O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

Qattiq  shirdon  pishloqlar. 

shveytsar,  golland,  chedder  va  latin 

pishloqlari  guruhi  qattiq  shirdon  pishloqlar  turkumiga  kiradi.  Bularning 

hammasi  pishiq,  elastik  xamirga  ega  bo„lib,  tarkibidagi  namlik  42%  dan  48% 

gachani  tashkil  etadi.  

Altay  pishlog„i

 

ham  past  tsilindr  shaklida  12-20 



kg

  og„irlikda  tayyorlab 

chiqariladi;  po„stining  usti  parafinli  aralashma  bilan  qoplanadi.  Sovet  pishlog„i

 

pasterizatsiya  qilingan  sutdan  tayyorlanadi;  u  to„g„ri  burchak  shaklida  va 



og„irligi,  12-16 

kg 

bo„ladi; ta‟mi shveytsar pishlog„ining

 

ta‟miga  yaqinroqdir.  



Moskva  pishlog„i

 

baland  tsilindr  shaklida  bo„ladi;  sirti  sariq  rangli 



parafin  bilan  qoplanadi,  og„irligi  6  -  8 

kg. 

U  Sovet  pishlog„i

 

turlarining  biridir. 



Ta‟mi  va  hidi  ham  Sovetskiy  pishlog„idan  farq  qilmaydi.  Kuban  pishlog„i

 

tsilindr  shaklida  bo„lib,  og„irligi  10 



kg

  gacha,  ta‟mi,  xushbo„yligi  va 

konsistentsiyasiga  ko„ra Sovetskiy pishlog„iga yaqin bo„lib tsellofanga  o„raladi.  

Gollandiya pishloqlari guruhiga

 Golland, Kostroma, Stepnoy, Yaroslav 

va  Uglich  pishloqlari  kiradi.  Bu  guruhidagi  pishloqlar  qaymog„i  olinmagan  yoki 

me‟yorlashtirilgan  sutdan  tayyorlanadi.  shveytsar  pishloqlaridan  farq  qilib,  bu 

pishloqlarning  kalesi  bir  oz  yirikroq  maydalanadi,  shuning  uchun  ham  ularning 

namligi nisbatan ko„proq (43-44%) bo„ladi. 2-2,5 oyda pishib etiladi, yog„i 45%, 

biroz  dumaloq  shakl  katta  va  kichik  Golland  pishloqlari  bundan  mustasnodir. 

Ularning  yog„i  50%  bo„lishi  shart.  Xamiri  elastik,  nafis,  bukilganda  sinuvchan, 

ko„zchalari  mayda,  dumaloq  shaklda  bo„ladi.  Ta‟mi  va  hidi  sof  pishloqqa  xos, 

o„tkir kislotaliligi  sezilib  turadi.  

Golland  pishloqlari  quyidagi  ko„rinishlarda  ishlab  chiqariladi;  katta 

dumaloq,  pishloqning  og„irligi  2-2,5 



kg,

  kichik  dumaloq  (liliput)niki  0,4 -0,5 



kg;

 

katta  to„g„ri  to„rtburchak  shaklidagi  pishloqning  og„irligi  5-6 



kg

  va  kichik 

to„rtburchak  shaklidaginiki  1,5-2 

kg. 

Qobig„i  ko„pincha  och  qizil  rangga 

bo„yalgan parafin  plyonkasi bilan  qoplanadi.  

Kostroma  pishlog„i

 

9-12 


kg

  og„irlikdagi  katta  past  tsilindr  yoki  5-6 



kg

 

og„irlikdagi 



kichik  dumaloq  shaklida  tayyorlanadi.  Stepnoy  pishlog„i

 



135 

 

to„rtburchak  shaklida  bo„ladi;  og„irligi  5-6 



kg;

  ta‟mi  o„tkir  va  xushbo„ydir. 

Yaroslav  pishlog„i

 

2-3 



kg

  og„irlikda,  baland  tsilindr  shaklida  chiqariladi;  ta‟mi 

nordonroq bo„ladi. Uglich pishlog„i

 

og„irligi 2-3 



kg,

 to„g„ri to„rtburchak shaklida 

bo„ladi.  Konsistentsiyasi  nozik,  sinuvchan,  ta‟mi  bir  oz  nordonroq.  Usti 

bo„yalmagan,  ammo,  parafin  bilan  qoplangan.  Poshexon  pishlog„i

 

- past tsilindr 



shaklida,  og„irligi  5-6 

kg;

 konsistentsiyasi plastik, ta‟mi bir



 

oz nordonroq. Eston 

pishlog„i

 

baland  tsilindr  shaklida  bo„lib,  og„irligi  2-3 



kg,

  tezpishar  pishloq; 

pishloqqa xos nordonroq ta‟mi aniq sezilib turadi.   

Rossiya  pishlog„ining

 

og„irligi  11-15 



kg

  yoki  7-10 



kg 

bo„lgan  past 

tsilindr  shaklida  chiqariladi.  Sirti  bo„yalmaydi,  parafin  bilan  qoplanadi, 

pishloqqa  xos  ta‟m  va  hid  anqib  turadi;  bir  oz  nordonroq,  davlat  sifat  belgisini 

olgan.  

Chedder  pishloqlari  guruhiga  - 

Chedder  va  Tog„li

 

Oltoy  pishloqlari 



kiradi.  Boshqa  pishloqlardan  farqli  o„laroq  bu  guruhga  kiruvchi pishloqlar shakl 

berilishdan  oldin  achitiladi,  shuning  uchun  ham  ularda  ko„zchalar  bo„lmaydi. 

Ular 3 oyda pishadi; tarkibida (quruq moddaga nisbatan) 50% yog„, 44% namlik 

bo„ladi.  Etilgan  pishloq  sof,  bir  oz  achinqiragan  ta‟m  va  hidli  bir  oz  so„liqroq, 

mayin  xamiri  bir  xil  oq  yoki  sariq  rangda  bo„ladi.  Bu  pishloqning  qattiq  po„sti 

bo„lmaydi,  doka  yoki  mitkal  gazlamaga  o„raladi,  gazlama  pishloq  etiga  mahkam 

yopishib  turadi.  Bu  pishloqlar  shakli  va  og„irligi  bilan  bir-biridan  farq  qiladi. 

Chedder  pishlog„i

 

katta  tsilindr  shaklida,  og„irligi  30-33 



kg. 

Tog„li  Oltoy 

pishlog„i

 

past tsilindr shaklida,  og„irligi  10-5 



kg. 

 

Latviya  pishloqlari  guruhiga

  Latviya,  Krasnodar,  Voljskiy  pishloqlari 

kiradi.  Bu  pishloqlarning  xususiyati  shundaki,  pishish  davrida  ularning 

qobig„ida  shilliq  modda  paydo  bo„ladi.  Bu  shilliq  moddada  esa  ammiak 

ajratuvchi  bakteriyalar  rivoj  topadi.  Ammiak  pishloqning  ichiga  o„tib,  unga 

o„tkir,  bir  oz  ammiakli  ta‟m  va  hid  beradi.  Bu  pishloqlarning  xamiri  elastik, 

nafis,  oval  yoki  notekis  shaklda  bo„ladi.  yog„i (quruq moddaga nisbatan), 45%, 

namligi  48% bo„lib, 2 oyda pishadi.  



136 

 

Latviya  pishlog„i



 

to„rtburchak  shaklida  bo„lib,  og„irligi  2,2-2,5 



kg. 

Krasnodar  pishlog„i

 

tsilindr  shaklida,  og„irligi  8-10  yoki  4-6 



kg;

 ta‟mi o„tkir, bir 

oz  ammiak  hidli  bo„ladi.  Voljskiy  pishlog„i

 

2,3-3 



kg

  og„irlikdagi  to„g„ri 

burchakli  bo„laklar  shaklida  tayyorlanadi.  Sifat  ko„rsatkichlariga  ko„ra  barcha 

qattiq  shirdon  pishloqlar  (Kuban  pishlog„idan  tashqari)  oliy  va  birinchi  navlarga 

bo„linadi.  Pishloqni  navlarga  ajratishda  ta‟mi,  hidi,  rangi,  konsistentsiyasi, 

kesilgandagi  ko„rinishi,  tashqi  ko„rinishi,  o„ralish  va  markirovka  holati  asos 

qilib  olinadi.   

Sarxil  pishloq  to„g„ri  shakl:  bir  xil  yupqa  yoki  qalin  qobiq;  shu  pishloq 

turiga  xos  bo„lganligi  aniq  bilinib  turadigan  ta‟m  va  hid;  nafis,  plastik,  bir  oz 

elastik  konsistentsiya;  butun  massada  bir  xil  sarg„imtir oq rang; kesilganda oval, 

dumaloq,  yassi  yoki  boshqa  shakl  ko„zchalar  (pufak  o„rinlari  bo„lmaydigan 

Chedder pishloq guruhlaridan  tashqari) bo„lishi kerak.  

Pishloqlarning  sifati  100  balli  tizim  bilan  baholanadi.  Pishloqning  ta‟mi 

va  hidi-  45  ball,  konsistentsiyasi  -  25,  ko„zchalari  -  10,  xamirining  rangi  -  5, 

tashqi  ko„rinishi  -  10  va  markirovka  holati  5  ball  bilan  baholanadi.  Nuqsonlar 

uchun  ball pasaytiriladi. 87 balldan kam baho olmagan (87 - 100) shu bilan birga 

ta‟mi  va  hidiga  37  ball  olgan  pishloqlar  oliy  navga,  jami  75-86  ball,  ta‟mi  va 

hidiga  34  ball  olgan  pishloqlar  1-navga  kiritiladi.  Tarkibidagi  yog„,  namlik  va 

tuz  standart  talabiga  javob  berishi  kerak.  Pishloq  toza,  pishiq,  but  idishga 

solinishi  va markirovkasi  aniq, tushunarli  bo„lishi kerak.   




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish