O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tovush tebranishlarining chig'anoq kanallari orqali o'tishi



Download 0,74 Mb.
bet127/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Tovush tebranishlarining chig'anoq kanallari orqali o'tishi. Tovush tebranishlari uzangi orqali oval darcha membranasiga o ‗tib, chig‗anoqning yuqori va pastki kanallaridagi perilimfani tebrantiradi. Perilimfaning tebranishlari yumaloq darchaga yetib borib, yumaloq darcha membranasini tashqariga siljitadi. Vestibulyar membrana juda yupqa parda bo‗lib, yuqori kanal perilimfasining tebranishlari shu parda orqali o ‗rta kanal endolimfasiga bemalol o‗ta oladi. Shu tariqa, yuqori va o‗rta kanallaridagi suyuqlik tebranishlami shunday o‗tkazadiki, suyuqlik membrane bilan to‗silmaganday va ikkala kanal yagona umumiy kanalday tuyuladi. Kortiy organidagi retseptor hujayralarning joylashuvi va tizimi. Asosiy membranada retseptor hujayralar ikki qavat bo‗lib joylashadi. Ularning ichki qavati bir qator retseptor hujayralardan tuzilgan, parda kanalining boshidan oxirigacha bunday hujayralarning umumiy soni 3500 ga boradi. Tashqi tukli retseptor hujayralar 3-4 qator bolib, Ularning umumiy miqdori 12000-20000 ga yetadi. Kortiy organining har bir retseptor hujayrasi cho‗ziqroq shaklda bo‗ladi. Hujayraning bir qutbi asosiy membranaga tayanib turadi, ikkinchi qutbi esa chig‗anoq parda kanalining bo‗shlig‗ida bo'ladi. Retseptoming ana shu ikkinchi qutbida 60-70 ta tuk bor. Retseptor hujayraiaming tuklari ustida parda kanalning boshidan oxirigacha qoplovchi plastinka (membrana tectoria) yotadi.
Eshituv retsepsiyasimexanizmlari. Tovushlar ta'sirida asosiy membrana tebrana boshlaydi, birmuncha uzunroq retseptor tuklari qoplovchi plastinka tegishi natijasida bukiladi. Tukchalaming bir necha gradusga bukilishi nozik vertical iplaming (mikrofiloment) taranglanishiga olib keladi. Vertikal iplarining taranglanishi 1 dan 5 tagacha kanallaming ochilishiga olib keladi. Ochiq kanallar orqali kaliy ionlari oqimi hujayra ichiga kira boshlaydi. Eshituv retseptorining elektrik javobi 100-500 mks dan keyingina yuzaga chiqadi, ya‘ni mexanik ta‘sir berilgandan so‗ng ikkilamchi hujayra ichi tashuvchilarsiz membrana kanaliari ochiladi, bu xossa uni sekin ishlovchi fotoretseptorlardan farqlaydi.
Tukli retseptor hujayraiaming presinaptik membranasini depolyarizatsiyasi sinaptik yoriqqa neyromediatorlar ajralishini ta‘minlaydi (glutamat yoki aspartat).
Mediator post sinaptik membranaga ta‘sir etib, unda qo‗zg‗atuvchi post inaptik potensialni chaqiradi, so‗ngranerv markaziga impulslaming generatsiyasi kuzatiladi.
2Ona vujudidagi homila rivojlanishning oxirgi oylarida tovushga nisbatan ma‘lum reaksiya berishi aniqlangan. Chaqaloqlar turli xil tovushlarni bir-biridan dastlabki ajratish qobiliyatiga ega bо‗ladi. Bola tugilganidan keyin uning eshitish tizimi 1,5 yoshga yetguncha rivojlanib boradi. 3-13 yoshli bolalarda eshitish ancha yaxshi bо‗lib, 14-19 yoshda eng yuqori nuqtaga kо‗tariladi. Turli xil uzoq ta‘sir qiluvchi shovqinlar faqatgina eshitish qobiliyatini pasaytirib yubormasdan, balki kо‗pgina ichki a‘zolar faoliyatiga ham salbiy ta‘sir qiladi. Bunday paytlarda yurak qon tomirlari tizimi ayniksa, katta zarar kо‗radi.
Olib borilgan hisob-kitoblarga qaraganda, bir soat davom etgan 90 db shovqin yosh va о‗rta yoshli soglom odamlarda miya yarim sharlari pо‗stlogi qо‗zgaluvchanligini ancha kuchsizlantirib, harakat koordinatsiyasini buzadi, kо‗rish о‗tkirligini va tо‗q sariq rangga sezgirlikni pasaytiradi. Bunday kuchga ega shovqin mashinalar serqatnov kо‗chalarda mavjud bо‗ladi. 120 db shovqinda 4-5 yil ishlash natijasida har xil asab kasalliklari yuzaga keladi. Bunday
kishilarda bosh og‗rishi, uyqusizlik, asabiylashish, endokrin bezlar faoliyatining yomonlashuvi, yurak urishining о‗zgarishi, qon bosimining pasayishi yoki kо‗tarilishi kabi holatlar paydo bо‗ladi. Traktorchilarda ishdan keyin 0,5-2 soat davomida quloq shang‗illashi, eshitish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish