2.2 Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasi
Morfologiya va sintaksis bir-birini to’ldiruvchi, o’zaro munosabatda bo’lgan sohalardir. Gap-turlari – darak, so’roq, buyruq, undov gaplarning bir-biridan farqlanishi, asosan kesmlarning qanday so’z turkumi orqali ifodalanishiga bog’liq. Masalan:1
1. Nosir bu ertakni buvisidan eshitdi.-darak gap
2. Ekskursiyaga kim qatnashmadi? – so’roq gap.
Sintaksis girekcha” Sintaksis” so’zidan olingan bo’lib, ”Tuzish” degan ma’noni anglatadi. Sintaksis gramitikaning bir bo’limi bo’lib, bunda so’zlarning va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birikmalari va gaplarni turlarini, birikish usullarini o’rganadi. Bu jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya so’zlarning tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishi kabilarni kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, ana shu formalarning dindmikasini, ularning funksiyasini ma’lum bir fikrini ifodalashdagi rolini o’rganadi.
So’z birikmalari ham bosh=aruvchi, ya’ni bosh so’zning qanday so’z turkumi ekanligiga qarab, tasnif qilinadi. Sintaksisda esa, ergash gaplar bosh gap tarkibidagi ayrim belgi hususiyatlariga ko’ra ega, kesm, to’ldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga ajratiladi. Demak, har-bir sintaksisning kategoritasi morfologiya bilan bog’langan holda tahlil qilinadi va belgilanadi. Ba’zan esa bu ikki sohani, ya’niy morfologiya va sintaksisni bir-biridan ajratish ham qiyin bo’ladi. Masalan: Kelishiklar morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi. Ammo, morfologiyada, asosan kelishik yolg’iz formal jihatdan, ya’ni kelishikning formasi, qanday so’z turkumiga qo’shilishi tekshirilsa, sintaksisda esa kelishikning vazifasi, qanday so’zlar bilan, bo’laklar bilan bog’lanishi o’rganiladi. Ammo kelishikning vazifasi ham hisobga olinadi. Shuningdek, sintaksis kategoriyalari morfologik kategoriyalarga teng emas. Masalan: Bizning oila - tuk oila. Bu jumladan morfologik jihatdan to’rt so’z, uch xil so’z turkumi bor. (olmosh, ot, va sifat, ot). Sintaksis jihatdan esa faqat bitta bo’lak –ega va kesm mavjud xolos. Demak sintaksisda so’zlar kengroq aspektda, ularning ma’nosi va vazifasi xisobga olingan holda tekshiriladi.
Mazmuniy birliklarning ketma-ket munosabati mazmuniy sintagmatik munosabatni hosil qiladi. Sintaktik birliklarning mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elemntlarning o‘zaro munosabatidir. Sintaktik birliklar o‘rtasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatni ham quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) sub’ekt va predikat munosabati yoki predikativ va sub’ektli munosabat;
2) belgi va predmet o‘rtasidagi munosabat yoki atributiv munosabat;
3) belgi bilan harakat o‘rtasidagi munosabat yoki relyativ munosabat;
4) predmet (ob’ekt) va harakat o‘rtasidagi munosabat yoki ob’ektli munosabat. Sintaktik aloqa yo‘nalishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
a) ikki tomonlama aloqa (koordinatsiya),
b) bir tomonlama aloqa (subordinatsiya). Ikki tomonlama aloqada ikki sintaktik shakl o‘zaro ikki tomonlama-ham chapdan o‘ngga qarab, ham o‘ngdan chapga qarab bog‘lanadi. Har ikki sintaktik shakl bog‘lovchi oladi. Bunday aloqada sintaktik shaklning birini hokim, ikkinchisini tobe deb bo‘lmaydi. Bir tomonlama aloqada tobelanish yo‘nalishi bir tomonlama bo‘ladi: tobelanish yo chapdan o‘ngga qarab yo‘naladi (ikkinchi darajali bo‘laklarning hokim bo‘lak bilan aloqasi) yo o‘ngdan chapga qarab yo‘naladi (bosh bo‘laklarning o‘zaro aloqasi). Tobe qism tobelashtiruvchi vosita yordamida hokim qismga bog‘lanadi. Masalan, kitobni o‘qi, ovqatdan ol, men keldim va boshqalar. Sintaktik birikmalarning makon va zamonga bog‘liq bo‘lmagan o‘zaro assotsiativ munosabati paradigmatik munosabat hisoblanadi. Ma’lum bir asosda o‘zaro assotsialashgan sintaktik birliklar paradigma a’zolari sanaladi. Paradigma a’zolarining umumlashmasi esa ma’lum umumlashmani, kategoriyani hosil qiladi. Sintaktik birlik til tizmasi tarkibida yuqori sath birligi sifatida shakl va mazmun birligidan tashkil topgan bir butunlik ekan, sintaktik birliklar o‘rtasida sintagmatik munosabat ham ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi:
a) shakliy sintagmatik munosabat,
b) mazmuniy sintagmatik munosabat. Ma’lum sintaktik shaklning (gap bo‘lagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan ketmaket munosabati shakliy sintagmatik munosabat sanaladi. Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil bo‘ladi:
a) teng munosabat (tenglanish):
b) tobe munosabat (tobelanish). O‘zaro teng (bir xil) holatdagi sintaktik shakllar munosabati teng munosabat hisoblanadi. Teng munosabatdagi sintaktik birliklar ko‘pincha bir xil grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. O‘zaro teng bog‘lovchilar, sanash ohangi va teng bog‘lovchi vazifasida boshqa vositalar yordamida bog‘lanadi
Sintaksis - sintaktik qurilmalar va ularni hosil qiluvchi sintaktik aloqalarni o‘rganuvchi bo‘limidir. Sintaktik qurilmalarning so‘z, so‘z birikmasi, gap va matn ko‘rinishida namoyon bo‘lishini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |