O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti. Sirtqi 9. guruh. Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi Sultonova Shahnoza Morfologik so‘z shakllari mavzusidagi


Morfologiya va uning o'rganish obyekti: so'z shakllari



Download 62,01 Kb.
bet4/10
Sana26.01.2022
Hajmi62,01 Kb.
#412039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi1.,,

1.2 Morfologiya va uning o'rganish obyekti: so'z shakllari

Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so'zlarning tuzilishi va o'zgarishi, so'z turkumlarini o'rganuvchi sohadir. So'z turkumlari va ularning xususiyatlarini tekshirish morfologiyaning muhim vazifalaridandir. Ma'lumki, so'zlar turli grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Grammatik ma'no ifodalashiga ko'ra so'zlar har xil shakllarda bo'ladi. So'zlardagi bunday shakllarni ham.morfologiya o'rganadi. Morfologiya atamasining morfo - shakl, logos - so'z ekanligi ham uning so'z shakllari haqidagi ta'limot ekanligini ko'rsatadi.

Til sathi sifatida morfologiya nisbatan qamrovdor bo'lib, so'z shakllari. so'zlarning tuzilishi va o'zgarishi, so'z turkumlari, ulaming qonuniyatlanni o'rganuvchi ta'limotdir.

So'z shakllari. So'z shakllari hodi1sasi tilshunoslikdagi o'ziga xos hodisalardan biridir. Unda ma'lum so'zning o'z lug'aviy ma'nosini saqlagan holda turli shakllarda qo'llanilishi tushuniladi.

So'z shakllarining o'zgarishi dastlab shu so'zning lug'aviy ma'nosiga daxldor bo'lib. uni qaysi turkumga mansubligini belgilaydi va shu turkumga xos qo'shimchalar asosida o'z shaklanadi.
Masalan, daraxt, odam, gul so'zlari ot turkumiga xos bo'lib o'z shaklini otga xos bo'lgan kelishik, egalik, ko'plik qo'shimchalarini olgan holda o'zgartiradi: daraxtim, daraxtlar, daraxtning. Sifat turkumiga xos so'zlar esa shu turkumga xos daraja hosil qiluvchi vositalarni qabul qilgan holda o'z shaklini o'zgartiradi. Masalan, qizil, qizg'ish, qizilroq. So'z shakllarini o'zgarishidagi bu holat belgilangan, turg'un holat emas. So'z shakllarini o'zgarishi uchun asos bo'ladigan qo'shimchalar, so'zlaming muayyan turkumga taalluqli ekanligini belgilashda muhim bo'lsa-da, boshqa turkumga xos qo'shimchalarni ayniqsa, otlardagi kelishik, egalik ba'zan ko'plik qo'shimchalarini boshqa turkunidagi so'zlar olgan holda o'z shaklini o'zgartadi. Masalan, kattaning, kattalar, mening, ko'pdan va boshqalar.

So'z shakllarining o'zgarishi ikki holatni yuzaga keltiradi. Birinchidan, so'z shakli o'zgarganda, so'zdagi asosiy ma'noga qo'shimcha ravishda grammatik ma'no ifodalanadi. Masalan. bolalar so'zidagi -lar qo'shimchasi orqali ifodalangan ma'no ko'plik ma'nosidir. Ikkinchidan, so'z shaklining o'zgarishi gapda so'zlaming o'zaro birikishini ta'minlaydi: ishdan kelmoq birikmasidagi qo'shimcha ushbu so'zlarni biriktirgan.


Ko'rinadiki, so'z shakllarini o'zgarishi natijasida morfologik shakl va sintaktik shakl vujudga keladi. Morfologik shakl yasovchi qo'shimchalar yordamida, sintaktik shakl esa so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar orqali hosil bo'ladi. Bundan tashqari tilda so'z yasalishi uchun xizmat qiladigan so'z yasovchi qo'shimchalar mavjud bo'lib, ular bir butun holda so'zning morfologik tuzilishini belgilaydi.

Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lganligi sababli uning meyorlarini belgilash til siyosati bilan ham bog‘liq. Yurtimiz bir asrdan ko‘proq mustamlakada bo‘ldi. Hukmron xalq va uning tilga har jihadan imtiyoz berilib, qarol xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‘laroq, til va tilshunosligimiz istibdod nishonidan halos bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi musaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so‘z. turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida talimga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar gapning markazi sifatida kesimning qaralishi gap va so‘z kengaytiruvchilarning farqlanishi, gap .bo‘laklarining darajalanishi, soda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan xolda qo‘shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalilidir. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Uning fikricha, faqat som va hind-evropa tillari grammatikasidagina emas, balki barcha tillar gramatikasida fonologiya va morfologiya oralig`ida ularni bog`lab turuvchi "ko`prik" sifatida morfonologiya faxriy o`rin olishi kerak.

Morfologiyaga ega bo`lmagan tillar morfonologiyaga ham ega bo`lmaydi. Morfonologiya har bir tilning o`ziga xos hususiyatlari haqida ma`lumot beradi. Morfonologaya nuqtai nazaridan qaralgan ayrim til tiplarini esa dunyo tillarining ratsional tipologiyasida gruppalarga ajratish ancha qulay. N.S. Trubetskoy morfonologiya nazariyasi quyidagi uch bo`limni o`z ichiga olishi kerakligini ko`rsatadi:

1. Morfemaning fonologik strukturasi haqidagi ta`limot.

2. Morfemalar o`zaro birikkanda, morfema tarkibida yuz beradigan tovushlarning kombinator o`zgarishlari haqidagi ta`limot.

3. Morfologik funktsiya bajarmaydigan tovush almashinuvi haqidagi ta`limot. Bu uch bo`limdan faqat birinchisi hamma tillar uchun bir xil ahamiyatga egadir. Bunga ko`ra morfonologiyaning birinch1i vazifasi har kanday tildagi o`zak, affiksal morfemalarning fonetik (fonologik) sturukturalarini o`rganishdir. Darhaqiqat, o`zak va affiks morfemalarning fonologik strukturasini o`rganish ma`lum bir tilning o`ziga xos hususiyatlarini ochib berishda katta ahamiyatga ega. CHunki ayrim undosh va unli fonemlarning u yoki bu morfemada qo`llanilishi cheklangan, Masalan, turkiy o`zak morfema boshida hech qachon ng undoshi kelmaydi. SHuningdek, sof turkiy so`zlar o`zagida qo`sh undoshlar ham ishlatilmaydi. (st, lt kabilar mustasno). Singarmonizmga amal qiladigan tillarda o`zak morfema tarkibida ishlatiladigan unlilar sostavi affiks morfemalardagiga nisbatan ko`proq bo`ladi, chunki affiks morfemalar vokalizmining ko`p belgilari o`zak morfema unlilarga bog`liq bo`ladi. Morfonologayaning boshqa bo`limlari o`rganadigan hodisalar turli tillarda turli darajada namoyon bo`ladi. Jumladan, agglyutinativ tillarda ikkinchi bo`lim morfonologiyaning asosiy bo`limi hisoblanadi. A.A.Reformatskiy fikriga ko`ra, N.S.Trubetskoyning morfonologiya haqidagi ikkinchi punktida aks etgan "kombinator" tovushi o`zgaruvchi ifodasi hodisa 58 moxiyatini xarakterlamaydi. U bu o`rinda morfemalar varianti (p, ech-p, ek) yoki fonemalar almashinuvi (k-ch) haqida gap ketishi kerakligini aytadi. SHunday qilib, hozirgi kunda morfonologaya tilshunoslikning alohida bo`limi sifatida ko`pchilik tilshunoslar tomonidan tan olindi. Faqat roman-german, slavyan tilshunosligidagina emas, balki turkologiyada ham bu masalaga bag`ishlangan bir qator asarlar maydonga keldi.


Download 62,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish