drojjisi qo„shib achitish yo„li bilan olinadigan ichimlik bo„lib, shifobaxsh
xususiyatga ega. Qimiz tayyorlashning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
quyuqlik hosil bo„lish jarayonida juda ko„p aralashtiriladi, shuning uchun ham
uning konsistentsiyasi nisbatan suyuq bo„ladi. Yetiltirish darajasi va saqlanish
muddatiga ko„ra qimiz kuchsiz, o„rtacha va kuchli turlarga bo„linadi. Kuchsiz
qimiz bir sutkada etiladi, tarkibida 1% spirt bo„lib, nordonligi 60-80°C bo„ladi.
O„rtacha qimiz ikki sutkada etiladi, tarkibida 1,75% spirt va nordonligi 81 -
105°C bo„ladi. Kuchli qimiz uch sutkada etiladi, tarkibida 2,5% gacha spirt va
nordonligi 106-120°C bo„ladi. Sarxil qimiz smetana konsistentsiyali, rangi
sutsimon oq, ta‟mi esa sof, spirtli xuzurbaxsh bo„lishi kerak. Sirka, aynigan,
mog„orlangan, go„ng, ammiak ta‟m va hidli, shuningdek, ivigan bo„laklari
shuningdek, sut flyagalariga joylanadi. Idish lim to„ldirilishi, surp yoki doka
130
bilan qoplanib qopqog„i mahkam yopib qo„yilishi kerak. Smetana shuningdek,
shisha bankalar, polimer, yoki parafinlangan karton, stakanlarga joylanadi.
Tvorog qadoqlab va tortib sotiladigan qilib savdoga chiqariladi. Tvorog
100, 250, 500, 700 va 1000
g
dan karton kutichalar yoki tsellofan xaltachalarga
qadoqlab joylanadi. Tvorog avvalo pergament, podpergament, parafinlangan
qog„oz
yoki rangsiz tsellofanga o„raladi. Quticha va xaltachalardagi tvorog 20
kg
sig„imi
yog„och yashiklarga joylanadi. Tortib sotiladigan tvorog sof og„irligi
ko„pi bilan 70
kg
keladigan toza yog„och bochkalarga joylanadi
.
Ammo uni
og„zi
keng bidonlarga ham joylash mumkin. Tvorogdan qilingan tort - ichiga
pergament to„shalgan karton qutichalarga, krem esa parafinlangan qopqoqli
qog„oz
stakanlarga joylanadi.
Qatiqning hamma turlari og„zi
keng butilkalar, maxsus chinni, fayans,
pisha yoki sopol banka va stakanlarga, shuningdek, sig„imi
0,15 dan 0,5 l gacha
bo„lgan maxsus polimer bilan qoplangan kog„oz xaltachalarga qadoqlab
joylanadi. Kir-chir, chetlari singan idishga solingan yoki idishining tiqini
buzilgan qatiq savdoga chiqarilmaydi. yog„li kefir 0,25 va 0,5
l
sig„imi
polimer
bilan qoplangan qog„oz
xaltachalar yoki shisha butilkalarga qadoqlab joylanadi
va alyumin yoki parafinlangan karton qopqoqchalar bilan og„zi
bekitiladi. Kefir
qopqog„i
zar qog„ozining
rangi - yashil, yog„sizlantirilgan kefirniki - ko„k
chiziqli kumush rangda bo„ladi. Smetana 8°C dan oshmagan haroratda ko„pi
bilan 36 soat saqlanadi
.
Qadoqlangan tvorog 8°C dan oshmagan haroratda sovutilgan yoki -
10°C gacha muzlatilgan holda savdoga chiqariladi. Sovutilgan tvorogni 8°C dan
oshmagan haroratda 24 soatdan ortiq
saqlash mumkin emas. Muzlatilgan yog„li
tvorog Sovutkichlarda -8° dan -12°C gacha haroratda, yog„siz tvorog esa 14°-
18°C gacha bo„lgan haroratda saqlanishi kerak. Chakana savdo tarmoqlarida
muzlatilgan tvorogni -8°C dan oshmagan haroratda ko„pi bilan bir sutka saqlash
mumkin. Tvorogdan qilingan tort 8°C dan oshmagan haroratda saqlanadi.
131
Qatiq, atsidofilin, kefir va qimizni ham 8°C dan oshmagan haroratda
saqlash tavsiya qilinadi. Saqlash muddati ko„pi bilan 24 soat
.
Yil fasllari va
rayonlarning joylanishiga qarab smetana, tvorog hamda tvorog xamirlari uchun
tabiiy kamayish me‟yori 0,55-0,70% atrofida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: