2. Sintaktik munosabatlarning turlari. Sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi: predikativ va nopredikativ
Predikativ bo‘linish gap qurilishi asosi (grammatika markazi/ komponentlari (ega va kesim)ning sintaktik munosabatidir. Bular orqali gap hosil qilinadi. Misol: Men ishga kecha chiqdim. (shaxs va sonda moslashayapti).
Nopredikativ boғlanish bunday xususiyatga ega emas. Teng boғlanish (teng sintaktik munosabatda bo‘lish, so‘zlar shuningdek, qo‘shma gaplarning predikativ komponentlari orasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysinmagan, teng aloqasini ko‘rsatuvchi munosabat:o‘qituvchi va o‘quvchi, qo‘nғiroq chalindi va dars boshlandi va ergash boғlanish (bunda biri hokim va ikkinchisi tobe bo‘lgan so‘zlar o‘zaro aloqaga kirishadi: Salimni ko‘rdim) nopredikativ boғlanishning bir turlaridir.
Morfologik shakllar umumiy grammatik ma’no va oraliq grammatik ma’no masalasi tadqiqotlarda birmuncha kengroq o‘rganilgan. Biroq ularning oraliq grammatik ma’nolarini farqlashda sathlararo munosabatlar masalasini o‘rganish ham muhimdir. Morfologik shaklni sintaktik qolip nutqqa olib kiradi va lug‘aviy hodisalar deganda ayrim leksemalargina emas, balki, leksemalarning guruhlari, birliklarning kategorial guruhlari ma’nolari ham tushuniladi.
Sintaktik hodisalarning vujudga kelishi, asosan, leksik va morfologik asosdadir. Sintaksi1sning asosiy birligi bo‘lgan gap mohiyatining «mayl-zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor ko‘rsatkichlari bilan shakllangan mustaqil so‘zlar» tarzida ta’riflanishining o‘ziyoq bu sathlar orasidagi aloqadorlik darajasini yaqqol namoyon qiladi. Biroq bu sintaksisda u morfologiya va leksikadan xoli qilinsa, hech narsa qolmaydi degan «hayratomiz» to‘xtamga olib kelmasligi kerak. Zero, «morfologik shakllangan mustaqil so‘z» uchun bulardan tashqari, kesimlik pozitsiyasi ham talab qilinadi. Aks holda «qo‘ydi-chiqdi eskidan qolgan odat» kabi birikuvlarda morfologik shakllangan so‘z (qo‘ydi-chiqdi) har doim ham kesim bo‘laverar edi.
Sintaksisda semantik-funksional shakllangan gaplarning vujudga kelishi sof leksik asoslarda bo‘lib, sintaktik hodisalar farqlanishida leksika ustuvorlik kasb etadi va buning hisobiga morfologiyaning passivlashishi kuzatiladi.
Gap va so‘z kengaytiruvchilarining o‘zaro farqlanishi, asosan, morfologik asoslarda bo‘lib, ba’zi o‘rinlarda so‘z semantikasiga tayanish zarurati tug‘iladi. Uzoq vaqtlardan beri munozara bo‘lib kelayotgan to‘ldiruvchi va holni farqlash masalasida grammatika hech qanday rol o‘ynamaydi, bunda farqlovchi mezon sifatida leksik omilga asoslanish zarur va yetarlidir.
Sintaksisda oraliq shakl muammosi qo‘yilgan. Tadqiqotchilar oraliq bo‘g‘in deganda, lisoniy sintaktik qolipning sintaktik sathdan quyidagi, nutqiy sathgacha bo‘lgan bo‘linishlarini nazarda tutadi. Biroq oraliqlanish uzluksiz bo‘lib, u [W + W] umumiy sintaktik qolipidan muayyan gaplargacha cheksiz davom etadi.
Sintaktik qoliplarda ham sathlarning hamkorligi muhim rol o‘ynaydi. Leksika, asosan, sintaktik qoliplarni to‘ldirish va ba’zan oraliq qoliplarni farqlash bilan mashg‘ul bo‘lsa, morfologik vositalar, asosan, qoliplarni shakllantirish va farqlash mas’uliyatini zimmasiga oladi.
Demak, lisoniy sistemaning voqelanishida sathlarning uzviy aloqasi juda zich bo‘lib, bunda ularning hamkorligi turli daraja kasb etadi. Leksikaning morfologiya va sintaksis bilan aloqalari nisbatan kuchsiz bo‘lsa, morfologiyaning leksika va sintaksis bilan aloqasi o‘rtacha, sintaksis uchun esa leksika va morfologiya hamkorligi o‘ta muhimdir.
Ko‘makchilar lisoniy mohiyatining nutqiy voqelanishida sathlar hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, sof va vazifadosh ko‘makchilarning qo‘llanishlarida sathlarning hamkorligi yaqqol farqli ko‘rinishlar asosida namoyon bo‘ladi.
Til hamisha iste’molda bo‘lgan jamiyat a’zolari tomonidan misoli ulkan ummon bo‘lib, iste’molchilar undan til qonuniyatlari asosida foydalanadi, unga shumg‘iydi, qidirgani va topganicha dur-u zar topadi.
Tilshunoslar tilni o‘rganish borasida keyingi paytlarda alohida-alohida o‘rganilgan til birliklarini umumlashtirish, ularning ichki va tashqi imkoniyatlarini hisobga olgan holda tekshirish, ma’lum paradigmalarga birlashtirish, o‘xshash va farqli xususiyatlarini qiyoslab o‘rganish, zamonaviy tilshunoslik yutuqlari asosida xulosalash bosqichiga o‘tishmoqda.
Ma’lumki, o‘zbek tili lisoniy tizimi yaxlitligida so‘zlarni bog‘lovchi vositalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, grammatik ma’no ifodalash, so‘zlarni o‘zaro teng yoki tobe holda bog‘lash, nutqqa kiritish, gap bo‘laklari mavqeini ta’minlash, tobe-hokimlik munosabatini saqlab turish, til uslublari uchun imkoniyat yaratish, nutqiy tejamkorlikni ta’minlash, tilning ontolik xususiyatlarini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlarni bog‘lovchilar sintaktik vositalar hisoblanib, ular so‘z birikmasi va gap tuzish jarayonida tayanch vazifa bajaradi. Kelishik shakllari, egalik shakllar1i, ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar (nokategorial shakllar) va boshqalar so‘zlarni bog‘lovchi vositalar hisoblanib, nutqda o‘rni bilan vazifadosh til birliklari sifatida namoyon bo‘ladi.
Bunday so‘z-shakllar turli lisoniy sathlarga tegishli bo‘lib, so‘zlarni bog‘lash vazifasi yuzasidan o‘z lisoniy sathida ichida ichki, o‘z lisoniy sathidan tashqarida (so‘zlarni bog‘lovchi vositalar bilan birgalikda) tashqi paradigmalarda gradual munosabatda ishtirok etadi. Bu esa tilning yaxlit tizim ekani, undagi birliklar esa doimo gradual munosabatda yashashini ko‘rsatadi.
Til eng muhim aloqa vositasi hisoblanadi, aloqa esa keng ma’noga ega. Jamiyat a’zolari o‘zlari uchun doimo tilga ehtiyoj sezishadi. Tilsiz jamiyat a’zolari hayotini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Biroq yozuv, imo-ishora kabi bir necha aloqa vositalari bo‘lsa-da, ular tiling vazifasini to‘liq bajara olmaydi. Shunday ekan, til jamiyatda aloqa vositasini bajarishi jihatidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. So‘zlarni bog‘lovchi vositalarlarning so‘z birikmasi va gap tuzish jarayonida aloqa vazifasini bajarishi yuqoridagi fikrga qiyoslanganda ular orasida aloqadorlik mavjudligi ravshanlashadi. Zeroki, so‘zlarni bog‘lovchi vositalarsiz so‘zlar tizimining fikr ifodalashini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, so‘zlarni bog‘lovchi vositalar tilda o‘ta muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi. Aloqa vositasi vazifasini bajarishda muhim vosita hisoblangan til va so‘zlarni bog‘lovchi vositalarning oraliq bo‘g‘inlari aniqlanib, to‘ldirilsa, aytish mumkinki, bunda ham til tizimining yana bir gradual munosabati tiklanadi.
Sintaksisning asosi – gap haqidagi ta’limot. Sintaksis grammatikaning so‘z lar va gaplarning o‘zaro aloqasini, gap bo’laklari, so‘z birikmalari, gap va nutqning yirik parchasi bo‘lgan matnni o’rganuvchi bir qismi. Matn (tekst) o’z ichida qism, abzas – grafik ajratmalardan tashkil topishi, ba’zan o’z sarlavhalariga ega bo’lishi, nutqning matn tusida namoyon bo’lishi.Matnning turlari: mikromatn va makromatn. Sintaksis tilning morfologiya, leksikologiya va fonetika bo’limlari bilan bog’liqligi. Sintaksisning bosh birligi – gap, so‘z birikmasi – gapning tarkibiga kiradigan yordamchi birlik. Gapning sintaktik birliklari. Gapda so‘z larni biriktirish vazifasini bajaruvchi vositalar: so‘z formalari (sintaktik affikslar), yordamchi so‘z lar (sintaktik – leksik vosita), tartib va intonasiya ekanligi. Sintaktik aloqaning turlari: predikativ aloqa va nopredikativ aloqa. Predikativ aloqa gapni, nopredikativ aloqa so‘z birikmasini hosil qilishi. So‘z larning atributiv, obyektli va relyativ munosabatda bo’lib, so‘z birikmasini tashkil qilishi. Predikativ munosabatning gapni tashkil qilishi. Gap tarkibidagi so‘z lar orasida ikki xil sintaktik aloqa (tenglanish va tobelanish) ning mavjud ekanligi. Tenglanish gap tarkibidagi teng bo’laklar (uyushiq bo’laklar) va teng huquqli gaplar orasida bo’lishi, teng qismlar orasida teng bog’lovchilar va tenglanish intonasiyasining mavjud bo’lishi. Tobelanish hokim va tobe qismlar orasida, teng bo’lmagan qismlar orasida bo’lishi. Tobe aloqaning ko’rinishlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv. Moslashuv hokim so‘z tobe so‘z bilan shaxs va sonda mos bo’lishi. Moslashuvning so‘z birikmasi, (qaratqich va qaralmish) va ega-kesim munosabatida ko’rinishi. Moslashuvda ba’zan moslikning buzilishi: stolning yonida, uyning o‘rtasida kabi ot ko‘makchili qurilmalarda, shuningdek “Amir Temur” xiyoboni, “Navoiy” ko‘chasi, “Mustaqillik” bekati kabi birliklarning bo’laklarga ajratilmasligi. Boshqaruvda tobe so‘z hokim so‘z talabiga ko’ra ma’lum shaklga kirishi. Hokim so‘z ning ifodalanishiga ko’ra boshqaruvning uch turga bo‘linishi: fe’l boshqaruvi, ot boshqaruvi, sifat-ravish boshqaruvi. Boshqaruvning kelishikli va ko’makchili turlari. Bitishuvda so‘z larning shaxs – sonda moslashmasligi, tobe so‘z ning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum shaklda kelmasligi. Bitishuvda ikki qismning ko’rsatkichlarsiz qo’llanishi. Bitishuv aloqasidagi qismlarning o’zaro mazmun va tartibga ko‘ra tobela1nganligi.
Morfologiyaning ob’yekti so‘zning grammatik tomonidir, (so‘zning grammatik tomoni deganda, uning ot, sifat, fe i kabi grammatik kategoriyalarga boiinishi tushuniladi). U so‘zni tilning grammatik tizimi nuqtai nazaridan tekshiradi. So‘zning morfologik tarkibi deganda morfologik kategoriyalar, so‘zning morfologik shakllar tizimi, so‘z shakllarining hosil boiish yoilari, vositalari, so‘zlaming leksik-grammatik kategoriyalari tushuniladi. Morfologiyaning asosi keng ma’noda shakl yasashdir, so‘zning shaklidir. Fonetikaning asosini unli-undosh, jaranglijarangsiz kabi fonetik oppozitsiyalar tashkil qilganidek, morfologiyaning asosi bir-biriga zid, lekin o‘zaro bogiangan grammatik oppozitsiyadir (birlik-ko‘plik, boiishli-boiishsiz kabi). Demak morfologiya so‘z haqidagi grammatik taiimotdir. Morfologiyaning so‘z haqidagi grammatik taiim ot sifatida ta’riflanishi, uning tekshirish ob’yektlari doirasiga so‘zlaming leksik-grammatik kategoriyalarga boiinishi - so‘zlaming turkumlanishini ham (ot, fe i kabi) kiritishga imkon beradi.
kutubxonasi Morfologiya va sintaksis bir-biri bilan uzviy bogiiqdir. Chunki tilning grammatik qurilishi yaxlit sistema bo‘lib, u morfologik va sintaktik hodisalardan, ulaming qismlari o‘zaro munosabatda boigan bir butunlik, yagona sistema hosil qilishidan iboratdir. Morfologiya bilan sintaksisning yaqin munosabati juda ko‘p hodisalarda sezilib turadi:
gapda so‘zlarning bogianish usullari va aloqa shakilari so‘zning shakliy
o‘zgarishi — morfologik o‘zgarishi bilan bogiiq;
2) so‘z turkumlari va grammatik kategoriyalar bilan gap boiaklari orasida bogianish bor, ya’ni so‘zning qanday gap boiagi vazifasida kelishi uning morfologik shakli bilan belgilanadi;
3) shakl o‘zgartiruvchi affikslar va koinakchilar sintaktik munosabat ifodalaydi;
4) so‘zlarni ot, fe i kabi guruhlarga ajratishning bir asosi ulaming sintaktik belgisidir. Qoilanma boiajak bakalavrlarga morfemika, so‘z yasalishi va morfologiyadan m aium ot berish uchun moijallangan.
Biz yuqorida ko’rdikki, grammatikaning o’ziga xosligi leksikadan farqlanuvchi tomoni uning umumiyligi, umumlashma xarakterda ekanligidadir. Biroq bu umumiylik chek-chegarasiz, bilib bo’lmaydigan, tushunib bo’lmaydigan umumiylik emas. Grammatikadagi umumiylik ma’lum shakllardagi, daraja va chegaradagi umumiyliklardir. Ularning ayrimlari muayyan tur, guruhga oid umumiyliklar bo’lsa, ba’zilari bir necha tur, guruhga oid umumiyliklardir. Ular orasida umuman tilga oid umumiyliklar ham bor. Ana shu umumiyliklar xarakteriga ko’ra grammatika ikki qismga bo’linadi: morfologiya va sintaksis. Morfologiya grammatikaning quyi darajadagi umumiyliklarni o’rganadigan qismi va shunday umumiylik darajasidagi hodisalardir. Morfologiya so’zlarning birikish qonuniyatlari, usullari va bu birikish natijasida yuzaga keladigan hodisalarni emas, birikishgacha va birikishga tayyor bo’lgan umumiyliklarni o’rganadi. So’zlarning leksik-grammatik kategoriyalari-so’z turkumlari, so’zlarning ma’noli qismlari, so’z shakllari, ularning hosil bo’lish yo’llari ana shunday hodisalardir.
Morfologiyada gap tarkibidan ajratib olingan so’zlarning va so’z-shakllarning belgi-xususiyatlari tekshiriladi. Buning sababi shuki, morfologiyada tilning leksik sathi bilan bog’liq umumiyliklar ham va sintaktik sath bilan bog’liq umumiyliklar ham va shu bilan birga ayni morfologiyaning o’zi uchungina xos bo’lgan hodisalar uyg’unlashgandir. Masalan, kitobga so’z shakli morfologik nuqtai nazardan ot (predmetning nomi) predmet tushunchasi bilan bog’liq, kitob o’zak; -ga qo’shimcha, konkret ot, yakka ot, turdosh ot,birlikdagi ot, sanaladigan ot, tushum kelishigidagi ot tavsifiga egadir.
Bu erda kitobga so’zining predmet ma’nosini anglatishi, «predmet» tushunchasi bilan bog’lanishi uning leksik sath bilan aloqador jihati bo’lsa, tushum kelishigidagi ot ma’nosi uning sintaktik sathga aloqador xususiyatidir, boshqa belgi-xususiyatlari morfologiyaning o’zi bilan bog’liq ma’nolaridir. Demak, morfologiyada uch xil umumiylik mujassamlashgan.
1. So’zning bevosita nimani anglatishi, bildirishi, bilan bog’liq leksik satxga aloqador umumiy ma’nosi (predmet, belgi, miqdor, harakat kabilar).
2. So’zning boshqa so’zlar bilan aloqasi, bog’lanishi bilan bog’liq sintaktik sathga aloqador munosabat, bog’lanish holati bilan izohlanuvchi umumiy ma’nosi.
3. Ayni morfologiya bilan izohlanuvchi umumiy ma’no-xususiyatlar. Shu ma’noda morfologiya, leksika va sintaksis orasidagi oraliq shakllarni o’rganuvchi oraliqdagi sohadir Grammatikaning ikkinchi qismi sintaksis esa yuqori darajadagi umumiyliklarni o’rganadi. So’zlarning birikish yo’llari, sintaktik aloqa va munosabatlar, bular natijasida yuzaga keladigan hodisalar: so’z birikmasi, so’z tizmasi, gap, gap bo’laklari, qo’shma gaplar, murakkab sintaktik birliklar kabilar shular jumlasidandir. Sintaksisning o’ziga xos xususiyati uning mustaqil hodisalarning birikishi, o’zaro munosabati, aloqasi bilan bog’liq hodisalar bilan shug’ullanishidir. Shuning uchun ham u so’zdan, so’z-shakldan yuqori turadigan umumiyliklarni o’rganadi.
Ularni umumiylashtiradi, umumiy qonuniyatlarni yoritadi
Demak, sintaksisda so’z birikmasi, sodda gap, qo’shma gap, mikro matn kabi sintaktik birliklar bilan birga, bu birliklarning yuzaga kelish jarayonlari, sintaktik aloqa va munosabatlar ham o’rganiladi. Sintaksisning vazifalari ham shulardan kelib chiqadi. Bu vazifalarning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. So’zlarning o’zaro bog’lanish usullari va vositalarini o’rganish.
2. Sintaktik aloqa va uning tur va tiplarini o’rganish.
3. Sintaktik munosabat va uning turlarini o’rganish.
4. So’z birikmasi, uning tur va tiplarini o’ranish.
5. Gap va uning grammatik kategoriyalarini o’rganish.
6. Gaplarni tasnif qilish.
7. Sodda gaplarni, ularning tur va tiplarini o’rganish.
8. Qo’shma gaplarni, ularning tur va tiplarini o’rganish.
9. Sodda va qo’shma gap oralig’idagi sintaktik tuzilmalarni o’rganish.
10. Matn va matnning hosil bo’lishi, matn turlari, matn grammatikasini o’rganish.
11. Sintaktik birliklarda tinish belgilarining roli va ularning ishlatilish o’rinlarini o’rganish kabilar.
Bu hodisalar orasida gapni o’rganish asosiy o’rin tutadi. Chunki gap fikr ifodalovchi asosiy sintaktik birlikdir. Sintaksisni o’rganishdan maqsad esa mustaqil fikr ifodalash va fikrlarni maqsadga muvofiq shakllantirishni o’rganish, fikrni har xil shak1llarda ifodalashga ko’nikma hosil qilishdir. So’z birikmasi gapning tarkibiy qismi sifatidagi sintaktik birlik hisoblanadi. So’z birikmasi mustaqil sintaktik birlik emas. Qo’shma gap ham gap bilan bog’liq asosiy grammatik xususiyatlarga ega. Mikromatn turli gaplarning bir mavzu, g’oya atrofida uyushishidan, birlashishidan hosil bo’ladi. Demak, gap sintaksisda markaziy o’rin tutuvchi, boshqa sintaktik birliklarning mohiyatini belgilashda qatnashuvchi markaziy masaladir. Shu sababli ba’zilar sintaksisni gap haqidagi ta’limot ham deyishadi. Shu ma’noda sintaksisni o’rganishdan maqsad gapni o’rganishdir, deyish mumkin. Ammo gapni nimaga o’rganamiz, degan savol ham bor. Biz gapni fikrni to’g’ri, maqsadga muvofiq ifodalash uchun o’rganamiz. Gap tuzish qonun-qoidalarini o’rganish har bir talabaning oldida turgan muhim vazifadir. Bunda bizga yordam beruvchi asosiy fan sintaksisdir.
Demak, biz sintaksisni mohiyat e’tibori bilan fikrlash mohiyatini o’rganish, fikrimizni yaxshi, to’g’ri, chiroyli, maqsadga muvofiq ifodalashga ko’nikma hosil qilish uchun o’rganamiz. Sintaksisning oldiga qo’yilgan vazifalar ham ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan va shunday bo’lishi lozim. Aks holda, u o’zining vazifasini to’liq bajarmagan bo’ladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlanganidek, morfologiya, morfemika doimo tilshunoslar markazida bo‘lib kelmoqda . Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘zbek tili leksikasining shu jumladan o‘zbek tili morfologiyasining shakllanishida mashhur tilshunos olim Fahri Kamolning xizmatlari beqiyosdir.I22
O‘zbek tili morfoligiyasining, xususan morfemikaning shakllanishi va uning o‘rganilish ob’yektining to‘g‘ri belgilanishida akademik A.Hojiyevning o‘rni beqiyosdir . … Morfema so‘zining tarkibiy qismi sifatida qaralganligi uchun so‘z tayanch nuqta qilib olinadi. So‘zning shakllari haqidagi talimot morfologiya bo‘lganligi uchun morfema haqidagi fikrlar ham o‘z-o‘zidan, morfologiya tarkibida bayon qilinishi lozim. O‘zbek tilshunosligida ham morfema haqidagi qarashlar ana shu nazariya tasirida dunyoga keldi.23
Albatta, milliy fanda milliy mafkura ask etadi.O‘zbek tilshunosligida ham milliy fan bo‘lib, u ham o‘zida milliy msfkura va milliy g‘oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ‘ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o‘rin oladi.
Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lganligi sababli uning meyorlarini belgilash til siyosati bilan ham bog‘liq. Yurtimiz bir asrdan ko‘proq mustamlakada bo‘ldi. Hukmron xalq va uning tilga har jihadan imtiyoz berilib, qarol xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‘laroq, til va tilshunosligimiz istibdod nishonidan halos bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi musaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so‘z. turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida talimga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar gapning markazi sifatida kesimning qaralishi gap va so‘z kengaytiruvchilarning farqlanishi, gap .bo‘laklarining darajalanishi, soda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan xolda qo‘shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalilidir. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog‘liqligini ko‘rsatadi.24 Xalqimiz, millatimiz uchun tamomila yangi sosial-tarixiy sharoit bo‘lgan istiqlol munosabati bilan davlat va jamiyatning adabiy tilga talabi, shunga muvofiq til siyosati o‘zgarib o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy va ruhiy vazifasini takomillashtirish asosiy maqsad qilib belgilandi. Adabiy til bo‘limlarini shu nuqtai nazardan isloh qilish, qayta baholash bosh vazifadir.25
Mustaqillik davriga kelib o‘zbek adabiy tilining boshqa bo‘limlari kabi morfologiya sohasida ham isloh talab mavjud ekanligini davrning o‘zi ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan modomiki meyorlashtirishda mustamlakachilik tuzimi davridagidek morfologik tuzilishi jihatidan boshqa guruhga mansub til hukmron bo‘lgan rus tili ta’siriga asoslanish emas, o‘zbek tilining sistem tuzilishiga xos xususiyatga asoslanib ish ko‘rish, ularni nazariy asoslash, ilmiy nuqtai nazardan talqin etish zarurati paydo bo‘ldi. Umuman olganda, ilmiy talqindagi xilma-xillik kimningdir “zo‘r”,kimningdir “zaif “ligidan emas, balki shu jamiyatda shu fanning chuqur o‘rganilganligidan, unga turli tomondan turib yondashish va turli nuqtai nazardan turib tarifu tavsif berish odatiy tusga aylanayotganligidan, fanning rivojlanganligidan dalolat. Chunki, har qanday fan va ilmiy bilishdagi tub yangilanishning ilk bosqichida yangi mezon va munosabat hamisha “ko‘r tutganini, kar eshitganini qo‘ymas” tamoyili asosida uqilgan va uqilmagan holda, ba’zan hattoki zo‘rlik bilan kiritiladi, u ma’lum darajada ommalashgach, navbatdagi bosqichdagina bu mezonlar “mahallashtiriladi”, tugal o‘zlashtiriladi. Shuning uchun yangi talqin , yondashish, albatta qarshilikka uchraydi, davr fani “daholari”tomonidan inkor qilinadi. Zero, odatda “fan daholari” mavqyeyida ilmiy yo‘nalishi va dunyoqarashi o‘z ijtimoiy vazifasini o‘tab bo‘lgan o‘rnini yangi yo‘nalish yoki yondashishga bo‘shatishi kerak bo‘lgan shaxslar turadi va ular yangicha talqinni hazm qila olmaydi. Har qanday yangilik fan olamiga qiyinchilik bilan kirib keladi. O‘zbek tili morfologik tizimitalqini ham bundan mustasno emas.Zero, nutqning mustaqil bo‘lagi hisoblangan so‘z doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lishi - bu qonuniyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |