Mavzu: KO‗RISH ORGANLARI FIZIOLOGIYASI
Dars rejasi
Kо‗rish analizatori.
Ko'z fiziologiyasi.
Akkomodatsiya
Ko'zning moslashishi
Kо‗rish analizatori. Kо‗z asosan uch qavatli kо‗z olmasidan iborat bо‗lib, unda tashqi oqsilli yoki sklera, о‗rta tomirli va tur qavatlar farq qilinadi. Sklera qavat (qalinligi 1 mm) kо‗z olmasining oddingi qismida tiniq shox qavat hosil qiladi. Shox qavat endi tugilgan bolalarda kattalarnikiga qaraganda qalin va bо‗rtibroq turadi. Sklera tagida joylashgan tomirli qavat 0,2-0,4 mm qalinlikka ega bо‗lib, unda qon tomirlari kup, kо‗zning oddingi qismida u kipriksimon tana va rangdor qavatga aylanadi. Kipriksimon tanada о‗z navbatida kо‗z gavhariga tutashib, uning egriligini о‗zgartirib turadigan muskullar mavjud. Kо‗z gavhari ikki tomoni bо‗rtib chiqqan linza shaklida, u chaqaloqlarda tiniq va ancha qabariq holda bо‗ladi. Rangdor qavat kо‗z rangini belgilaydi va uning о‗rtasida kо‗z qorachig‗i mavjud bо‗lib, shu joyda joylashgan muskullar yordamida о‗z kо‗lamini о‗zgartiradi va buning oqibatida kо‗z ichiga tushadigan yorug‗lik kо‗payib hamda kamayib turadi. Endi tugilgan bolalarda qorachiq ancha tor, 12-13 yoshlarga kelib esa uning yoruglikka nisbatan reaksiyasi katta odamlarnikiga tenglashadi. Shox va rangdor qavatlar hamda rangdor qavat va gavhar orasida tegishli ravishda birlamchi va ikkilamchi kо‗z kameralari bо‗lib, ulardagi suyuqliik qon tomirlari bо‗lmagan gavhar va shox qavatni oziq moddalar bilan ta‘minlab turadi. Gavharning orqa tomonida tiniq yelimsimon suyu klik bо‗lib, uni shishasimon tana deyiladi. Uchinchi qavat yoki kо‗z olmasining ichki yuzasi murakkab tuzilishva funksiyaga ega tо‗rsimon qatlamdan iborat (qalinligi 0,2-0,4 mm). Uning о‗rta qismi sariqg‗tshyG deyiladi. Unda yorug‗lik qabul qiluvchi kolbachalar va tayoqchalar shaklidagi hujayralar bor. Tayoqchalar oq-qoraning farqiga borsa, kolbachalar rangli kо‗rishni amalga oshiradi. Kо‗ruv analizatori. Kо‗ruv sensor tizimi boshqa analizatorlar orasija alohida о‗rin tо‗tadi. Chunki bu tizim miyaga keladigan axborotlarning 90 % ni yetkazadi. Bundan tashqari, kо‗ruv analizatori organizmda fotoretseptorlarga esa bо‗lgan yagona tizimdir. Atrofidagi narsalarni kо‗rishimizning sababi shundaki, biror bir manbadan ularga tushgan nur qaytarilib, kо‗zga tushadi va fotoretseptorlarga qо‗zg‗alishning rivojlanishiga sabab bо‗ladi. Kо‗ruv obrazning shakllanishi aks ettirilgan nurlarni tо‗r pardaga aniq proyeksiyalashdan boshlanadi va analizatorning pо‗stloq markazida kо‗ruv doirasida qanday jism borligi tо‗g‗risida xulosa qilish bilan tugaydi. Chap va о‗ng, past va tepada bо‗lgan harakat qiluvchi jismlarni kо‗rish uchun kо‗zni turli tomonlarga harakatlantiriladi. Shuning uchun odam va aksariyat hayvonlarning kо‗zi sharsimon shaklda bо‗ladi. Kо‗zning optik tizimi va kо‗z akkomodatsiyasi. Shox parda, gavhar va shishasimon tana kо‗zning optik tizimini tashkil etadi. Kо‗zning optik tizimi narsalarning kichraygan va teskari aniq tasvirini tо‗r pardada hosil qiladi. О‗zoqdagi narsalarga qaralganda kо‗z optik tizimining umumiy nur sindirish quvvati 59 dioptriya chamasida, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5
dioptriyagacha oshadi. Buning sababi, о‗zoqdagi narsadan nurlar kо‗zga parallel ravishda tushadi va ularni tо‗r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bо‗lmaydi. Yaqin masofadagi jismdan kо‗zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni tо‗r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish kerak. Bu gavharning qavariqligini oshirish bilan erishiladi.
Kо‗zning tо‗r pardadan turli masofada bо‗lgan narsalarni ravshan kо‗rishga moslashuvi akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiyani ta‘minlaydigan kipriksimon muskullarni kо‗zni harakatlantiruvchi nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar innervatsiyalaydi.
Yosh, sog‗lom kishining о‗zoqdan kо‗rish masofasi cheksiz. О‗zoqdan narsalarni kо‗z akkomodatsiya mexanizmisiz ravshan kо‗radi. Tiniq kо‗rishning eng yaqin nuqtasi kо‗zdan 10 sm masofada. Undan yaqin bо‗lgan narsani akkomodatsiya mexanizmi kuchaytirilganda ham aniq kо‗rib bо‗lmaydi. Yosh ulg‗aygan sari kо‗zning akkomodatsiya kuchi kamaya boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |