O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti. Sirtqi 9. guruh. Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi Sultonova Shahnoza Morfologik so‘z shakllari mavzusidagi


I bob. Tilning morfologik qurilishi



Download 62,01 Kb.
bet3/10
Sana26.01.2022
Hajmi62,01 Kb.
#412039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi1.,,

I bob. Tilning morfologik qurilishi

1.1 Morfologiya tushunchasi

Morfologiya (yun. morphe — shakl va... logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi bo'limini bildiradi.

M. so'z turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.

Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (t1izimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega.

Masalan oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi

Morfologiya so‘zning grammatik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarni, ya’ni so‘zning morfologik shakllarni o‘rganadi. Masalan, qalam, qalamning, qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so‘zning qalam so‘zining turli shakllari hisoblanadi. Bu so‘z shakllarining hammasida takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma’noga ega. Birinchi ma’nosi yozish, chizish uchun mo‘ljallangan grafik toshga yog‘och qoplama o‘rnatilgan o‘quv qurolini bildiradi. Uning grammatik ma’nosi esa morfologiyaning tekshirish ob’yektidir. Bir so‘z bilan aytganda, morfologiya so‘z turkumlari va ularning grammatik shakllari bo‘yicha bahs yuritadi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda so‘zlarning leksik ma’nosi ustiga qo‘yilgan umumiy grammatik (predmet, belgi- xususiyat, harakat-holat kabi) ma’no asosiy tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbek tili morfoligiyasining, xususan morfemikaning shakllanishi va uning o‘rganilish ob’yektining to‘g‘ri belgilanishida akademik A.Hojiyevning o‘rni beqiyosdir . … Morfema so‘zining tarkibiy qismi sifatida qaralganligi uchun so‘z tayanch nuqta qilib olinadi. So‘zning shakllari haqidagi talimot morfologiya bo‘lganligi uchun morfema haqidagi fikrlar ham o‘z-o‘zidan, morfologiya tarkibida bayon qilinishi lozim.

O‘zbek tilshunosligida ham morfema haqidagi qarashlar ana shu nazariya tasirida dunyoga keldi. Albatta, milliy fanda milliy mafkura ask etadi.O‘zbek tilshunosligida ham milliy fan bo‘lib, u ham o‘zida milliy msfkura va milliy g‘oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ‘ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o‘rin oladi

Fonema so`z va morfemalar ichida yashaydi. Demak, fonemalar so`z va morfemalarning ichida diskret element sifatida o`zaro sintagmatik munosabatda bo`ladi. Har bir tilda so`z va mortrermalarning ma`lum fonetik strukturasi tiplari (modellari) mavjud. Ammo bu masala shu vaqtga qadar, tilshunosliqda etarli o`rganilmadi. SHu bilan birga, ma`lum so`z bir necha morfemalar munosabatidan tashkil topishi va ma`lum turli morfemik qurshovida turlicha allomorf (variant)lar sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Masalan: qizilQar, qazar (il-o), sarig`-ay(ar)- sarg`ay ( i-o), bilak-i— bilagi (k-g), kabi ( so`zlarda qizil-qiz, sarig`-sarg`, bilakbilagmorflari bir morfemaning ma`lum pozitsiyasiga xoslangan turli variantlaridir. Bu o`rinda k-g allofonlarining almashinuvi hech qavday fonologik funktsiya bajarmaydi. Yoki rus tilidagi beg-u- bejish’ tipidagi almashinuv fonologiyaning ham morfologiyaning ham tekshirish ob`ektiga kirmaydi. CHunki fonologiyaning vazifasi ma`lum tildagi fonemalar miqdori va sistemasini belgilash, shuningdek, fonemalarning pozitsiyalari bo`yicha bo`linishini va har qaysi pozitsiyada fonemalar variatsiyalarining hosil bo`lishini tavsiflashdan iborat bo`lsa, grammatika grammatik ma`no va uning ifodalanish vositalari haqidagi ta`limotdir. Morfologik almashinish, o`z-o`zidan fonetika bo`limida o`rganilmaydi. CHunki, bu erda hech qanday fonetik hodisa yo`q. SHuning uchun, avvalo, yuqorida fonetik almashinishining harakterli xususiyatlariga alohida e`tibor berish, uning tilshunoslikning qaysi bo`limining tekshirish ob`ekti bo`lishi kerakligini aniqlash lozim. Tovush almashinuvi uzoq vaqtlardan buyon lingvistlar tomonidan o`rganib kelinadi. Qiyosiy tilshunoslik o`zining dastlabki taraqqiyot bosqichidayoq tovush almashinuviga katta e`tibor berdi.



1

Ayniqsa, german tillari tadqiqotchilari bu masalani alohida o`rganadilar. Chunki tovush almashinuvi german tillari morfologiyasida asosiy o`rin egallar edi. Yaqin yillargacha hind-evropa tillarida unlilar almashinuvi (ablaut) fonetik hodisa hisoblanib kelinadi. Bunday qarash ayniqsa, yosh grammatikachilar maktabiga 56 (K. Brugman, G. Xirt va boshqatar) xosdir. Ablautga fonetik hodisa sifatida qarash hozir ham ayrim tilshunoslar asarlarida uchrab turadi. Ayniqsa, slavyan tilshunosligida keng tarqalgan. Tovush almashinuvlariga bunday qarashni A.A.Reformatskiy haqli ravishda keskin tanqid qildi.




Download 62,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish