112
Xullas, menejerlar tashkilotdga turli mavqeda bo‗ladi, ularning faoliyat
sohalari juda keng.
Tashkilot menejerlarsiz ishlay olmaydi, chunki ular quyidagi faoliyat
sohalarini bajaradilar:
-
tashkilotda ayrim operatsiyalar o‗rtasida aloqa o‗rnatadilar;
-
tashkilotning asosiy vazifasi bajarilishini ta‘minlaydilar;
-
tashkilot yoki bo‗linma
jamoasiga rahbarlik qiladilar;
-
obro‗-etibori, bilimdonligi va hukmdorligi tufayli xodimlarini o‗ziga
ergashtiruvchi yo‗lboshchi bo‗ladilar;
-
tashkilot faoliyatining strategiya va taktikasini ishlab chiqadilar va
amalga oshiradilar;
-
tashkilot yoki bo‗linma fa
o
liyati natijalari uchun mas‘ul bo‗ladilar;
-
tashkilot egasi bo‗lgan sub‘ektlarning manfaatlarini ta‘minlaydilar;
-
tashkilotning tashqi muhit (hokimiyat, sheriklar va shu kabilar) bilan
aloqasida asosiy xalqa rolini o‗ynaydilar;
-
jamoani uyushtiradilar va uning rivojini zarur yo‗lga solib turadilar,
jamoa a‘zolarini yuksak ma‘naviy va axloqiy fazilatlar
ruhida tarbiyalaydilar;
-
hozirgi zamon sharoitida ilm-fanning ahamiyatini tushunadigan, ixtiro
yoki yangiliklarni qadrlaydigan va darhol ishlab chiqarish(tijorat)ga joriy etadigan
innovator bo‗ladilar;
-
g‗oyalarni rivojlantiradilar.
U
larning kuchli va zaif tomonlarini
topadilar, muammoning mohiyatini payqashga, haqiqatni aniqlashga
intiladilar;
-
qilingan ishlarni tahlil etadilar, baholaydilar, ishlarning ahvolini
yaxshilash choralarini belgilaydilar
va amalga oshiradilar;
-
turli tadbirlarda tashkilot nomidan qatnashadilar.
Menejerning faoliyat sohalari va ularni amalga oshirishning vaziyatlari
turlicha bo‗lsa ham uchta asosiy sohani alohida ajratish mumkin.
Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni
taqsimlash masalalarini hal etadi, kundalik ishga tuzatishlar kiritib turadi, qarorlar
qabul qiladi, ularning amalga oshirilishi uchun mas‘ul bo‗ladi.
113
Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi holat haqidagi xabarlarni to‗playdi,
ularni ommalashtiradi va nihoyat, tashkilotning maqsadlarini tushuntiradi.
Uchinchidan, menejer jamoaning rahbari bo‗lib, tashkilotning ichki va
tashqi munosabatlarini shakllantiradi, tashkilot a‘zolarini maqsadlarga erishishga
ruhlantiradi, ularning g‗ayrat-harakatlarini muvofiqlashtirib turadi, tashkilot
nomidan ish yuritadi.
Muayyan paytda rahbar qanday boshqaruv vazifasini bajarayotgan
bo‗lmasin, u har bir borada va doimo aql-zakovatini ishga soladi, faoliyat shartlari,
usullari yoki vositalaridan foydalanaveradi.
Odatda menejerlarni uch pog‗onaga: quyi, o‗rta va oliy darajalarga bo‗ladilar
(7.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: