O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet122/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Nazorat savollari 1.Uyqu tush ko‗rish 2.Gipnoz nima

  1. Xotira haqida ma`lumot bering

  2. Oliy nerv faoliyatining tiplari ma`lumot bering



  1. Mavzu: SEZGI ORGANLARI FIZIOLOGIYASI


Reja:

  1. Analizatorlarning umumiy tasnifi.

  2. Analizatorlar tuzilishining va faoliyatining asosiy tamoyillari.

  3. Kо‗ruv analizatori.

  4. Eshituv analizatori.

  5. Termoretseptor va ularning adaptatsiyasi.

  6. Og‗riq retseptorlari.

  7. Hid bilish retsepsiyasi.

  8. Ta‘m bilish retsepsiyasi. Adabiyotlar: 1 (379-424); 4 (373-501).



Tayanch sо‗zlar: analizator, retseptor, mexanoretseptor, termoretseptor, xemoretseptor, fotoretseptor, signal, adaptatsiya, kо‗z, akkomodatsiya, refraksiya, tо‗r parda, quloq nog‗ora, chig‗anoq, tovush vestibulyar teri, burun, hid.

Analizatorlarning umumiy tasnifi. Barcha tirik organizmlar о‗z hayotini va turini davom ettirish, har xil xavf-xatarlardan о‗zini himoya qilish, ma‘lum maqsadga erishish uchun vaqt va fazoni, tashqi muhitning asosiy xossalarini yaxshi his etish zarur. Analizator yoki sensor tizimlar ana shunday imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.


Sensor tizimning qanday bо‗lishidan qat‘iy nazar, uning tarkibida uchta asosiy qism mavjud bо‗ladi. 1) ta‘sirotlarni qabul qiluvchi, maxsus ixtisoslashgan retseptor neyron; 2) retseptor neyronlar birligi (bloki) yoki ma‘lumotlarni qabul qiluvchi birlamchi markaz; 3) birlamchi markazlardan о‗tgan ma‘lumotlarni qabul qiluvchi bitta yoki bir nechta ikkilamchi yoki birlashtiruvchi markazlar. Yuqori darajada tuzilgan organizmlarda birlashtiruvchi markazlar bir-biri bilan bog‗langan. Ularning о‗zaro munosabatlari natijasida ichki hamda tashqi muhit о‗zgarishlari idrok etiladi.
Ixtisoslashgan retseptorlar qabul qilgan turli fizikaviy ta‘sirlar (nur, tovush, issiq, sovuq) harakat potensialiga aylantiriladi va bu nerv impulslari tarzida ma‘lum sezgini shakllantiruvchi markazga о‗zatiladi.
Markazga yetib kelgan impulslardan ma‘lumot olinadi. Masalan, gulni kо‗rganimizda uning rangi, hidi, shakli va ungacha bо‗lgan masofani aniqlaymiz. Bu ma‘lumotlar birlamchi markazdan ikkilamchi va integrativ markazga о‗tkaziladi; undan sо‗ng his qilinadigan narsa haqida fikr shakllanishi davom etadi. Integrativ markazlarga bu ma‘lumotlarga qushni markazlardan kelgan va xotirada mavjud bо‗lgan ma‘lumotlar ham qо‗shiladi. Shunda о‗sha narsa yohud voqeani his etish mujassamlashadi. Usha gul tо‗g‗risida kо‗ruv analizatori orqali olingan ma‘lumotlarga hid bilish analizatori orqali olingan ma‘lumotlar qо‗shiladi. Gul tо‗g‗risidagi tuyg‗u tо‗liqlanadi, shu gulni ilgari kо‗rganini taqqoslash orqali idrok etiladi.
Sensor tizimlarning har biri qabul qilinadigan signalning bitta yoki bir nechta xossasini ajratadi. Masalan, kо‗ruv analizatori yordamida rang va yorug‗lik sezilsa,
tam bilish analizatori achchiq, shirin, nordon, shо‗rni sezish imkonini beradi. Hid bilish analizatori esa xushbо‗y yoki badbо‗yligini va hakoza. Sensotizimlarning bunday ajratgan holda sezishi, ular uchun maxsus ixtisoslashgan retseptorlarning borligidan dalolat beradi.
Kabul qilishi mumkin bо‗lgan adekvat ta‘sirlovchilarga qarab, retseptorlarning quyidagi turlari mavjud.

  1. Mexanoretseptorlar. Bunday retseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a‘zolari, tayanch-harakat apparati, eshituv va muvozanat saqlash tizimlariga xos.

  2. Termoretseptorlar. Bu retseptorlar issiq va sovuqni sezuvchilar haqida, asosiy qismi terida joylashgan.

  3. Xemoretseptorlar. Ximiyaviy omillar ta‘siriga sezgir retseptorlar.

  4. Fotoretseptorlar – nur energiyasini qabul qiladi. Yorug‗lik kuchini ajratish va rang kо‗rish imkoniyatini beradi.

  5. Og‗riq retseptorlari – og‗riqni paydo qiluvchi ta‘sirotlarni qabul qiladi. Bu sezgi organizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga о‗ta kuchli ta‘sir qilganda paydo bо‗ladi.

Analizator tizimining va faoliyatining umumiy tamoyillari. Barcha analizatorlarning tuzilishda quyidagi umumiy tamoyillar kuzatiladi.

  1. Kо‗p qavatlilik. Analizator tarkibida bir nechta qavat neyron bor, ulardan birinchisi retseptorga bog‗liq, oxirgisi esa miya pо‗stlog‗ining assotsiativ sohasidagi neyronlarga kelib tо‗xtaydi. Bunday kо‗p qavatlilik organizmning signallarga tezlik bilan javob berishiga imkon beradi.

  2. Kо‗p kanallik. Neyronlar qavatining har biri juda kо‗p (10 mingdan milliongacha) nerv unsurlari borligi va keyingi qavatdagi neyronlarga bog‗liqligini kо‗rsatadi.

  3. Yonma-yon qavatlarda unsunlar sonining teng emasligi. Masalan, kо‗ruv tizimida retseptorlar soni 130 mln bо‗lsa, kо‗zdan chiquvchi nervni tashkil etuvchi neyronlarning soni undan 100 marotaba kam, 1 mln.250 ming atrofida. Bu nisbat shundan dalolat beradiki, miyaning har qanday yakka retseptorda vujudga kelgan impulsni qabul qilolmasligidandan. Ma‘lumot MNT ga yetguncha bir necha marta saralanadi. Kо‗p sonli qavatdan unsurlar kam qavatga о‗tish jarayonida ikkinchi darajali ma‘lumotlar о‗tkazilmaydi. Buni torayib boruvchi «voronka» sifatida miyaga о‗tkaziladigan ma‘lumotlarni kamaytiradi va faqat muhim axborotlarnigina о‗tkazadi.

Kо‗ruv analizatorida shuningdek kengayib beruvchi «voronka»ni ham uchratamiz. Miya pо‗stlog‗ining kо‗ruv sohasidagi neyronlar soni pо‗stloq osti kо‗ruv sohasidagi neyronlardan ming marta kо‗p. Keyingi «voronka» signallarning turli xossalarini taxlil qilish imkoniyatini beradi.

  1. Analizator unsurlarining vertikal va gorizontal bо‗yicha tarqalishi shular jumlasidandir.

Analizatorlar signallarni qayta ishlash jarayonida kо‗p operatsiyalarni bajaradi.
Bular:

  1. signallarin topish.

  2. signallarni bir-biridan ajratish

  3. signallarni о‗tkazish va о‗zgartirish

  4. ma‘lumotlarni kodga solish

  5. signallarning u yoki bu xossalarini detektorlash

  6. obrazni tanish.

  1. Signallarni topish. Bu vazifani retseptorlar bajaradi. Ba‘zi retseptorlarning kipriksimon о‗simtalari avtomatik ravishda harakat qilishini ta‘sirlovchini faol holda izlash, deb baholansa bо‗ladi.

  2. Signallarni farqlash. Analizatorlarning mutloq sezgirligini ularni rag‗bat (stimul) kuchidagi farqni aniqlash qobiliyatidan ajratish kerak.

Analizotor ikki rag‗bat kuchidan ma‘lum farq bо‗lmasa, ularni, ajrata olmaymiz. Masalan, kaftimizda og‗irligi 100 g bо‗lgan kadok tosh bor. Yuk kо‗targanda farq sezilarli bо‗lishi uchun ikkinchi massa birinchisidan kamida 3 % og‗ir bо‗lishi lozim. Demak biz 100 grammni 103 grammdan ajrata olamiz (200 g ni
206 grammdan). Bunda 3 % farqlash bо‗sag‗asi bо‗lib, о‗zgarmaydigan kо‗rsatkichdir. Bu qonuniyatni Veber aniqlagan.

  1. Signallarni о‗tkazish va о‗zgartirish. Signallarning о‗zgartirilishini shartli ravishda fazodagi va vaqtdagilarga ajratish mumkin. Signallarning kuchi va nisbatini о‗zgartirish fazodagi о‗zgartirish bо‗lib, kо‗ruv va somatosensor tizimda kо‗proq uchraydi. Masalan, tо‗r pardada ozgina joyni egallagan markaziy chuqurcha miya pо‗stlog‗idagi kо‗ruv sohasiga tо‗r pardaning ancha katta bо‗lgan chet qismidan kо‗proq joyga impulslar yetkazadi.

  2. Ma‘lumotlarni kodga solish. Retseptorlarga mexanik nur va boshqa omillar ta‘sir kо‗rsatadi. Bu ta‘sirotlarni sensor tizimning pо‗stloq markazi qabul qilib olishi uchun uni miyaga mukammal bо‗lgan nerv impulsiga aylantirish kerak. Demak retseptorlar muhit о‗zgarishlari tо‗g‗risidagi axborotlarni kodga solib, miya bevosita qabul qila olmaydigan signallarni «tushuna oladigan» shaklga soladi. Ta‘sirotlarni kodlashga avvalombor, rag‗batning bor-yо‗qligi belgilanishi kerak. Masalan, kо‗ruv analizatorlarida yorug‗lik paydo bо‗lishini (on - neyronlar) va yorug‗lik yо‗qoligini (off – neyronlar) qayd qiladigan yoki yorug‗lik paydo bо‗lganda, ham yо‗qolganida qо‗zg‗aladigan on, off – neyronlar bor.

Rag‗bat kuchini kodlashga sensor tizimlar impulslar tezligini о‗zgartirishdan foydalanadi. Masalan, odam barmog‗i terisida joylashgan yakka mexanoretseptor diametri 1 mm bо‗lgan yuza orqali 0,2 g ga teng bosimli impulslar bilan javob bermaydi. Bosim 0,6 g ga yetkazilsa yakka, siyrak impulslar paydo bо‗ladi. Demak bu reseptorning bо‗sag‗asi 0,6 g atrofida. Bosim 4 g gacha kо‗tarilsa, impulslar chastotasi sezilarli darajada ortadi. Agar bosim kuchi 10-13 g yetsa impulslar soni keskin oshib ketadi.

  1. Signallarni detektorlash. Texnikaviy aloqa tizimlarida axborotlar ma‘lum manzilga о‗zatilishidan avval kodga solinadi, manzilga yetganida esa koddan chiqariladi.Sensor tizimlarda dekodlash, masalan, tovush retseptorlardan impuls sifatida markazga yetib kelganda yana tovushga aylanishi kо‗zatilmaydi. Bu tizimlarda detektorlash sodir bо‗ladi, ya‘ni ta‘sirlovchining ayrim belgilari tahlil qilinadi va ularning biologik ahamiyati baholanadi. Bu tahlilni maxsus ixtisoslashgan detektor neyronlar bajaradi. Masalan, kо‗ruv sensor tizimining miya pо‗stlog‗idagi detektor neyronlari yо‗l-yо‗l chiziq kо‗ruv sohasining ma‘lum qismida bо‗lib, muayyan burchak hosil qilgandagina qо‗zg‗aladi. Burchak о‗zgarsa

yoki chiziq kuruv doirasining boshqa qismiga о‗tsa, bu neyronlar qо‗zg‗almaydi, ammo boshqalari faol holatga о‗tadi.

  1. Obrazni tanish. Obrazni tanish analizatorning sо‗nggi va eng murakkab vazifasi. Bu jarayon obrazni xarakterlash, uni organizm oldin uchratgan va tanish bо‗lgan obyektlarning qaysi bir guruhiga mansubligini aniqlashdan iborat. Bunga afferent signallarni batafsil qayta ishlash, ularning ayrim belgilarini ajratish va bu belgilarni detektor neyronlar tomonidan alohida tahlil qilish yо‗li bilan erishiladi.

Obrazni tanishning mohiyati miyada ta‘sirlovchining modelini kо‗rish va unga о‗xshash boshqa modellardan farqlashdir. Obrazni tanish orqali biz oldimizda kim yoki nima tо‗rganini, kimning ovozini eshitganimizni, qanday hid yoki ta‘m sezayotganimizni idrok etish imkoniyatini beradi.
Odam vujudi uni о‗rab olgan tashqi muhit hamda о‗zining ichki muhiti haqidagi axborotlarni maxsus sezgi a‘zolari yoki analizatorlar orqali qabul qilish xususiyatlariga ega. Tashqi va ichki ta‘sir etuvchi omillar о‗z tabiatidan qat‘iy nazar nerv tizimida tegishli nerv impulvslariga aylanib, ma‘lum tasavvurni hosil qiladi. I.P.Pavlov har bir analizator uchta asosiy, ya‘ni retseptor yoki sezuvchi, о‗tkazuvchi hamda markaziy qismlardan iborat, degan ilmiy asoslangan umumlashtiruvchi ta‘limot yaratdi.
Retseptor qism qabul qilingan qitiqlagichlarni tegishli nerv impulslariga aylantirib beradigan maxsus nerv hujayralari yoki nerv uchlaridan tashkil topgan bо‗lib, tuzilishi va muhit ta‘sirotlarini qabul qilishga moslashgan turlari bilan bir- biridan farq qiladi (kо‗z retseptorlari yorug‗lik nurini, quloq retseptorlari tovush tо‗lqinini va hokazo).
О‗tkazuvchi qism ma‘lum analizatordan markaziy nerv tizimi orqali miya yarim sharlari pо‗stlog‗igacha boradigan nerv tolalaridan iborat. Markaziy qism yarim sharlar pо‗stlogidagi aynan belgilangan sezgi a‘zosining sohasi bо‗lib, u ichki va tashqi muhitdan kelgan impulslarni markaziy tahlil qiladi.
Sezgi a‘zolari bir-biri bilan yaqindan boglanib faoliyat kо‗rsatadi va bu narsa yashayotgan muhit haqida tо‗liqroq tasavvurga ega bо‗lish va uni idrok qilish imkoniyatini beradi. Yana shu narsani qayd qilish joiz-ki, bola tugilganidan boshlab barcha analizatorlar orqali uning markaziy nerv sistemasiga tegishli axborotlarning borib turishi uning har tomonlama barkamol bо‗lishini ta‘minlaydi, aks holda, ya‘ni analizatorlarning yetarli ishlamasligi yoki yetarli faoliyat kо‗rsatmasligi kishining aqliy jihatdan yetuk bо‗lishiga salbiy ta‘sir qiladi.
Odamda kо‗rish, eshitish, vestibulyar, ta‘m bilish, hid bilish, teri va ichki analizatorlar mavjud bо‗lib, shundan oxirgisi somatosensor tizim deb ham ataladi, chunki u kup tarmoqli bо‗lib, teriga ta‘sir kо‗rsatuvchi issiq, sovuq, bosim, tebranish, og‗riq kabi ta‘sirotlarni hamda bо‗g‗im va muskullardagi proprioretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qilib, dastlabki tahlil qiladi va markaziy nerv tizimiga о‗tkazadi

  1. Download 0,74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish