4-jadval
.
Xodimlarni bo„sh vaqt bilan qiziqtirish usullari
Qiziqtirish
usullari guruhlari
Qiziqtirish usullari
Xodimlarga
qo‗shimcha dam olish
vaqti berilishi
Rejadan tashqari haq to‗lanadigan ta‘til.
Haq to‗lanadigan qo‗shimcha ta‘til.
Ijodiy ta‘til.
Ish haqi saqlanilmaydigan qo‗shimcha ta‘til.
O‗zgaruvchan ish
vaqtini belgilash.
Ish vaqtining umumiy me‘yoriga rioya etib,
umumiy ish vaqtini mustaqil belgilashga ijozat
berish.
Ishni taqsimlash usulidan foydalanish.
Ishning vaxta shaklidan foydalanish.
Bandlikning
o‗zgaruvchan shakllarini
qo‗llash
Muvaqqat va mavsumiy bandlik.
Uyda ishlash.
Agentlik xizmati.
Uy telefoni orqali ishlash.
O‗zini
qiziqtirgan
qulay
ish
bilan
shug‗ullanish.
Bo‗sh vaqt bilan qiziqtirishdan ko‗zlangan maqsad ish joyida alohida sharoit
yaratish orqali mehnat unumdorligini oshirganlik va muvaffaqiyatga erishganlik
uchun xodimlarni rag‗batlantirishdir.
109
Mehnat faoliyatini motivlashni va qiziqtirishni boshqarish – xodimlarning
faoliyat sharoitini o‗zgartirish, mehnatga undovchi qiziqtirish vositalari va
motivlaridan foydalanish yo‗li bilan ularning fe‘l-atvoriga muttasil ta‘sir qilib
turish demakdir.
Mehnat faoliyatini motivlash va stimullashni boshqarish jarayoni quyidagi
umumiy vazifalarni o‗z ichiga oladigan jarayondir:
- prognozlash va rejalash;
- tashkil etish;
- stimullash;
- muvofiqlashtirish va tartibga solish;
- nazorat, hisob-kitob, tahlil.
Maxsus funksiyalar ham mavjud, chunonchi:
-
mehnatni motivlash va stimullash tizimini tashxislash;
-
tashkilotning xodimlarni motivlash va stimullash sohasidagi strategiyasi
maqsadlari va qoidalarini ishlab chiqish;
-
xodimlarni sttmullashsh tizimining mazmunini belgilash;
-
moddiy pulli va pulsiz mukofotlash tizimini ishlab chiqish;
-
moddiy rag‗batlantirish tizimini ishlab chiqish;
-
xodimlarni motivlash va stimullashni tartibga soluvchi ichki me‘yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish;
-
xodimlarni motivlash va stimullashsh tizimi samaradorligi monitoringi.
Mehnatni motivlash va unga qiziqtirishni boshqarishda quyidagi qoidalarga
rioya etilishi lozim:
- mehnatni baholash va unga haq to‗lashda xodim hissasini tashkil etuvchi
hamma jihatlarni hisobga olish;
- xodimlarga innovatsiya faoliyatida qatnashish imkoniyatini berish;
- xodimlarning har bir guruhiga mehnatga haq to‗lash va stimullashning
barcha turlaridan bahramand bo‗lish imkonini berish;
-hayot yo‗lining hamma bosqichlarida xodimlar turmushini ta‘minlashda
tashkilotning ishtirok etishi;
110
-xodimni tashkilotda saqlab qolish;
-tashkilotning ta‘sir doirasiga xodimdan tashqari uning oila a‘zolarini ham
jalb qilish.
Xodimlarni jalb qilish va saqlab qolish orqali tashkilot maqsadlariga
erishishni ta‘minlash – xodimlar mehnatini motivlash va stimullash tizimini
shakllantirishning va faoliyat yuritishning asosiy maqsadidir.
Qo‗shimcha sifatida quyidagi maqsadlarni ham aytib o‗tish mumkin:
-xodimlarni tashkilotga jalb qilish, ularni uyushtirish;
-xodimlarning mehnat ulushini odilona baholash;
-unumdorlikni stimullash;
-moddiy
qiziqtirishga
va
ijtimoiy
himoya
tadbirlariga
qilingan
harajatlarning eng maqbul nisbati;
-tashkilotni samarali rivojlantirish.
Korxona xodimlarini motivlash va stimullash tizimi mahalliy ma‘muriy
hujjatlarda belgilab qo‗yilishi kerak. Bu hujjatlar:
-umumiy xarakterda (jamoaviy shartnoma, mehnat shartnomasi, ichki tartib-
qoidalar, bo‗linma to‗g‗risida nizom, qo‗shimcha reglament, shtat jadvali va h.k.);
-moddiy stimullashshni tartibga soluvchi (mehnatga haq to‗lash va moddiy
qiziqtirish to‗g‗risida nizom, ijtimoiy to‗lovlar va imtiyozlar – ijtimoiy paket
to‗g‗risida nizom va b.sh.q.);
-bevosita stimullashshni tartibga soluvchi (tashkilotning axloq kodeksi,
xodimlarni attestatsiyadan o‗tkazish to‗g‗risida nizom, rahbarlar va mutaxassislarni
saralash asosida tanlab olish to‗g‗risida nizom va h.k.) hujjatlardir.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |