104
1.jadval.
Ijtimoiy xizmatlar paketining mazmuni
Maqsadlar
Xizmat va imtiyoz
Odamlarning mehnat
qobiliyatini
qo‗llab-
quvvatlash
Xodimlarni mehnat qobiliyatini vaqtincha
yo‗qotishdan sug‗urtalash.
Tibbiy profilaktika tadbirlarini tashkil etish
va ularning haqini to‗lash.
Davolash muassasalariga biriktirish va
qo‗shimcha tibbiy sug‗urtalash.
Tibbiyot harajatlarini to‗lash (joylashtirish,
dori-darmon va h.k.lar)
Ta‘til davrida davolanish va sog‗liqni
tiklash uchun qo‗shimcha haq berish, sanatoriy-
kurort muassasalariga chegirma bilan yo‗llanma
olib berish.
Xodimlarning ovqatlanishiga
qo‗shimcha haq berish yoki ovqatlanishni
tashkil etish.
Sport bilan shug‗ullanishni tashkil etish,
sportzal haqini to‗lash. Qulay ish tartibini
belgilash.
Xodimlarning
maishiy xizmatga
va boshqa
xizmatlarga
qiladigan
harajatlarini qisqartirish
Tovarlarni ulgurji narxlarda ofisga keltirish.
Kiyim-kechak va poyabzal sotib olish
uchun qo‗shimcha haq berish yoki firma kiyim
boshi bilan ta‘minlash.
Tashkilot hisobidan choy yoki kofe bilan
ta‘minlash.
Ishga kelish va uyga qaytish uchun transport
harajatlari uchun kompensatsiya berish.
Uyali telefon bilan ta‘minlash.
Ishlab chiqarishga aloqasi bo‗lsa-bo‗lmasa,
internetdan bemalol foydalanish.
Uy-joy, avtomobil va h.k. larni sotib olish
uchun foizsiz ssuda berish.
Turar joyni ijaraga olish va kommunal
to‗lovlar uchun qo‗shimcha haq berish.
Xizmat avtomobilini berib qo‗yish.
Bolalar
haqida
Xodimlarga bolalar oromgohlari uchun
105
g‗amxo‗rlik
yo‗llanma olib berish.
Ota-onalarning bolalari bilan imtiyozli
narxlarda dam olishlarini uyushtirish.
Yakka o‗zi bolalarini tarbiyalayotganlarga
haq to‗lanadigan qo‗shimcha
kun ajratish
O‗qish harajatlarini
kamaytirish
Xodimlarni korxona hisobidan o‗qitish.
O‗quv adabiyotlarini olib berish.
O‗quv maqsadlarida tashkilotning asbob-
uskunalari (kompyuter, printer va shu kabilar)dan
foydalanish imkoniyatini yaratib berish.
Shuni aytish kerakki, ish haqi darajasi yuqori bo‗lsa, u xodimning barcha
ehtiyojlarini qondirish uchun etarli bo‗lsa, nomoddiy qiziqtirish vositalari samara
beradi. Ana shunday darajaga erishilgan taqdirda iqtisodiy stimullash vositalarini
boshqa vositalar bilan almashtirish kerak bo‗ladi.
Xodimlarni nomoddiy qiziqtirish yo‗nalishlari: ma‘naviy qiziqtirish,
tashkiliy qiziqtirish va bo‗sh vaqt bilan qiziqtirishdan iborat.
Mehnatni ma‟naviy stimullash
– xodimlarning ijtimoiy tan olinishi va
obro‗sini oshirishni ifodalovchi buyumlar va hodisalar asosida ularning fe‘l-
atvorini tartibga solishdir. Fe‘l-atvorni tartibga solish xodimlarning natijalari,
yutuqlari va xizmatlari to‗g‗risidagi axborotni eshittirish va ommalashtirishga
asoslanadi.
Xodimlarni ma‘naviy qiziqtirish usullari 6.2. jadvalda ko‗rsatilgan.
Tashkiliy (mehnat orqali) motivlash
, xodimning fe‘l-atvorini tartibga solish
mehnatdan qanoatlanish tuyg‗usini o‗zgartirishga asoslangan. Bunda mehnatdan
qanoatlanishning barcha omillari kompleks tarzda ko‗rib chiqilishi lozim, chunki
shu omillardan birontasi tadqiqot tarkibidan tushirib qoldirilsa, tahlil natijalari
buzilishiga olib boradi.
Ayni vaqtda tashkiliy muhitning barcha omillari - xodimning moddiy
qoniqishi, ahvol-ruhiyatining yaxshiligi va mehnat sharoitlaridan mamnunligi
motivatsiya ta‘sirini hisobga oluvchi eng muhim, umumlashma natija hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: