O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti. Sirtqi 9. guruh. Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi Sultonova Shahnoza Morfologik so‘z shakllari mavzusidagi


II bob. Morfologiyaning xususiyatlari



Download 62,01 Kb.
bet6/10
Sana26.01.2022
Hajmi62,01 Kb.
#412039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi1.,,

II bob. Morfologiyaning xususiyatlari

2.1 Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqa

Leksikologiyaning ilk mavzusi – so’zning o’z va ko’chma ma’nosi hamda ularning ishlatilshi – bevosita uslubiyat (aniq va ba’diiy nutq) munosabatlari bilan aloqador holda izohlanadi. So’zning o’z va ko’chma ma’noda qo’llanilayotganini farqlash uchun ularning har biriga ma’nodosh so’zlar tanlash maqsadga muvoffiqdir. Bu o’quvchining nafaqat so’z boyligini, balki so’z ma’nolarini to’g’ri sharhlash va tushinishga imkon beradi. Masalan: “Hovlida bir necha xil gul bor. Ularni bobom o’tqazgan…” matni bilan, “Bu hovlida bir gul bor. Uning nomi Saodat…” matnlarini taqqoslash asosida gul so’zning birinchi matndagi uyadoshlari – daraxt, ko’chat, buta, ikkinchi matnda esa – qiz, farzand so’zlari ekanligi osonlikcha aniqlanadi. 21 Bolalar diqqatini matnlarda so’zlarni uyadoshlari bilan almashtirish qanday natija berishiga qaratish, ularning mushohadasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beradi: 1. Hovlida har xil gul (daraxt, ko’chat) bor. 2. Hovlida bir gul (qiz, farzand) bor. Bunday taqqoslashlar bolaning nutqi go’zallashishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uyadosh so’zlarni o’rganish jarayonida umumiy ma’noli (ot – daraxt, 1karavat, idish, gul, uy) va xususiy ma’noli (somon, yo’rg’a, to’siq, qorabayir) va hokazo. terak – tol – qayin – qayrag’och – archa – tut – orik sigir – ho’kiz – buqa – g’unajiv – buzoq kabi so’zlar ustida, ularning ishlatilish o’rni ustida ishlash zarur. Yuqorida matnni (ideografik usulda) o’rgatish natijasida bolalar bir nomlarni ifodalovchi xususiy so’zlarni topish, aniqlash va bilishga ko’p qiziqadilar va bunday topshiriqlar mustaqil holda bajariladi. 5-sinf o’quvchilariga bu mavzuga oid quyidagi topshiriqlarni berish topshirilishi mumkin: inson so’zining ma’nodosh va uyadoshlarini topib, alohida guruhlang. Ma’nodoshlari Uyadoshlari Ma’no darajalari Ma’nodoshlari inson erkak – ayol chaqaloq farzand odam o’g’il – qiz go’dak bola 22 shaxs aka – opa murg’ak zurriyod banda uka – singil norasida tirnoq mo’min kuyov – kelin bola voris musulmon ota – ona o’smir merosxo’r yigit qiz

Ma’nodoshlar ustidagi ish jarayonida o’quvchilar so’zlarning faol yoki passiv ishlatilishini anglab yetadi. Sinonimlar ustidagi ishlar o’quvchilar nutq boyligini oshiradi, ularning bitta ma’no ifodalashdagi ortiqcha takroriylikdan qutilishga yordan beradi. Ma’nodash so’zlar – tilimizning leksik boyligi. Undan qancha o’rinli foydalanilsa, fikrni ravon, go’zal ifodalash imkoniyatlari shuncha kengayadi, so’zdan to’g’ri va samarali samarali foydalanish malakalari shakllanadi. Zid ma’noli so’zlar ustida ishlash o’quvchilar so’z boyligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular nutqqa alohidalik, aniqlik, ifodalilik, ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Ualrdan foydalanish usullari xilma-xil. Nutqni zid ma’noli so’zlar bilan boyitishda xalq maqollarining o’ziga xos o’rni va vazifasi bor. Zid ma’noli so’zlarning ma’nosini, tuzlishini bilish – narsa va hodisalar orasidagi farqni to’g’ri ajrata olish imkonini beradi1 . Bizning lug’atimizda tovushlar tarkibi va yozilishi jihatdan bir xil, ammo ma’nosi har xil so’zlar mavjud. Ular ma’nolariga ko’ra turli buyum, voqea-hodisa, tushunchalarni anglatadi. Bunday so’zlarni o’rganish o’quvchilar so’z boyligining oshishiga olib keladi. 23 Lug’at sathini o’rganish nafaqat so’zlarning shakl va ma’no munosabatlarini o’rganishga, uslubiga emas, balki, so’z yasalishi, ayniqsa otlar, sifatlar va ravishlarning yasalishi bilan uzviy holda olib borilishi lozim. Chunki ma’nodosh so’zlarning, zid ma’noli so’zlarning, eskirgan va yangi so’zlarning o’zaro minglab takror va juft so’zlarni hosil qiladi. O’quvchilar tafakkurini rivojlantirishda juft va qo’shma so’zlar, takror yasama so’zlarning qo’llanilishini puxta o’zlashtirishga harakat qilishadi. O’quvchilarga “atama” (termin) mavzusini chuqurroq va ijodiy ruhda o’tishdir. 5- sinf bolalari bir qator fanlarning asosiy tushunchalari bilan tanishadi. Shuning uchun bu mavzuni o’rganayotganda “oddiy so’zlar” va atamalar orasidagi shakl va ma’no munosabatlariga alohida e’tibor berish kerak.

Tilshunoslikning leksikologiya bo’limi so’z va uning ma’nolarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Shu sababli, leksikologiya o’quvchi so’z boyligini oshirish va boyitishda katta ahamiyatga ega.1 Bu bo’limni o’rganish jarayonida grammatik hamda lug’aviy, o’z va ko’chma ma’nolari, bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar, ma’no ko’chish usullari, ma’nodosh, uyadosh, zid ma’noli shakldosh so’zlar, talaffuzi yaqin ma’nosi farq qiluvchi – paronim so’zlar, umumxalq ko’p ishlatadigan va kam ishlatadigan so’zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo’lgan va eskirgan, kasb-hunarga oid so’zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi. O’quvchi nitqning go’zalligi, izchilligi, ta’sirchanligi asosan ularning lug’at boyligi bilan bog’liq. Boshlang’ich sinfdan boshlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlarigacha bo’lgan davrda o’quvchilar o’rganadigan so’zlar lug’ati kengaytirilib boriladi.

Morfologiyani o’rganish sintaksis bilan uzviy bog’liq holda olib borilishi lozim. Morfologiyani o’rganish jarayonida o’quvchilar tilning adabiy me’yorlari, so’zning shu me’yorlar doirasid1a o’zgarishi va yasalishi, grammatik xususiyatlari, so’zni nutqda to’g’ri va o’rinli ishlatish printsiplari bilan tanishadilar. So’z turkumlari mavzusini o’rganishda so’zning tarkibi, yasalish jarayoni bilan tanishish orqali o’quvchilar so’zning lug’aviy va grammatik xususiyatlarini kuzatish, farqlash, o’zaro qiyoslash, ularni nutq vaziyatiga mos ravishda to’g’ri tanlash va to’g’ri qo’llash malakalarini egallaydilar, lug’at xazinasini boyitadilar. Morfologiya va sintaksis bog’liqligining bosh sababi shundaki, so’z o’rgatuvchi qo’shimchalarning ularda mujassamlashgan va morfologiyada o’rganilgan mohiyati – qo’shimchalarning sintaktik vazifalari nutqida qo’llanilishida namayon bo’ladi. Shuning uchun morfologiya va sintaksis – qo’shimchalarning morfologik mohiyati va sintaktik vazifasi bir-birini to’ldirib turadi. Grammatik formaning sintaktik tavsifi shunday munosabatlarni – uni forma o’zining muayyan ma’nolarga egaligi evaziga sodir qiladi; formaning morfologik mohiyati esa sintaktik qo’llanishning o’ziga xosligi bilan belgilangan ma’nolari jamidir.

Morfologiyani o’rganish o’quvchining mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini kengaytiradi, so’zning turli shakllarini o’rganish va yangi so’z hosil qilish, ularni o’zaro qiyoslashga tanlash, tanlab olingan so’zni gap tarkibida hamda bog’lanishli nutqda o’rinli ishlatish ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’zbek tilida so’z turkumlarini o’rganish boshlang’ich sinflarda o’rganilgan bilimlarga asoslangan holda olib borilishi, egallangan B.K.M. lardan foydalanib, mustaqil ijodiy fikr ifodalash mahorati shakllantirishi lozim. 25 Morfologiya leksikologiya bilan, tilning lug’at sathi bilan uzviy bog’liqdir. Buning bosh sababi shundaki, morfologiyada so’z shakllari va ularning ma’nosi o’rganiladi. So’z shakllarining ma’nolari esa so’zlarning u yoki bu ma’no xususiyati bilan bog’liqdir. Ko’plik qo’shimchasi -lar kishi otlariga qo’shilganda bir ma’noni anglatsa, joy nomlariga qo’shilsa boshqa ma’noga, bo’linmas yaxlit moddadagi so’zlarga qo’shilganda butunlay boshqa ma’noni kashf etadi. Morfologiyaning so’z yasash bilan aloqasi qaysi yo’l bilan bo’lmasin u yoki bu so’z turkumi vakilining sodda yoki qo’shma shaklini yasashdan iboratdir va har bir yasama so’z ma’lum bir so’z turkumining ma’lum bir ma’no guruhiga mansub bo’ladi. Shuning uchun so’z yasalishi – so’z turkumlari bilan chatishib ketadi. “Induktiv” dasturda so’z yasalishining so’z turkumlari ichiga kiritishning asosiy sababi ham shunda. Shuning uchun morfologiya tilning qolgan barcha sohakari bilan uzviy aloqadorlikda o’rganilishi lozim. Har bir so’z turkumini o’rganayotganda shu turkumning ichki ma’no guruhlarini alohida ajratish va ularga to’xtalish lozim. Ma’lum bir guruhga kiruvchi so’zlar ishtirokida gaplar va matnlar yaratish o’quvchilarning so’zdan nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanish mahoratini yanada kengaytiradi. Qo’shimchalarning ma’nosi va ishlatilishida ikki omil – lug’aviy ma’no omili va sintaktik qo’llanish omili birgalikda olib boriladi.

Morfologik hodisaninng mohiyatini ma’no. lug’at ochib beradi. Mustaqil so’z turkumlari lug’aviy ma’noga ega bo’lib, gapda ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan o’ziga xos so’roqlarga javob bo’ladigan so’zlardir. Ot so’z turkumiga oid so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, to’g’ri yozish, lug’aviy ma’nolarini bilish hamda nutqda to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay olishni o’rgatish – mazkur mavzuning asosiy maqsadi bo’lishi lozim. Umuman olganda, har bir grammatik forma turli xil lug’aviy qo’rshovda, turli xil ma’no va xususiyat kash etadi, hamda bu xususiyatlar faqat nutqiy aloqa vositalari – gaplarda, ya’ni sintaksis sathida yuzaga chiqadi. Nutqda kattani ham, kichikni ham sizlab, uchinchi shaxsga nisbatan “u kishi aytdilar” kabi shakllarni ishlatish ziyolilik belgisi ekanligi bolalar ongiga singdirilishi lozim. Morfologiyaning lug’at, sintaksis va uslubiyat bilan hollarini har bir formada ko’rish mumkin. Sintaksis masalalarini o’rganayotganda nafaqat sintaktik qurilishning morfologiya va so’z formalarining yasalishi bilan aloqadorligi haqida, balki bir hodisaning ikki tomoni to’g’risida gap borayotganligini unutmaslik lozim. Grammatika – morfologiya va sintaksis bo’limlaridan tashkil topadi. Til faninig katta bir qismi – sintaksis, so’z, so’z birikmasi va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birkmasi va gaplarni tashkil etgan bo’laklarning xususiyatlarini o’rganadi. Sintaksis shu jihatdan morfologiyadan farqlanadi. Morfologiya – so’zlarning grammatik xususiyatlarini, tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishini tekshiradi. Bu shakliy tekshirish, albatta lug’aviy ma’no asosida bo’ladi. Siztaksis ana shu so’z shakllar dinamikasini, o’zaro bog’lanishini, ularning gapdagi vazifasini, ma’lum fikrni ifodalashdagi o’rnini o’rganadi. Til jamiyatning eng muhim aloqa vositasi sifatida fikrni shakllantiradi, ifodalaydi, bayon qiladi. Fikr gap orqali yuzaga chiqadi. Gap haqida egallangan 27 bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda so’z birikmasining ahamiyoti be’qiyos. So’z birikmasi – gapda aniq bir yo’nalishga ega bo’lish, maqsadli fikrlash, gapning ba’diiy bo’yog’ini quyuqlashtirish, uni qiziqarli va mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa. Shuning uchun so’z birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin.

Bu o’quvchining fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning ikki bo’limi emas, balki ikki ko’rinishidir. Maktab grammatikasining sintaksis bo’limida sintaksisga aloqador bo’lmagan ko’p hodisalar uchraydi: vositasiz to’ldiruvchi bilan hol gapdagi o’rni va morfologik formasi bilan emas, balki lug’aviy ma’nosi bilan farqlanadi. Lug’aviy ma’noni esa sintaktik nazardan tushintirib bo’lmaydi. Chunki u leksika va stilistikaning o’rganish obiektidir. Demak, o’zbek tili grammatikasi talqinida beriladigan qo’shma gaplarning tasnifi, yordamchi so’zlar ma’nosi va vazifasi orqaligina sharhlanishi mumkin. Shuning uchun “induktiv dastur” da qo’shma gaplarning ma’no munosabatlari asosidagi tasnifi sintaksisning o’rganish manbayidan kelib chiqadi. Cunki u gap qurilishi bilan emas, balki gaplarning qanday vositalar – fonetik omillar bilan belgilanadi. Qo’shma gaplar orasidagi sintaktik-semantik munosabatlarini morfologiya bilan, birinchi gap kesimining formasi bilan ham uzviy bog’langan. Gap qurilishini (sintaktik hodisani) morfologiya bilan uzviy aloqada bo’lmay turib o’rganish mumkin emasligining yaqqol isboti gap qurilishi talqinida o’z aksini topadi.

Sodda gapning kesimli kategoriyasining shakllari bo’lmish tasdiq, inkor mayl, zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz, ya’ni so’zning xox fe’l bo’lsin, xox ot, sifat, son va hokazo, tuslangan shakllarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kesim mavzusini o’rganish jarayonida o’quvchilar egallagan bilim, ko’nlikma va malakalar mustahkamlanadi, takrorlanadi va qo’yidagi ijodiy topshiriqlar bilan mustahkamlanadi: “O’zbek tili qurilishining izchil kursi”da fe’l morfologiyasini o’tish j1arayonida bolalarga bir bo’lakli, faqat tuslangan fe’l bilan ifodalangan: boraman, yozasan, keladi, ko’rmadim, yozmagansan kabi kabi gaplar yozilgan kartochkalar tarqatilib, ularga bir bo’lakli gaplarni ikki bo’lakli gaplarga aylantirishni topshirish mumkin.

Sintaksisning eng asosiy tushunchasi – “gap” tushunchasi talqini “induktiv” dasturida fonetika, leksika, morfologiya va sintaksis bir butunlikda olingan holda tomoman yangicha talqin etilgandir. Sintaksisning asosiy ob’ekti – gap, axborot, xabar, so’roq, buyruq, his-tuyg’uni ifodalash uchun xizmat qiladigan sintaktik birlikdir.




Download 62,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish