O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 . 2 .   S ut -qa tiq  ma hs ulo tla ri



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/416
Sana02.01.2022
Hajmi2,17 Mb.
#309226
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   416
Bog'liq
Tovarshunoslik. O‘quv qo‘llanma

 

6 . 2 .   S ut -qa tiq  ma hs ulo tla ri   

 


125 

 

Sutni  achitib  hosil  qilingan  mahsulotlar  sut-qatiq  mahsulotlari  deb 



ataladi.  Unga  smetana,  tvorog  va  tvorog  mahsulotlari,  qatiq,  atsidofilin,  kefir  va 

qimizlar  kiradi.  O„zining  yoqimli  ta‟mi  va  xushbo„yligi,  shifobaxsh  va 

parhezbop  xususiyatlari,  shuningdek,  muhim  oziqlik  qimmati  tufayli  bu 

mahsulotlarga  aholining  talabi  juda kattadir.   



Smetana

 

pasterizatsiya  qilingan  va  sut  kislotasi  hosil  qiluvchi  toza 

bakteriyalar  bilan  uyutilgan  qaymoqdan  tayyorlanadi.  Uyush  jarayoni  18-22°C 

haroratda  12-18  soat  davom  etadi,  keyin  smetana  3-6°C  haroratli  xonaga 

o„tkaziladi,  unda  sovib  ikki  sutka  ichida  etiladi.  Ishlab  chiqarish  usuli  va 

tarkibidagi  yog„ miqdoriga qarab, smetana bir necha turga bo„linadi:   

30%  yog„li  smetana  boshqa  tur  smetanalarga  qaraganda  savdoda asosiy 

o„rin  tutadi.  Uning  nordonligi  65-100°  terner,  yog„liligi  kamida  30%  bo„ladi. 

Sifatiga  ko„ra  u  a‟lo  va  1-navlarga  bo„linadi.  A‟lo  navli  smetana  sarg„imtir  oq 

rangli  bo„lishi;  sof  yoqimli  ta‟mi  va  xushbo„yligi  sut-qatiqqa  xos  va  bir  xil 

quyuqroq  konsistentsiyali  bo„lishi  kerak.  1-  navli  smetanaga  ham  a‟lo  navga 

qo„yilgan  talablar  qo„yiladi,  ammo  har  xil  o„tlarning  sezilar-sezilmas  achchiq 

ta‟mi bilinib  turadi va konsistentsiyasi  donador bo„ladi.  

36%  yog„li  smetananing  pasterizatsiya  qilingan  sutga  xos  sof  sut-qatiq 

ta‟mi  bo„ladi.  U  quyuqroq  konsistentsiyali,  sal  sarg„imtir  oq  rangli,  ko„rinishda 

yaltillab  turadi.  yog„liligi

 

kamida  36%  bo„lishi,  nordonligi  esa  65  -  90%  dan 



oshmasligi  kerak.  

40%  yog„li  lyubitelskiy  smetana  qaymoqni  90-92°C  haroratda  10-15 

daqiqa  davomida  pasterizatsiya  qilish  yo„li  bilan  tayyorlanadi; bunda sut shakari 

karamellashadi  va  tayyor  mahsulotga  o„ziga  xos  yoqimli  yong„oq  ta‟mi  va 

xushbo„yligini  beradi.  U  sut  kislotasining  streptokokklari  bilan  uyutiladi.  Bu 

smetana  boshqa  tur  smetanalardan  farq  qilib,  qalin,  quyuq,  surtiladigan 

konsistentsiyaga,  pasterizatsiyaning  aniq  sezilib  turadigan  ta‟mi  va 

xushbo„yligiga  ega bo„ladi. Nordonligi  55-90%.  




126 

 

Parhez  smetanasi  V  va  S  vitaminlari  qo„shilgan  holda  10%  yog„li  qilib 



tayyorlanadi.  U  shisha  yoki  karton  stakanlarga  qadoqlab  solinib,  tezda  sotilishi 

lozim.  Smetananing  ta‟mi  yaxshi,  nafis,  o„zi  quyuq  konsistentsiyali,  nordonligi 

70 - 95% bo„lishi kerak. Mog„orlagan, qo„lansa hidli, kuygan, o„ta nordon, oziq 

ta‟mi  sezilib  turgan,  shilimshiq,  cho„ziluvchan,  g„ovak  konsistentsiyali,  pushti 

va ko„kimtir  dog„lari bo„lgan har xil  rangli  smetana savdoga chiqarilmaydi.   

Tvorog  yog„i  olinmagan  yoki  yog„sizlantirilgan  sutdan  olinadi.  Buning 

uchun  sut  sof  sut-qatiq  bakteriyalari  bilan  achitiladi  yoki  ferment  preparatlari 

(shirdon  suvi  yoki  pepsin)  qo„shiladi.  Olingan  quyuqlikni  presslab  undan  sut 

zardobi  siqib  chiqariladi;  keyin  tvorog  8-10°C  gacha  sovutiladi  va  sig„imi

 

100 



kg

  gacha  bo„lgan  kesik  konusga  o„xshash  yog„och  bochkalarga  joylanadi. 

Tvorog  eng  to„yimli  oziq-ovqat  mahsulotlaridandir.  U  shifobaxsh  xususiyatga 

ega  bo„lib,  tarkibida  14-17%  oqsil,  18%  gacha  yog„,  2,4  dan  2,8%gacha  sut 

shakari, kaltsiy,  fosfor, temir va magniy  bor.  

Tarkibidagi  yog„iga  ko„ra  tvorog  yog„li  (kamida  18%),  kam  yog„li 

(kamida  9%)  va  yog„sizlantirilgan  bo„ladi.  shuningdek,  sut  zavodlarida 

pasterizatsiya  qilingan  sutdan  yog„li  parhez  tvoroglari  tayyorlanadi.  Tvorog  24 



soat

  ichida  sotilishi  lozim.  Sifatiga  ko„ra  tvorog-  a‟lo  va  1-navlarga  bo„linadi. 

Navlarga  ajratishda  tvorogning  ta‟mi,  hidi,  rangi,  konsistentsiyasi  va  nordonligi 

asos  qilib  olinadi.  A‟lo  navli  tvorog  nafis  konsistentsiyali,  sal  sarg„imtir  oq 

rangli  bo„lib,  toza  va  yoqimli  sut-qatiq  ta‟miga  ega  bo„ladi.  1-  navli  tvorogda 

oziq  va  solingan  idishning  ta‟mi  sal  sezilib  turishi,  birmuncha  achimsiq, 

uqalanuvchan  va yopishqoqroq konsistentsiyali bo„ladi.  

Ba‟zi  sabzavot  ekinlari  (piyoz,  sarimsoq,  shuvoq,  sholg„om

 

va 


boshqalar)  ning  ta‟mi  sezilib  turgan;  achigan, ammiak, mog„or, tutun, og„ilxona, 

quyuq  hidi  bo„lgan;  chandirsimon,  shilimshiq  va  cho„ziluvchan  konsistentsiyali 

hamda kir-chir,  xira rangli  tvoroglar savdoga chiqarilmaydi.   


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   416




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish