shunday bo‗lsa ham, retseptor hujayraiaming fiziologik qo‗zg‗alishi shu hujayra uchun harakterli bo‗ Igan molekula yuzaga chiqadi, ammo hid taratuvchi moddalaming spektri juda kengdir. Lekin bu spektr har xil hujayralar uchun bir xil bo‗lishi mumkin. Shundan bo'lsa kerak 50% i ortiq hid taratuvchi moddalar xohlagan ikkita hid biluv hujayralar uchun umumiy bo‗ladi.
Yaqingacha tadqiqotchilar past darajadagi molekulalami ajratish Ularning membranasidagi ko‗plab hid biluv retseptor oqsiliarini bo‗lishiga bog‗liq, deb o‗yIardilar. Hozirda shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, har bir hid biluv retseptor hujayra membranasida faqat birxiloqsil bo‗ladi. Bitta oqsil turli xil hid taratuvchi moddalar molekulasi bilan bog‗ lana oladi.
Elektroolfaktogramma. Hid biluv epiteliysi yuzasidan yozib olingan summar elektr potensialiga elektroolfaktogramma deb ataladi. Bu monofazali negativ tolqin bo‗lib amplitudasi 10 mvgacha yetadi va birnechasekund davom etadi. Ba‘zida elektroolfaktogrammada potensiaining pozitiv og‗ ishlarini ham payqash mumkin, agar uzoq vaqt davomida ta‘sir etilganida katta negativ to‗lqin yozib olinadi.
Nazorat savollari
Quloqning tuzilishi va fiziologiyasi