Qisqa muddatli xotira.Tibbiyot amaliyotida odamda ayrim kasalliklar davrida miyani eslab qolish qobiliyati yo‗qo!adi vaholanki yaxshi esda saqlangan narsalarni yaxshi eslaydi. Bu miyani chayqalishi, kuchli alkogolizmga uchragan odamlarda kuzatiladi. Ruhshunoslar kuchli ruhiy iztirobga tushgan odamlar ham shu voqeadan oldingi voqealarni eslay olmaganmi ko ‗rsatishgan. Ular ham oldin esda qolgan voqealarni yaxshi eslashadi. Shularni hisobga olib E. Xebb (1949 y) xotirani qisqa va uzoq muddatli xotiraga bo‗ldi.
Qisqa muddatli xotirani buzilishi miyaga voqelikdan keyin kuchli ta‘sir qilinishi bilan bog‗liq. Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalar asosida shu narsa aniqlandiki hayvonni biror narsaga o ‗qitilgandan so‗ng miyasi kuchli ta‘sirga uchrasa o ‗rganilgan narsa yo‗q bo ‗lib ketadi, awalgi olgan malakalari esa saqlanib qoladi. Miyaga farmokologik dorilar, narkotiklar, o ‗ta sovitish, kislorod bilan ta‘minlanishni buzilishi kuchli ta‘sir ko‗rsatadi.
Tajribada sichqonlar maydonga chiqib elektr toki urgandan keyin unga chiqishdan o ‗zlarini olib qochadilar. Maydonchada elektr toki ta‘siriga uchragan sichqonlarni dastlabki 30 s davomidagi xulq-atvori kuzatilgan. Agar sichqonni tok urgandan keyin 10 min. vaqt ichida efir narkoziga uchratilsa, maydonchadan qochuvchi shartli refleks y o ‗qolib, sichqon yana maydonga chiqaveradi. Efir narkozini 16-20 min o ‗tkazib berilsa shartli refleksni qisman buzgan 24 min. dan keyin berilgan narkoz esa hosil b o ‗lgan shartli refleksga mutlaqo ta‘sir qilmaydi.
O‗tkazilgan tajribalar natijalari shuni ko‗rsatmoqdaki, tanlab qisqa muddatli xotirani yo‗q qilish mumkin yoki qisqa muddatli xotirani qoldirib uzoq muddatli xotirani o‗chirib tashlash mumkin ekan.
Maymunlarda o ‗tkazilgan tajribalar asosida quyidagi xulosaga kelindi. Qisqa va uzoq muddatli xotiralarni mexanizmlari bir-birlari bilan mustahkam bog‗langan bo‗lib, bir jarayonni ketma-ket davrlari hisoblanadi. Birinchi davrda xotira izi kuchsizroq, ikinchi davrda esa mustahkamroq bo‗ ladi.
Uzoq muddatli xotira. Odamlaning bilimlari, hayvonlarni hayotiy tajribalari uzoq muddatli xotira shaklida bo‗ladi. Uzoq muddatli xotiraning mexanizmi
haqida turli xil fikrlar mavjud.
Qisqa muddatli xotira mexanizmini ko‗pchilik qo‗zg‗alishni neyronlaning yopiq zanjirida aylanishi bilan tushuntiradi. Buni morfologik asosi bo'lib markazda neyron bog‗lanishlarida qaytar boglanish bog‗lari mavjudligi tajribada isbotlangan (R. Lorente de No, 1934). Shartli va shartsiz ta‘sirlar yuqoridagi bog‗lardan o ‗tib neyronlarni qo‗zg‗atish hisobiga ularda mustahkam o‗zgarishlar hosil qilib uzoq muddatli xotirani hosil qiladi. Haqiqatda qisqa muddatli xotirani buzuvchi barcha ta‘sirlar impulslarni yopiq nerv zanjirlarida harakatlanishini buzadi. Biroq keyingi tajribalarda yopiq nerv zanjirlarida q o ‗zg‗atuvchi neyronlar bilan birga tormozlovchi neyronlar ham mavjudligi aniqlandi.
Elektro- fiziologik tadqiqotlar natijasida qisqa muddatli xotira posttetanik potensiallanish hisobiga hosil b o ‗ladi degan fikrlar mavjud.